TM ROZMETOVʻdan sovgʻalar tanlovida qatnashish shartlari

TM ROZMETOVʻdan sovgʻalar tanlovida qatnashish shartlari


1. ROZMETOVDAN dudlangan ASL-FARXOD kolbasalarini xarid qilish;

2. Botda roʻyxatdan oʻtish va xarid qilingan kolbasalar suratini yuklash*

Aksiyada faqat Rozmetovning Asl-Farxod (200-500-600-700-1000 gr) nomli dudlangan kolbasa mahsulotining butun kuriniwidagi emas, kesilgan xolatdagi rasmi qabul qilinadi. Haftada har bir ID 5 dona surat yuborishi mumkin.

Bitta surat bitta tanlovda qatnashadi. Yakshanba kuni tanlov o‘ynalganidan keyin yuborilgan barcha suratlar yo‘q qilinadi. Yana bir marta ishtirok etish uchun TM ROZMETOV **mahsulotining suratini yuborish kerak.

Umumiy

Aksiyaning nomlanishi: “ROZMETOV Sovgalar taqdim etadi !” (keyingi satrlarda – “Aksiya”).

·        Aksiya ragʻbatlantiruvchi lotereya emas, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar bilan bogʻliq emas va xavfga asoslanmagan.

·        Aksiyada ishtirok etish majburiy hisoblanmaydi.

·        Aksiyaning umumiy oʻtkazilish muddati: 2018-yilning 6-oktabrdan 2018-yilning 30-noyabrigacha

·        Aksiya oʻtkazilish hududi: Oʻzbekiston Respublikasi.

·        Aksiya Tashkilotchisi: MCHJ «ROZMETOV Z.M»

·        Tashkilotchi haqiqiy Shartlarga oʻzgartish kiritish huquqini uni Telegram-botda eʻlon qilish majburiyati bilan oʻzida saqlaydi.

·        Aksiya ishtirokchisi aksiyaning http://t.me/Rozmetov_uz_bot TELEGRAM –BOTida roʻyxatdan oʻtishi uning haqiyi shartlar bilan tanishgani va unga ekanini bildiradi. Rozilik toʻliq va soʻzsiz hisoblanadi.

·        Tanlovda umumiy shartlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining barcha voyaga yetgan fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

·        Aksiyada ishtirok etish uchun http://t.me/Rozmetov_uz_bot Telegram-botiga kirib, kontaktni boʻlishgan holda roʻyxatdan oʻtish kerak va TM ROZMETOV xarid qilinganini tasdiqlovchi kesilgan mahsulot suratini yuborish lozim.

Tanlovda umumiy shartlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 12 yoshdan katta bo‘lgan istagan fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmaganlarning tanlovda ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar aktsiyasida ishtirok etish uchun ota-onalardan birining yoki qonuniy vakilning roziligi, shuningdek, mukofotni olishda ularning ishtiroki zarur.

 

Qatnashish shartlari.

Aksiyada ishtirok etish uchun:

·        Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi http://t.me/Rozmetov_uz_bot  aksiya botida roʻyxtadan oʻtish.

·        TM ROZMETOV xarid qilinganini tasdiqlovchi ochilgan uramli mahsulot suratini yuborish.

·        Aksiya qatnashchisining ID-raqamiga ega boʻlish. Shu raqam orqali Ishtirokchi Aksiyaning sovgʻalar jamgʻarmasi oʻynalishida qatnashadi.

·        Barcha shartlar oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilgan boʻlsa, Ishtirokchi tanlovda qatnashishi uchun uning ID-raqami tasdiqlanadi. Ishtirokchi http://t.me/Rozmetov_uz_bot Telegram-botida aksiya oʻynalishi va natijalar eʻlon qilinishini kutishi lozim.

