TTJ da Pedagogika fakulteti besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar

TTJ da Pedagogika fakulteti besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar

Мурадова Мавжуда Раджабовна

Joriy yilning 27 may kuni BuxDu Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari F.S.Jumayeva hamda tyutori M.R.Muradova tomonidan fakultet talabalari o'rtasida besh muhim tashabbusning uchichi tashabbusi "Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish" mavzusida targ'ibot ishlari olib borildi. Targ'ibot davomida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Talabalarning kompyuter savodxonligi bo'yicha bilimlari, internetdan, uniwork va hemis platformasidan foydalana olishlari nazorat qilindi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Talabalarga universitet tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanishlari uqtirildi.


Report Page