TILGA HURMAT – ELGA HURMAT.

TILGA HURMAT – ELGA HURMAT.

29-sentabr 2023-yil

Dunyoda davlatlar, millatlar, tillar ko‘p. Har bir inson o‘z tilini hurmat qiladi, e’zozlaydi. Kelajak avlod biz kattalarning tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatimizni ko‘rib voyaga yetadi, kamol topadi.  

Zero, dono xalqimiz “Tilga e’tibor - elga e’tibor”,- deb bejiz aytishmagan. Koson tumanidagi yana bir ma’naviy-ma’rifiy tadbir Abdulla Oripov nomidagi kutubxonada bo‘lib o‘tdi. Koson tumani hokim maslahatchisi M.Hayitova o‘quvchilar bilan suhbatda, til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til bor ekan millat barhayot. Dastavval o‘zbek tili deganda ko‘z oldimizga she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy keladi. U o‘zining yozgan asar va g‘azallari orqali o‘zbek tilining boshqa tillardan kam emasligini isbotladi. 

Yozuvchi O‘tkir Xoshimovning “Qancha ko‘p tilni bilsangiz shuncha yaxshi, biroq odam ona tilida tafakkur qiladi. Ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi” degan hikmatli so‘zlari bilan ona tilimizni sevishga, hurmat qilishga undaydi deya e’tirof etdi. Koson gazetasi bosh muharriri Orif Omonov ham o‘z ijodidan namunalar o‘qib, har kuni har daqiqa tilimizga bo‘lgan hurmatingiz, e’tiboringiz, bir-biringiz bilan o‘z aro o'z ona tilingizda so‘zlashishingizdadir deya ta’kidladi. 

Tadbir ishtirokchilari ham ona tilimizni asrash, yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, ular qalbida o‘z Vatani bilan faxrlanish tuyg‘ularini mustahkamlash, til xalqning ma’naviyat ko‘zgusi, tafakkur xazinasi mahsuli ekanligi xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan til, vatan haqida aytilgan she’rlar, hikmatli so‘zlar ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi. 

Koson tumani hokimining maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi M.Hayitova.


Report Page