"TIBOSFERA" KURSI HAQIDA

"TIBOSFERA" KURSI HAQIDA


Kursning maqsadi nima?

  • Talabalarga tartibli va puxta ilm berish
  • Ularni tartib va intizom (dissiplina) ga o'rgatish
  • Talabalarni xalq va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
  • Ularga har holatda mohiyatga qarab ish tutishni o'rgatish
  • Talabalarga ilm olishlarida, yetuk mutaxassis bo'lishlarida chin ko'ngildan va yaqindan yordam berish, ularni o'z hollariga tashlab qo'ymaslik



Kurs kimlar uchun?

  • "Tibosfera” kurslari barcha bosqichdagi tibbiyot talabalari uchun.
  • O'quv dasturimiz davolash va Pediatriya fakultetlari uchun mo'ljallangan. 
  • Boshqa fakultet talabalari ham qatnashishlari mumkin, ammo sharti shuki, bizda talab bir xil bo'ladi. "Men falon fakultetman, menga bu mavzu kerak emas" degan bahona ketmaydi.



Darslar qanday bo’ladi?

  • Darslar faqat o’zbek tilida 
  • Darslarni "Tibosfera" kursi o'qituvchilari olib boradi
  • Darslar haftada 6 kun 2 soatdan, ogʻzaki va yozma shaklda olib boriladi
  • Bir oyda jami 24 ta dars
  • Sizga beriladigan materiallar:

- videodars

- prezentatsiya

- konspekt

- audiodars

- testlar

❗️Yuqoridagi materiallar faqat kursga qatnashuvchilar uchun beriladi va albatta tarqatish mumkin emas.


  • Kursga ro'yxatdan o'tgan talabalar 2 hafta davomida bepul tayyorgarlik kursida o'qiydi va so'nggida imtixon qilinadi.
  • Imtixondan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar kursga qabul qilinadi. 



To’lov narxlari qanday?

  • Oylik to'lov 300 ming so'm.
  • To'lovlar har oyning bosh 10 kunligida amalga oshirilishi kerak.



Qaysi fanlar oʻqitiladi?

1. Fundamental fanlar

   - anatomiya (7 oy)

   - gisto-fiziologiya (5 oy)

   - biokimyo (2,5 oy)

   - patologiya (2,5 oy)

   - farmakologiya (2,5 oy)


  • Yuqoridagi fundamental fanlar o'zbek tilida tayyorlangan materiallar asosida o'qitiladi.
  • materiallar rus va ingliz tillaridagi tibbiy adabiyotlardan tarjima qilib, saralab va tartiblab yoziladi.
  • kursga qatnashishni xohlaganlar, albatta, anatomiyadan boshlashi lozim. Bizda fanlardan alohidadan kurs o'tilmaydi. Zero maqsadimiz tartibli va puxta ta'lim berish hisoblanadi.


2. Klinik fanlar

   - Ichki kasalliklar (4 oy)

   - Pediatriya (4 oy)

   - Ginekologiya (3 oy)

   - Umumiy xirurgiya (3 oy)


  • yuqoridagi fanlar bevosita rus va ingliz tillaridagi adabiyotlardan o'qitiladi.
  • klinik fanlarga faqatgina Tibosfera kursining fundamental fanlar bosqichini tamomlagan talabalar qabul qilinadi.




Kursning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?


1. Talabada intizom va tartibni shakllantirishni asosiy maqsad deb biladi. Shu sabab:

  • darslar haftada 3 kun emas, 6 kun olib boriladi. Bu orqali talabalar oz-ozdan davomli mehnatga oʻrgatiladi.
  • uyqu qatʼiy nazorat qiliadi
  • kun davomida dars tayyorlashi nazorat qilinadi va tartibga solinadi
  • yuqoridagilarga asoslangan holda talabaning va guruhning umumiy haftalik reytingi yuritib boriladi
  • ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi ham nazoratda boʻladi, tartibga solinadi


2. Oylik imtihon

  • Har oy so'ngida imtixon olinadi
  • imtixondan o'tmagan talabalarga 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi
  • imkoniyatlardan foydalanib imtixonni topshira olmagan talabalar guruhdan chiqariladi.


