“TO’QIMACHILIK VA CHARM SANOAT” FAKULTETIDA ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODIGA BAG’ISHLANGAN BELLASHUV TASHKIL ETILDI.

“TO’QIMACHILIK VA CHARM SANOAT” FAKULTETIDA ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODIGA BAG’ISHLANGAN BELLASHUV TASHKIL ETILDI.


Inson qalbining quvonch-u qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan–kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligini anglash tuyg’usi ham bizning ong-u shuurumiz, yuragimizga avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi.

Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “To’qimachilik va charm sanoat” fakulteti 410-19 Diz guruh talabalari o’rtasida “NAVOIY YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM!” deb nomlangan bellashuv o’tkazildi. Bellashuv 5 ta shart asosida tashkil qilindi:

1-shart: Devoriy gazeta tayyorlash;

2-shart: Bahr-u bayt;

3-shart: Navoiy hayoti va ijodi bo’yicha savol-javob;

4-shart: Klaster;

5-shart: G’azal aytish.

Bellashuv davomida talabalar tomonidan chizilgan devoriy gazetalar izohlab berildi, Navoiy g’azal va ruboiylari doirasidagi bahr-u bayt qizg’in tusda, murosasiz davom etdi, Navoiyning hayoti, ijodi haqida savol-javob o’tkazildi.

Guruhlarga Navoiy asarlari to’g’risida klaster tuzish topshirig’i berildi,  shoir g’azallarining Afzal Rafiqov ijrosidagi talqini ekran orqali namoyish etildi.

Bellashuv so’ngida “Charm, mo’yna buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi mudiri I.M.Raxmonov so’zga chiqib, buyuk bobokalonimiz Аlisher Navoiy tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod maʼnaviyatining yuksaltirishdagi oʼrni va roli nihoyatda muhim ekanligini taʼkidladi. Navoiy faoliyatini o’rganish, uning adabiy merosiga hurmat, tadbirning tashkil etilishi va talabalarning ishtiroki to’g’risida fikr bildirdi. Bellashuv ishtirokchilari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.


Report Page