TOMAT PASTASI ISHLAB CHIQARISH UCHUN LINIYA

TOMAT PASTASI ISHLAB CHIQARISH UCHUN LINIYA

Телеграм канал @oborudovanie_uz

Tomat pastasi qo'shish orqali an'anaviy tarzda turli souslar, go'shtli, baliqli, makaronli taomlar tayyorlanib keladi. Bunday shirin qo'shimchasiz bugungi kunda shirin taom tayyorlash qiyin. Demakki, bu mahsulot bozor tomonidan ancha talab qilinadi, har qanday sharoitda ham bu kabi mahsulotning bozori chaqqon bo'ladi. Mahsulotni tayyorlash texnologiyasi uncha qiyin bo'lmagani uchun, o'z ishini endi boshlayotgan tadbirkorlar orasida ommabop hisoblanadi.

Mahsulotni tayyorlash jarayoni:

Bozorda tomat pastasi va tomat pyuresi taqdim etilgan. Ikki mahsulot bir-biriga yaqin, lekin o'z tarkibida quruq mahsulot saqlashi bilan ajralib turadi (pyureda - 20%gacha, pastada - 40%gacha). Ishlab chiqarish jarayonini 7 etapga ajratish mumkin:

  • Maxsus tarada olib kelingan xomashyo maxsus bunkerga yuklanadi;
  • Bunkerdan pomidorlar lentada yuvish mashinasiga tushadi. Maxsulotni nafaqat chang va loyda, balki turli kimyoviy modda qoldiqlari, jumladan, pestitsidlardan ham tozalash kerak.
  • Inspektsion transporter yordamida keyingi ishlov berishga yaroqsiz bo'lgan mahsulot ajratib chiqiladi.
  • Pomidorlar maydalovchi uskunaga o'tkaziladi va u yerda gomogenlashtirilgan massa ko'rinishiga keltiriladi.
  • Keyin vakum-par mashinasida parlantirish jarayoni yo'lga qo'yiladi.
  • Bufer qozonida pastaga tuz qo'shiladi.
  • Tomat pastasi maxsus taraga qadoqlanadi.

Ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun, qanday uskunalar sotib olinadi?

O'z idorangizni ochishingiz uchun, quyidagi mashinalarni sotib olish talab qilinadi: vakum tipidagi gomogenizator, xomashyo maydalash va termizatsiyasi mashinasi, vakum-parlash mashinasi. Ushbu 3 mashina $60 - $150 ming atrofida narxlanadi. Undan tashqari, maxsulotni transportirovka va fasovka qilish uskunasi sotib olinadi va u taqriban yana shuncha mablag' talab qiladi.

Report Page