TSUL Forbes

TSUL Forbes

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent Davlat Yuridik Universiteti boshlang'ich tashkiloti

TSUL Forbes loyihasining №(#11) 21.08.2022-yil sonidagi qahramoni - Abdixafizov Suhrob Shuxrat o‘g‘li.

Abdixafizov Suhrob haqida:

Abdixafizov Suhrob Shuxrat o‘g‘li, 1996-yil 14- yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. 107-maktab, so'ngra iqtisodiyot kollejini tamomlagan. Va hozirda, Toshkent davlat yuridik universitetining “Ommaviy huquq” fakultetini bitiruvchisi hisoblanadi.

Qahramonimizning amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari:

2018-2022-yillar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent davlat yuridik universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti fakultet yetakchisi bo'lgan.

2019-2022-yillar davomida Toshkent davlat yuridik universitetida 50 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

2020-2021-yillar davomoda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini targ‘ib qilishga doir 7 ta video rolik, 14 ta teleloyihalarda chiqish qilgan.

2020-2022- yillar davomoda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis xuzuridagi Qonunchilik muammolarini va parlament tatqiqodi instituti qoshidagi “Yosh qonunshunoslar” klubi a’zosi.

2020-yil Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi-2020” respublika tanlovining Toshkent davlat yuridik universiteti bosqichida ishtirok etib, “Yilning eng faol targ‘ibotchi va tashkilotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yil esa huddi shu nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yil 15-noyabrdan 15 dekabrga qadar “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar oyligi loyihasining koordinatori.

2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 20-22-dekabr kunlari tashkil etilgan “KELAJAK LIDERLARI” I Respublika forumi qatnashchisi hamda g‘olibi hisoblanadi.

2021- yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida tashkil etilgan Toshkent shahar “Kelajak liderlari” klubi a’zosi bo'lgan va hozirgi paytda klub Prezidenti sifatida ish yuritib kelmoqda.

2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiligiga saylovlar oldidan Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Targ‘ibot poezdi” loyihasining shtab a’zosi bo'lgan.

2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan Toshkent shahrida “Yosh saylovchi 2021” loyihasida asosiy koordinatorlardan biri bo'lgan va saylovlarni targ‘ib qilish maqsadida 18 ta videorolik, 20 dan ortiq teleloyihalarda chiqish qilgan. Bundan tahqari saylovlar oldidan Toshkent shahrida 50 ga yaqin OTMlarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda boshchilik qilgan.

2021-yil “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” hududiy bosqich ishtirokchisi hamda g‘olibi.

2022- yil Toshkent davlat yuridik universiteti “G’afur G’ulom” nomidagi ko’krak nishonini qo'lga kiritgan.

2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 30 yilligi munosabati bilan “100 ta savolga 100 ta javob” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqqan.

Shuningdek, qahramonimizning 15 dan ortiq huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlardagi ilmiy maqolalari respublika va mahalliy nashrlarda, hamda ilmiy to‘plamlarda chop etilgan.

Suhrob Abdixafizovga kelajakdagi ishlari hamda o'qishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Qahramonimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Instagram | Telegram


"Always be first in everything! The second and third places don't really exist, they're just made up"

© Sukhrob Abdikhafizov



Project executors:

Rabbimova Farakhbonu

Urmonova Sevinchbonu



Report Page