TORTINCHOQLIK KASALLIKMI, YOKI RUHIY SIQILISHMI?
@Motiv_uz kanali uchun tayyorlandiOramizda tortinchoq insonlar ozmi-koʻpmi uchrab turadi. Bunday insonning begonalar bilan muloqot qilishi oson kechmaydi. Tortinchoq odam birinchi boʻlib gap boshlamaydi. Mabodo gap boshlagudek boʻlsa, yurak urishi tezlashib, allaqanday vahima vujudini qamrab oladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, tortinchoqlik tugʻma kamchilik va kasallik sirasiga kirmaydi. Oila muhitining ta'siri asosida vujudga keladi va shu oilada shakllanadi, har xil salbiy oqibatlarni olib keladi. Uyatchanlik alomatlari eng avvalo, insondagi ichki xavotir, oʻziga nisbatan ishonchi va shashti past kishilarda koʻproq kuzatiladi. Demak, tortinchoqlik hayot mobaynida orttirilgan kamchilik.
Psixologlarning ta’kidlashicha, uyatchanlik va tortinchoqlik komponentlarini yettita shaxslararo muammolar bilan bogʻlaydilar:
1. Insonlar bilan tanishishning, yangi doʻstlar orttirishning va yangi munosabatlar bilan qoniqishning qiyinligi;
2. Teskari emotsional holatlar, ya’ni hayajonlanish, depressiya va yolgʻizlik;
3. Shaddodlikdagi kamchilik va oʻz fikrini bayon qilishdagi qiyinchiliklar;
4. Oʻta tortinchoqlik. Boshqalarning ishiga tortinchoqlik bilan baho berish;
5. Uyatchan va tortinchoq odamni boshqalarni mensimaydigan, oʻzini yuqori tutadigan, koʻpchilikni yoqtirmaydigan odamlarga oʻxshatilishi;
6. Jamoa va begonalar oʻrtasida oʻz fikri va muammosini qiyinchilik bilan bayon qilish xususiyati;
7. Diqqatning haddan tashqari bir joyga toʻplanishi.
Ushbu klinikada kuzatishlar jarayonida oʻzida uyatchanlik va tortinchoqlik xususiyati bor deb hisoblaydigan odamlarning boshqalarga nisbatan reaksiyalari haqida gapirishganda, oʻzlaridagi asosiy uch holatni eslatishgani qayd qilinadi:
•birinchidan, bunday odamlar oʻz harakatlarini goʻyoki tashqaridan kuzatishib, xuddi boshqalarga “men uyatchanman va tortinchoqman” deb signal berayotgandek tuyuladi;
•ikkinchidan, hayajonlanishganda fiziologik oʻzgarishlarning yaqqol kechishi masalan, yuzlarining qizarib ketishi;
•uchinchidan, diqqatlarining bir joyga toʻplanishi, uyalishdan qattiq hayajonlanish.

Bunday odamlaming eng xarakterli belgilaridan biri ularning kamgapligi yoki sekin gapirishlaridir. Uyatchan va tortinchoq odamlaming 85% asosan boshqalarning oʻz shaxslariga nisbatan munosabatlaridan tashvishlanishadi. Bunday odamlarning tortinchoqligi “ichki” va “tashqi” xarakterga ega boʻladi.
Tortinchoqligi “tashqi” xarakterga ega boʻlganlar har doim “Men toʻgʻrimda nima deb oʻylashayapti ekan?”, “Menga qanday munosabatda boʻlisharkin?”, “Men ularga yoqqanimni qanday bilishim mumkin?” kabi oʻz-oʻzini tahlil bilan tashvishlanadilar.
Tortinchoqligi “ichki” xarakterga ega boʻlganlarda esa oʻz- oʻzini tahlil qilishdagi bilim faqat oʻz-oʻziga qaratilgan boʻladi. Bu shunchaki diqqatni oʻziga qaratishgina boʻlmay, balki negativ tusga ega boʻlgan egotsentrizmdir. Ya’ni bunday odamlar “Men ahmoqman”, “Men badbasharaman”, “Men boʻlmagʻurman” degan oʻylardan qiynaladilar.
Pol Pilkonis uyatchan, tortinchoq odamlami ikki tipga ajratadi. Bular yuqoridagilarga mos ichki va tashqi uyatchan odamlardir. Tashqi uyatchan odamlar oʻzlarini qanday tutayotganliklaridan xavotirlansalar, ichki uyatchan odamlar oʻzlarini yomon his etayotganliklaridan tashvishlanadilar. Umuman olganda hozirgi paytda dunyoning yetakchi mamlakatlarida ota-onalar va tarbiyachilar bolalardagi uyatchanlik va tortinchoqlikdan tashvishga tushmoqdalar, turli psixoterapik muolaja usullariga murojaat qilmoqdalar.Ba’zi xalqlar bolalardagi uyatchanlik, tortinchoqlikdan tashvishga tushsa, biz bolalarimizdagi ana shu xususiyatlarni ragʻbatlantiramiz, bolalarni uyatchan, tortinchoq boʻlishga undaymiz. Ana shu xulosadan kelib chiqib shunday bir umumiy hukmlarga kelish mumkin:
1️⃣ Bizning tasavvurimizdagi hayo, ibo, andisha bilan uyatchanlik va tortinchoqlik bir xil narsa emas.
