TOVLANADI GO`ZAL BAXMAL GULLARI

TOVLANADI GO`ZAL BAXMAL GULLARI


20-oktyabr “Buxoro kuni” munosabati bilan viloyat yoshlar markazida “Gullar sayli” o`tkazildi. Gullar sayllarini tashkil etish dunyoda keng tarqalgan anʼanalardan biridir. Ko`pgina mamlakatlarda gullarga bag`ishlangan, jumladan Gretsiyada sunbul, Yaponiyada xrizantema, Fransiyada marvaridgul, Hindistonda atirgullarga bag`ishlangan maxsus bayramlar bo`lib o`tadi. Buxoro aholisi vaqtini mazmunli tashkil etish, viloyatga kelayotgan mahalliy xorijiy sayyohlar oqimini ko`paytirishga xizmat qiladigan “gullar sayli” tashkil etildi. Q isqa vaqt ichida ushbu bayram viloyatning eng katta an’anaviy festivaliga aylanishga ulgurdi.

Yoshlar markazi atrofida o`tkazilgan gullar bayramida “Gulobod” fermer xo`jaligi ham 250 turdan ortiq gullar bilan ishtirok etdi. 

- Bugungi gullar sayliga Xrizantema, Viola, 20 turdagi palmalar, Fikus, Agava gullari bilan qatnashyapmiz,- deydi “Gulobod” fermer xo`jaligi gulchisi Jamshid Subxanovich. “Gulobod” fermer xo`jaligida 100 dan ortiq gullarni parvarishlayapmiz. Bunaqa “gullar sayillarini” ko`proq o`tkazishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Gullar inson ruhiyatiga katta ta’sir ko`rsatadi. Insonlarni mehrli bo`lishga, ularda sog`lom ruhiyatni shakillanishiga yordam beradi. “Gulobod” fermer xo`jaligida yetishtirgan gullarimiz bilan Respublika, viloyat va shahar miqyosida o`tkazilgan tanlovlarda faxqli o`rinlarni qo`lga kiritganmiz. 1994 yildan beri gulchilik faoliyati bilan shug`ullanib kelamiz.

Buxoro viloyat hokimligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi hamkorligida o`tkazilgan tadbirda o`quvchi yoshlar o`zlari parvarish qilayotgan turli xil gullarni namoyish etishdi. Tanlovda o`quvchilarning ishtiroki to`rt yo`nalish bo`yicha baholab borildi. Baholash jarayonida viloyat hokimi Barnoyev O`ktam Isayevich ham ishtirok etdi.

-O‘quvchi yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularni jonajon o`lkamizning betakror tabiatini asrab-avaylash ruhida tarbiyalash maqsadida o`kazilayotgan Buxoro kuniga yil sayin yoshlarning qiziqishi ortib bormoqda, -deydi Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litsey direktori Ismatova Rano Axadovna. Bu yil ham har bir maktab o`quvchilari o‘zlari yashab turgan hudud tabiatidan kelib chiqib, ko`rgazma tayyorladi. Litseyimiz hovlisida ham o`quvchilarimiz bilan turli xil gullarni ekib ularni parvarish qilamiz. Litseyimizda ellik turdagi gullarni o‘stirmoqdamiz. 

Har doim gullardek gulgun ochilib yuraylik . Hayotimiz gullar iforidek shirin bo`lsin.              

Feruz Sayfullayev

Azamat Kattayev olgan suratlar



Report Page