TSNQD va Xalqaro hamkorlik departamenti xalqaro akkreditatsiya jarayonlari bo'yicha Germaniyaning ACQUIN tashkiloti bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi.

TSNQD va Xalqaro hamkorlik departamenti xalqaro akkreditatsiya jarayonlari bo'yicha Germaniyaning ACQUIN tashkiloti bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi.


TSNQD va Xalqaro hamkorlik departamenti xalqaro akkreditatsiya jarayonlari bo'yicha Germaniyaning ACQUIN (The Accreditation, Certification and Quality Assurance Institute) tashkiloti bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida universitetda mavjud ta'lim dasturlarining xalqaro darajada tan olinishi va ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha batafsil ma'lumotlar va yo'nalishlar muhokama qilindi. ACQUIN tashkiloti vakili akkreditatsiya jarayoni, o'z-o'zini baholash hisobotini tayyorlash, ekspert guruhining tarkibi, baholash va akkreditatsiya hisobotlari hamda narx-strukturasi haqida batafsil ma'lumot berdi.


Uchrashuv samarali va ma'lumotlarga boy bo'ldi. Kelgusida hamkorlik qilish va xalqaro akkreditatsiyaga erishish yo'lida harakatlarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.


Ma'lumot o'rnida: Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari reestriga kirgan hamda faoliyati xalqaro darajada tan olinadi.

Report Page