#"TIL - MILLAT KO'ZGUSI"
Xumora ZavqiyevnaPedagogika fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida kafedra kunlari doirasida "Til - millat ko'zgusi" mavzusida ma'naviy tadbir o'tlazildi.
Har yili 21-oktabr o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o'zgacha g'urur, faxr va iftixor bilan keng nishonlanib kelinadi.
Shu kun munosabati bilan Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchilari D. Rasulova hamda M. Karimovalar tomonidan "Til - millat ko'zgusi" mavzusida adabiy - badiiy kecha tashkil qilindi.
Tadbir davomida o'zbek farzandlari - yoshlarning qalbida Vatanga, ona tilimizga, ona yurtga bo'lgan yuksak sadoqat, buyuk muhabbat mustahkam qaror topdi.