« TILINI MUMTOZLIK DARAJASIGA KO'TARGAN SIYMO»

« TILINI MUMTOZLIK DARAJASIGA KO'TARGAN SIYMO»


«Milliy goya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi» kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida kafedra kunida bir qator tadbirlar tashkil qilindi. Jumladan  А. Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan « Tilini mumtozlik darajasida ko'targan siymo» nomli tadbir o'tkazildi. Tadbirni “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 5-2MIG’-19 guruhi talabalari olib borishdi. Talabalar tadbir mehmonlari bilan salomlashib barchani qutlug’ sana munosabati bilan tabriklashdi.

Tadbirni ochish uchun so’z tarix fanlari doktori, professor S.I.Inoyatovga berildi. Ustoz Alisher Navoiy ijodiga hurmat bilan to’xtalib, oradan olti asr o’tgan bo’lsada Alisher Navoiy ilgari surgan g’oyalar va fikrlar bugungi kunimiz bilan ham hamohangligini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek, bugungi kunda Alisher Navoiy ijodini o’rganish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, Prezident Sh.M.Mirzoyoyev tomonidan chiqarilgan farmonlar, ilgari surilayotgan konsepsiyalarga to’xtalib bu siyasatni qo’llab-quvvatlab har bir yosh buyuk mutafakkirning ijodini chuqur o’rganishi kerakligini uqtirdilar. U kishi so’zlarida Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilinganligini, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin olganligini, Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini, respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan atalayotganligini aytib o’tdilar.

Keyingi so’z  navbati tarix fanlari nomzodi S.S.Raupovga berildi. Ustoz o’z nutqlarida Alisher Navoiynig xalqlar do’stligi g’oyasi haqida ma’lumot berdilar. Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson mulkining markazi — Hirotda 1441-yilning 9-fevralida tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazganligini, Navoiyning otasi Gʻiyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlganligi, sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan Alisher etti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayr' asarini yod olganligini, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushganligini aytib berdilar. Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho berganligini, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozonganligini ta’kidladilar.U so’zini davom ettirib, besh dostondan iborat buyuk “Hamsa”ni yozish sanoqli olimlarga nasib qilgan. Shular qatorida Alisher Navoiyning borligi biz uchun ulkan faxr va g’ururdir. Alisher Navoiy ijodida ishq muhabbat mavzusi ham markaziy o’rinlardan birida turadi. Raupov S.S buyuk mutaffakir Alisher Navoiy ijodidan g’azallar ham aytib berdi. Tadbirda ishtirok etgan barchaga ezgu tilaklarni tilab so’zlarini tugatdilar.

So’ng tadbirning badiiy qismi namoyish qilindi. Talabalar tomonidan Alisher Navoiy ijodidan namunalar , ruboiylar, g’azallar aytib berildi. Shuningdek Alisher Navoiy va Guli sahna ko’rinishi ham qo’yildi. Tadbir yuqori kayfiyatda o’tkazildi va hammaga yaxshi taassurot qoldirdi.

Tarix va madaniy meros fakulteti matbuot xizmati

https://t.me/BUXDU_TARIX_VA_MADANIY_MEROS





Report Page