TO'QUV USKUNASI (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar)

TO'QUV USKUNASI (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar)

https://t.me/afexuz
www.afex.uz

Bugungi kunda O'zbekistonda yengil sanoat milliy iqtisodiyotning strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, samarali boshqarish bilan birga yuqori samarali, zamonaviy asbob-uskunalar foydalanish, sanoat ishlab chiqarish sanoati korxonalari yuksak mehnat unumdorligini, o'sishini ta'minlaydi. Respublikamiz uzoq vaqt faqat paxta tolasi eksport qilish bilangina cheklangan edi, hozir nafaqat paxta tolasi yetkazib beruvchi sifatida, balki to'qimachilik mahsulotlari, ayniqsa, tayyor mahsulot eksportchisi sifatida global to'qimachilik bozorining yetakchi o'rnini olish uchun cheksiz imkoniyatlar bor. Bugungi kunda respublikamiz hududida to'qilgan mahsulotlarga ichki bozorda ham talab juda yuqori. Shunday ekan so'nggi yillarda yurtimiz hududiga chetdan (Turkiya, Xitoy, Rossiya) to'qilgan mahsulotlar importi oshganligini ko'rishimiz mumkin. Buning asl sababi sifatida biz yurtimiz tadbirkorlari orasida ushbu soha keng tarqalmaganligida deb bildik. AFEX-GROUP kompaniyasi siz azizlarga hozirda juda serdaromad sohalardan biri bo'lgan tayyor mahsulot to'quvchi uskunalar e'tiboringizga havola etishdan mamnunmiz. Siz tadbirkorligingizni boshlash uchun talab etiladigan ba'zi kuzatishlar bor. Siz o'z hududingizda quyidagilarni o'rganishingzi lozim:

  • Hududda qaysi yoshdagi aholiga kiyimlarga yuqori talab mavjud;
  • Qaysi faslga ta'luqli kiyimlar savdosi yaxshi rivojlangan;
  • Siz tovar chiqarmoqchi bo'lgan hudud aholisining o'rtacha xarid qobiliyati summasi?;
  • Qaysi jins vakillariga oid liboslarning bozori chaqqon?;
  • Asosan qaysi yo'nalishdagi kiyimlarga talab bor(Sport, klassik, uy kiyimlari va boshqalar)
  • Sizning yo'nalishga ta'luqli kiyimlar asosan qaysi hududda ishlab chiqarilmoqda yoki import mahsulot bo'lsa uni ham belgilab qo'ying;
  • Xaridorgi tovarlarni suratga oling va ularni tarozida tortib ko'ring, chunki sizga uni o'lchami emas og'irligi muhim sanaladi.

Siz yuqorida keltirilgan savollarga javob berish asnosida o'z biznesingiz uchun bozorni analiz qilgan hisoblanasiz. Har bir sohada analiz yaxshi samara beradi, chunki siz qanday mahsulotdan qancha ishlab chiqarish kerakligi haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz va boshlang'ich xarajatlar hamda dqaromadlaringizni chamalab ko'rishingizga imkoniyat bo'ladi. Keling endi sizlarga uskuna haqida ma'lumotlarni aytib o'tsak. Sizga shuni boshidan maslahat berib qo'yishni ma'qul deb topdik. Uskuna tayyorlaydigan mahsulotlar qalinligiga ko'ra turli xil (5G-16G) sinflarga ajratiladi. Sinflar ketma ketligi to'quv uskunasi qabul qiladigan iplar o'lchamidan kelib chiqib tuzilgan. Bunda 7-sinfga mansub uskuna eng qalin bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqaradi ya'ni qalin ipdan. agar sizga bahor faslida kiyiladigan kiyimlar uchun uskuna lozim bo'lsa siz 12-14 sinfga mansub uskuna xarid qilganingiz ma'qul. Shuni aytish joizki bitta uskuna xarid qilib har xil qalinlikda mahsulotlar chiqara olaman deb fikrlash xatodir. Bundan tashqari uskuna chiqaradigan mahsulotingiz dizayni, to'quv usulining murakkabligiga ko'ra 1;2;3;4 sistemali turlarga bo'linadi. Yurtimizda 1 va 2 sistemali turlari keng tarqalmoqda. 3 sistemali biroz murakkab va shunga yarasha sekinroq to'qiganligi uchun hozirda yurtimizda talab kamroq bu turiga. Biz sizlarga 2 sistemali turini texnik ko'rsatgichlarini aytib o'tamiz. Uskuna sinflaridan o'zingizga ma'qulini buyurtma berishingiz mumkin. sizlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha sinflarga tegishli uskunalar bir xil narxda sotamiz. Ushbu uskuna bir vaqtda bir xil mahsulotdan 2 qator qilib chiqara oladi.

