TMC institutida "Rektor kubogi"ga start berildi.
💠 Shavkat Mirziyoyev “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalari”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda “Biz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shgan sportchilarimiz bilan fahrlanamiz, shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan cheklanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak” deb alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
💠Shu munosabat bilan TMC instituti professor – o‘qituvchilari, talaba yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, talabalarning sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilishlarini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shashka-shaxmat, stol tennisi bo‘yicha fakultetlararo “Rektor kubogi” saralash bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
💠18-30 mart kunlari bo'lib o'tadigan sport musobaqasida fakultetlararo talabalar gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishmoqda. Sport musobaqasiga 400 dan ortiq talabalar qamrab olindi. Ammo gʻoliblik faqatgina kuchlilarga nasib etadi.
💠 Ma'lumot uchun, “Rektor kubogi”da gʻolib boʻlgan professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar, xodimlar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg’alar bilan rag'batlantiriladi. Chempion talabalarga esa “Rektor kubogi” topshiriladi