2️⃣ Aksincha, bu atamalarning salbiy koʻrinishlari haqiqatan ham teng kuchli, chunki uyatchanlik, tortinchoqlik tashqi xarakterga taalluqli boʻlsa, uyat, iymanish hissi ichki xarakterga taalluqlidir.
Oʻzining notoʻgʻri hatti-harakatidan, qilmishidan uyalish, kattalar oldida andisha saqlash, xulqda, xatti-harakatlarda, maqsadlarda hayoli, iboli boʻlish shaxs fazilati hisoblanadi va bunday fazilatni shakllantirish uchun harakat qilish kerak. Lekin oʻz xatti-harakatlari, xulqi, kiyinishi, tashqi koʻrinishi, maqsadlariga nisbatan atrofdagilardan salbiy munosabat kutish, oʻzini odamlar orasida noqulay sezishi, doimiy hijolatlik, bular biz xarakter nuqsoni deb ataydigan uyatchanlik, tortinchoqlik sanaladi.
Yuqorida misollar orqali koʻrsatib oʻtganimizdek bu nuqsonlar shaxsga oʻz imkoniyatlarini toʻla namoyon qilishga imkon bermaydi, ba’zan notoʻgʻri xulq shaklining shakllanishiga olib keladi, nihoyat doimiy kuchli hayajonlanish, depressiyaga doir somatik va ruhiy siljishlarga ham olib kelishi mumkin. Shunday ekan, undan tezroq va shu onda qutilmoq lozim boʻladi.
Mutaxassislarning quyidagi tavsiyalari bu boradagi intilishlaringizga ragʻbat beradi degan umiddamiz.
Eng avvalo, oʻzingizga nisbatan ishonch hissi oshsin. Haddan ziyod uyatchanlik va tortinchoqlikni yengishga harakat qiling. Axir, Siz oʻz ishingizning ustasisiz-ku. Demak, oʻzingizdan har qancha faxrlansangiz arziydi. Oʻzingizni erkin va xotirjam tuting. Ba’zan oʻziga ishonchi kuchli insonlarda ham allaqanday hayajon alomatlari sezilib qoladi. Shunday vaziyatga tushmaslik uchun fe’l-atvoringizga xos nozik jihatlami oʻrganishga, tahlil qilishga harakat qiling:

Faqat oʻzingiz haqingizda oʻylashni bas qiling. Mening gapim odamlarga yoqarmikan, degan oʻyni xayolingingizdan chiqarib tashlang. Atrofingizdagi insonlarga e’tiborliroq boʻlib, ular bilan gurunglashayotganda gap nima haqda ketishini oldindan ilgʻashga odatlaning.
Boshqalar bilan oʻzingizni solishtirmang. Axir Sizda oʻsha insonda yoʻq fazilatlar boʻlishi mumkin. Demak, oʻsha insonga qarab rostlanish, yoʻq joydan kamchilik izlashning umuman foydasi yoʻq.
Puch xayollarga berilmang, shunda tortinchoqlik ham Sizdan chekinadi. Shunday insonlar borki, ularning davrasida har qanday odam oʻzini erkin va xotirjam tutadi. Ular ota-onamiz, yaqin qarindoshlarimiz yoki doʻstimiz boʻlishini mumkin. Ammo, tortinchoqlikdan xalos boʻlish uchun tanish-bilishlar roʻyxatini yanada kengaytirish, mutlaqo begona insonlar bilan tez-tez muloqotda boʻlib turish, turli- tuman marosim va kechalarda qatnashib turish lozim boʻladi.
Agar Siz oʻz tengqurlaringiz bilan faoliyat koʻrsatsangiz, faollik koʻrsatishga o’zingizni undasangiz, shunda tortinchoqlikdan sekin-asta boʻlsada xalos boʻlaSiz.
Oʻziga ishonchi kuchli insonlarga taqlid qiling. Ularni zimdan kuzatib, muomala chogʻidagi muhim jihat va xatti-harakatlarini oʻrganing. Koʻproq jilmaying va suhbatdoshingizning koʻziga qarab gapiring. Bu qarshingizdagi insonga nisbatan Sizda paydo boʻlgan hayajon va uyatchanlik alomatlarini yengishga yordam beradi.
Bizning kanal 🔻