3. Oylik reyting, nishonlar va grantlar

  • Guruhlarning 1 oy davomidagi haftalik reyting va imtixon natijalari hisoblanib oylik reytinglar chiqariladi
  • Oylik reyting natijalariga qarab turli darajali nishonlar va ularga mos ravishda grantlar berib boriladi


4. Olimpiadalar

  • Har bir bo'lim va fan so'nggida guruhlar o'rtasida olimpiadalar tashkil qilinadi. Olimpiada g'oliblari munosib rag'batlantiriladi.


5. Tirishqoq, intiluvchan talabalar uchun ilmiy va pozitiv muhit shakllantiradi.


6. Vaqtni tartibga solish, kelajak rejalarni tuzish va tartiblashni o'rgatadi.


7. Ba'zi sust, dangasa talabalar bilan alohida ishlanadi, ularga o'zlarini o'zgartirishlari uchun yaqindan yordam beriladi.


8. Jamoaviy ishlashga o'rgatadi.

  • Hamma o'zi uchun o'rganib, birov-birovdan o'zish uchun o'qitilmaydi.
  • Kuchlilar zaiflarga yordam berishiga alohida e'tibor qilinadi.
  • Natijada bir-birini doimiy qo'llab quvvatlovchi kuchli jamoa shakllantiriladi.


9. Talabalarga har kuni oz-ozdan badiiy kitob o'qitiladi

  • bu bilan talabalar darslardan biroz chalg'ib dam oladi
  • ularning dunyoqarashi kengayadi
  • ilmga va mehnatga bo'lgan rag'bati ortadi
  • xalqqa va vatanga muhabbati uyg'onadi



10. Ustoz-shogirdlik anʼanasi

  • Ustozlar talabalarning uyqu rejimi, darslarni oʻzlashtirishini doimo nazorat qiladi.
  • Ularni qiynayotgan muammolardan doim xabardor boʻlib, ularga yechimni, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatadi. Muammolari bilan yolgʻiz qoldirmaydi.
  • Talabalar ta'limda va hayotda kimdan maslahat so'rashini bilmay, qaysi ishni qachon qilishga boshi qotib, ikkilanib yurmaydi. Har qanday vaziyatda ustozlar ularga yo'l ko'rsatib boradi. Talabalar har kun, har soatda va har qanday holatda nima ish qilish kerakligini bilib turishadi. Bu ularni dangasalik va tushkunlikdan saqlaydi



Kursga qatnashuvchilarga qanday talablar qo’yiladi?


1. Til kurslari va boshqa o'quv kurslariga iloji boricha bormaslik. (Sizga rus va ingliz tillaridagi kitoblardan o'zbek tilida dars o'tiladi.)


2. Zarurat bo'lmasa biror ishda ishlamaslik.

Ya'ni, talaba barcha e'tibor va konsentratsiyasini tibbiy-fundamental fanlarga qaratishi shart.


3. Dars qoldirmaslik!!! 


4. Darslarda sun'iy niqob taqib olmaslik va guruhda erkin, pozitiv bo'lish.


5. Ustoz bilan va boshqa guruhdoshlar bilan bahslashmaslik.


6. Ustozga va guruhdoshlarga qo'pol muomala qilmaslik.


7. Kurs materiallarni ruxsatsiz tarqatmaslik.


8. Darsni o'zlashtira olmayotganingiz yoki qatnashmaganingiz sababini vijdonan aniq aytish, rost va durust bo'lish. 


9. O'rganishda maydalashmaslik va behuda chuqurlashmaslik.



Kimlar kursdan chetlatiladi?

  • Oylik imtihondan oʻta olmaganlar
  • Ustoz va jamoadoshlarga qoʻpol muomalada boʻlgan va ularni behurmat qilganlar
  • Uzoq vaqt sababsiz darslarga qatnashmaganlar


Report Page