TO'QUV USKUNASI

www.afex.uz

Ushbu tavsiya etadigan liniyamizda asosiy ishni to'quv uskunasi bajarib beradi. Mahsulot uchun avval dizayn kiritiladi. Agar siz tanlagan dizayn uskuna xotirasida bo'lmasa uni maxsus dastur yordamida chizish lozim bo'ladi. Dizayn chizish xizmati ham bizda mavjud bo'lib bitta o'rtacha murakkablikdagi libos uchun 50-70$ ni tashkil qiladi. Uskuna boshqaruv panelini juda tushunarli deb bo'lmaydi, shuning uchun texnolog yordamida uni yaxshilab o'rganib olishni maslahat beramiz. Sizga tavsiya etadigan ixcham liniyamizga 2 kishi yetarli hisoblanadi. Mahsulot uchun iplar (Turkiya, Xitoy) topishda bizning kompaniyamiz sizlarga to'liq xizmat ko'rsatadi. Iplar sifati va tarkibiga ko'ra 3-5$/kg atrofida.

www.afex.uz

To'quv uskunasi istalgan turdagi dizaynlarni qabul qilishga moslangan bo'lib, agar sizning dizayningizda ranglar soni ko'p bo'lsa bu tezlikni sezilarli pasayishiga olib keladi. Yuqoridagi texnik parametrdagi uskuna yordamida siz bir sutkada 35-50 dona tayyor mahsulot ishlab chiqara olasiz. Uskuna yordamida siz har xil naqshlar va yozuvlarni iplar yordamida to'qish jarayonida tushirish imkoniga ega bo'lasiz. Agar sizda yetarli mablag' bo'lsa, u holda ko'proq uskunalar bilan ish boshlagan ma'qul. Sababi sizda taklif etiladigan mahsulotlar turi ko'proq bo'ladi va bozorga tezroq kirasiz.

www.afex.uz

YOQA QISMINI ULAB BERISH USKUNASI

Ushbu qism yarim tayyor mahsulotga ya'ni to'qilgan mahsulotimiz uchun alohda qilib to'qib olingan yoqa qismini asosiy qismga ulab berish uchun xizmat qiladi. asosan aylana shaklli qismlar uchun ishlatish maqsadga muvofiq.

www.afex.uz

CHOKLAR UCHUN MAXSUS OVERLOK

Overlok uskunasi bizning to'qilgan mahsulotlarimizni bir biriga ulash uchun xizmat qiladi. Bu ishni maxsus overlok yordamida qilishni maslahat beramiz, sababi yuqori sifat va choklar tanaga botmaydigan bo'lishi lozim. Sizga ma'lumki ish jarayonida to'qib chiqarilgan mahsulot alohida qismlarga bo'lib to'qib olinadi. Masalan yeng qismi, yoqa qismi, orqa va old qismlarga bo'linadi. Bu holatda qismlar birlashtirilib yaxlit mahsulot holiga keltiriladi.

www.afex.uz

Uskuna bo'yicha, dizaynlar, texnolog xizmatlari uchun bemalol biz bilan bog'lanib turishingiz mumkin.

to'qilgan mahsulotlqrdan na'munalar
www.afex.uz

Eslatma! Yuqorida keltirilgan narxlar 29.09.2019 sanadagi narxlarga muvofiq 

ko'rsatilgan va QQS narxlar ichiga kiritilmagan. Narxlar o'zgarishi mumkin.

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, 

tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov 

kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini ko'rsatilgan narxlarda Toshkentdagi "AFEX-GROUP" LLC omboridan qabul qilib oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Murojaat uchun: 

📞 +998 94 162 26 65

📞 +998 93 381 66 99

📞 +998 93 382 66 99

✉️ Email: afex.uz@mail.ru

🌐 www.afex.uz

Telegram: t.me/afexuz

Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli 150.

Moʻljal: Janubiy temiryoʻl vokzali roʻparasida "Vega Centre" 5-qavati, 6-xona

Xaridor bilan kelishilgan holda uskunalarni O'zbekiston bo'ylab yetqazib berish xizmati mavjud!
www.afex.uz