TON (The Open Network) nima?

TON (The Open Network) nima?




TON — foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun juda tezkor va foydalanish uchun qulay blokcheyn. Blokcheynning kriptovalyutasi esa Toncoin. Blokcheyn Proof-of-Stake protokolida ishlaydi va blokcheyn yaratilgan til FunC hisoblanadi. Loyihaning rasmiy sayti ton.org bo’lib, loyiha haqida ushbu saytda batafsil ma’lumot berilgan.


Tarixi: Loyiha 2017-yilda Telegram asoschilari Pavel va Nikolay Durov tomonidan “Gramm” nomi bilan yaratilgan, lekin uch yildan so‘ng Telegram loyihadagi ishtirokini to‘xtatgan. So’ngra loyiha TON nomini olgan va hozirda tajribali dasturchilarning ochiq hamjamiyati tomonidan rivojlantirilmoqda. Toncoin kriptovalyutasi ayni vaqtda dunyo kriptovalyuta reytingida, “CoinMarketCap” reytingiga ko’ra, 28-o’rinni egallab turibdi.


TON ekotizimi: TON (The Open Network) haqiqiy Web 3.0 g’oyasini ilgari suradi. Shu sababli ekotizimning barcha mahsulotlari markazlashmagan g’oya ustida yaratiladi. Ularga quyidagilarni kiritib o’tishimiz mumkin:


TON DNS: markazlashtirilmagan xizmatlar, veb-saytlar, aqlli shartnomalar va tarmoq tugunlariga qisqa nomlar beradi.

Misol uchun, siz user.ton kabi nomni ro'yxatdan o'tkazishingiz va undan uzun hamyon manzili o'rniga foydalanishingiz mumkin: boshqa foydalanuvchilar ushbu qisqa nomni kiritish orqali sizga Toncoin yuborishlari mumkin bo’ladi.


TON Sites va TON Proxy: Web 3.0 internetning ajralmas komponentlari bo'lgan TON Sites va TON Proxy 1.0 ishga tushirilganini e'lon qilishdan mamnunmiz.

Bu TON tarmog'ida mavjud bo'lgan butunlay markazlashmagan, xavfsiz va shaxsiy saytlarni yaratishga imkon beruvchi noyob texnologiyalardir.


TON Connect: login va parollarsiz Internet xizmatlariga xavfsiz kirish uchun ochiq standartdi.


Umuman olganda shu kabi qulay interfeysga va Web 3.0 yechimlariga ega ko’plab xizmatlari ekotizim o’z ichiga olgan. Shu bilan birga loyihaning Telegram messenjeri bilan integratsiyasi taxsinga sazovor. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:


@Wallet bot: Telegram messenjerining o’zida Toncoin va boshqa kriptovalyutalarni saqlash, sotib olish va yuborish imkonini taqdim etuvchi qulay kriptovalyuta hamyoni.


Fragment: Telegram tomonidan ishga tushirilgan TON asosidagi kim oshdi savdo platformasi. Siz ushbu platformada Telegram “username”larini va TON blokcheynida yaratilgan maxfiy Telegram raqamlarini olib sotishingiz mumkin. Xizmat mutlaqo TON blokcheynining aqlli shartnomalarida ishlaydi. Shu bilan birga, u yerda siz Telegram Premium obunasini Toncoin bilan sotib olishingiz ham mumkin.

Ko’rib turganingizdek TON ekotizimi kun sayin ommalashib bormoqda va haqiqiy Web 3.0 g’oyasi uchun yangidan-yangi yechimlar taqdim etmoqda.


Quyida ekotizimning boshqa xizmatlari bilan tanishib chiqamiz:


Hamyonlar: Tonkeeper, @Wallet, Tonhub va boshqalar. Hamyonlarning to’liq ro’yxati ton.app saytida berilgan.


NFT marketpleyslar: Getgems.io, Disintar.io, TON Diamonds va boshqalar. Marketpleyslarning to’liq ro’yxati ton.app saytida berilgan.


Tadqiqotchilar: Tonscan, TON SH, TonMoon Explorer va boshqalar. Tadqiqotchilarning to’liq ro’yxati ton.app saytida berilgan.


TON blokcheyni tarmoq komissiyalarining kamligi va texnologiyaning tez va xavfsizligi bilan boshqa blokcheynlardan ajralib turadi. Ayni vaqtda loyiha dunyo bo’ylab millionlab foydalanuvchilarga va 9 ta tilda rasmiy hamjamiyatga ega. Tarmoqda ro’yxatdan o’tgan hamyonlar soni esa 2,5 milliondan ortiq. Loyiha tezlik bilan rivojlanayotgan va haqiqiy Web 3.0 g’oyasiga qarab harakat qilayotgan istiqbolli kripto loyihalardan biri hisoblanadi.


Report Page