Quyida aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlar roʻyxati keltirilgan:

ASL FARHOD Dudlangan kolbasasi 200 гр

ASL FARHOD Dudlangan kolbasasi 500 гр

ASL FARHOD Dudlangan kolbasasi 600 гр

ASL FARHOD Dudlangan kolbasasi 700 гр

ASL FARHOD Dudlangan kolbasasi 1000 гр

Gʻolibni aniqlash tartibi

Har haftada gʻolib tasodifiy raqamlar generatori – randomlists.com servisi orqali aniqlanadi. Tanlov har hafta juma kuni  (12,19, 26 oktyabr 2018 yil; 2,9,16,23 va 30 noyabr 2018 yil;) 15:00 da oʻynaladi

Har bir tanlovda oʻsha tanlov kunining 11:00 gacha yuborilgan suratlari qatnasha oladi. Tanlov oʻynaladigan kuni 11:00 dan keyin yuborilgan suratlar keyingi hafta oʻynaladi. Ishtirokchi har bir tanlovga ROZMETOV ning ASL-FARXOD dudlangan kolbasa maxsulotining kesilgan xoldagi suratlarini joʻnatishi mumkin.

 

Aksiyaning Sovgʻalar jamgʻarmasi

·        Aksiyaning sovgʻalar fondi 24 (yigirma tort) Xiaomi Redmi 5 smartfonidan iborat

·        Har hafta 3 tadan smartfon oʻynaladi

 

Sovgʻalarni qabul qilish tartibi

·        Sovgʻalar Gʻolibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) taqdim qilinganida va undagi maʻlumotlar bir xil boʻlganidagina beriladi.

·        Sovgʻalar soʻnggi tanlov (30 noyabr 2018 yil) kunidan keyin 15 kun ichida va undan kechikmagan holda taqdim qilignadi. Sovg'ani qabul qilish eng kechi bilan 2018 yilning 15 dekabrgacha

·        Gʻolib jismoniy shaxslarga qoʻyiladigan soliqni oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

·        Gʻolib Sovgʻani rasmiylashtirayotgan/qabul qilayotgan vaqtida u haqdagi maʻlumot boʻlgan Sovgʻani rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoniga bogʻliq barcha hujjatlarni imzolashi lozim.

·        Aksiya gʻolibi zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlar, shu jumladan, talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishda, Sovgʻani olishni rad etishi Gʻolibning sovrindan voz kechganini anglatadi.

·        Tashkilotchilar yutuqni olish uchun transport va boshqa xarajatlarni toʻlash uchun hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.

·        Sovgʻalarni qabul qilish tartibida koʻrsatilgan shartlar bajarilmaganida Tashkilotchi Gʻolibga sovrinni taqdim qilmaslik huquqini oʻz zimmasida qoldiradi.

 

Aksiya gʻolibi sovgʻani qabul qilishi uchun quyidagilarni taqdim qilishi lozim:

·        Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti;

·        STIR (INN);

·        INPS;

·        Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 186-moddasiga muvofiq Ishtirokchining mukofot qiymati davlat soliq organlari tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan yillik daromad soligʻiga koʻra soliiqa tortilishi haqidagi arizasi.

Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar sanalmaydi:

·        Gʻolib va/yoki Tashkilotchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Sovgʻani qabul qilishda olinmagan/vaqtida berilmagan maʻlumotlar/hujjatlar uchun;

·        Aksiya Gʻolibi tomonidan Sovgʻani qabul qilish tartibi koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik (vaqtida bajarmaslik) uchun;

·        Aksiya Gʻolibi Sovgʻani olmasligi yoki undan voz kechishi uchun;

·        Tanlovda ishtirok etish orqali ishtirokchilar ixtiyoriy ravishda taqdim etgan har qanday maʻlumot, shu jumladan, taqdirlash marosimida olingan fotosuratlar, tashkilotchilar tomonidan, shu jumladan, reklama maqsadida ishtirokchilardan qoʻshimcha rozilik olmasdan va ularga buning uchun haq toʻlamasdan foydalanishlari uchun.

**Suratlar 2018-yilning 6-oktyabr soat 00:00 dan boshlab qabul qilinadi. 

+998 71 200 19 89

@Rozmetov_uz_bot

http://instagram.com.rozmetov.uz/

https://www.facebook.com/pg/rozmetov.uz/


 

 

Report Page