TIBBIYOT YO'LI / LMS

TIBBIYOT YO'LI / LMS

Leader Medical School
LEADERS MEDICAL SCHOOL | YETAKCHILAR TIBBIYOT MAKTABI

LEADERS MEDICAL SCHOOL (LMS) | YETAKCHILAR TIBBIYOT MAKTABI

LMS 2023 - yil. 12-fevralda Leaders jamoasi tomonidan tashkillandi. Tibbiyot sohasi vakillari uchun taqdim etilgan eng optimal yo'l.


📊Maktab 4 bosqichdan iborat

•1-Bosqich - A [] 2-Bosqich - B

•3-Bosqich - C [] 4-Bosqich - D


1-BOSQICH (A):

Anatomiya + Ingliz tili

Fiziologiya + Gistologiya

Dastlab Anatomiya va ingliz tilini parallel o'rganishni boshlashadi. Darslar o'zbek tilida o'tiladi, shu sababli til bilish ko'nikmasi talab etilmaydi. Maktab tarkibidagi barcha fanlar talabaning bilish darajasidan qat'iy nazar boshidan (noldan) o'tiladi. Barcha ko'rsatmalarga amal qilgan guruhlar 1 yil bo'lmasdan Til darajasiga ega bo'lishmoqda (shundan so'ng Fiziologiya va astalik bilan Gistologiya ham qo'shiladi)


2-BOSQICH (B):

Biokimyo + Nemis/Rus tili

Patologiya + Farmakologiya

Maktab Liderlari yuqoridagi barcha fanni yakunlagan holda, shu sistemani ishlab chiqishgan. Ya'ni 1-bosqich fanlarini o'rganmasdan turib 2-bosqich fanini mohiyatiga yetish oxirigacha bormay qolishi mumkin. Yoki aksincha 2-bosqich fanini 1-bosqich fani bilan birga qo'shib o'qiydi, talaba 1-bosqich fanini bilmaganidan, o'zi o'rganyotgan fan (2-bosqich fani) aynan bu bilmarni (1-bosqich fan bilimlarini) ham qamrab olgan deb qabul qiladi.
Masalan to'g'ridan-to'g'ri Farmakologiya/Patologiya o'qimoqchi bo'lsa, unga Fiziologiyadagi bilimlarni ham o'rgatish kerak, natijada talaba asli fiziologiyada o'rganilishi kerak bo'lgan ilmni Farmakologiya/Patologiyaga tegishli deb o'ylaydi, aynan Fiziologiyani yaxshi o'qimagani sababidan. Bunday yo'l bilan rivojlanishga erishish qiyin. Shu sabab sabr bilan bosqichma-bosqich ilm olish afzal. Yanada kengroq holda maktab talabalariga izohlanadi in shaa Alloh.
O'z shaxsiy yo'lini tanlashiga qarab 2-bosqichda nemis tili yoki rus tili o'rganishadi. Bu kelajakdagi amalga oshiradigan rejalariga qarab. Ikkinchi bosqich tillarini ingliz tilida o'rganishadi.


3-BOSQICH (C):

Preklinik Fanlar -> Klinik Fanlar -> Mutaxassislikka yo'naltiruv

C darajaga yetib kelgan talabalar sinov asosida maktab tarkibida ish o'rniga ham ega bo'ladilar. Qanchalik Liderlikka munosib ekanliklariga qarab oylik maosh ham belgilanadi. Bu maosh qiymati haqida ham maktab tarkibida batafsil izohlanadi. Preklinik fanlarni ham kerakli ilmlarini o'rganishida, vaqtni ortiqcha isrof qilinmaydi.
Maktab tarkibida faqat maktab talabalariga ish o'rni taqdim etiladi, ya'ni chetdan kelib Ustozlik qilishni so'raganlar qabul qilinmaydi (qanday natijaga ega ekanidan qat'iy nazar)


4-BOSQICH (D):

Mutaxassislik in Shaa Alloh, bu bosqichga kelgan talabalari jamoa bilan shartnoma imzolashlari mumkin bo'ladi in shaa Alloh.


MAKTAB BOSQICHLARI MUDDATI

~1-2-Bosqichlar 1,5 yildan (o'rtacha)

Unutiluvchi va foydasiz ilmga 1 soniya sarflash ham isrof, foydali ilmga umrni sarflash ham arzirli. Bosqichlarga qo'yilgan muddat bu o'rtacha muddat. 1-bosqich 1,5 yil. 2-bosqich 1,5 yil.
1-bosqich uchun 1,5 yil ko'p deb biluvchilar maktab qabuliga yozilishlari majburiy emas va buni maslahat bermaymiz. Sababi, 1 til bo'yicha daraja olish uchun o'rtacha 18 oyga mo'ljallangan reja taqdim etishadi, lekin u reja 100% amal qiladi degani emas. Buni atrofdagi til o'qiyotgan do'stlaringizga qarab bilib olasiz. Ana shu muddat ichida maktab tarkibida, o'z soxasidagi ilmdan chetda qolmagan holda natija olish bu eng optimal vaqt. Guruh aktivligi yaxshi bo'lsa bu muddat qisqaradi.
Maktabdagi talaba Tibbiyotni o'rganishi bilan birga, tilni ham maktabda o'rganadi (bu uchun alohida sarmoya qilmasdan), alohida repetitorga borishi shart emas. Shu tartibda ta'lim olib natijaga erishgan talabalarni @Leaders_Result kanalida bemalol ko'rish mumin.


~3-4-Bosqichlar (mutaxassislikka bog'liq)


DARSLARNING TASHKILLANISH TARTIBI

Barcha bosqich tartib bilan o'tib kelinadi

✅1-Bosqich to'liq o'zbek tilida o'qitiladi

Ko'pchilik so'rayotgani uchun qayta izohlaymiz, 1-bosqichga kirish uchun til bilish talab etilmaydi, maktabda o'rganishadi boshidan, in shaa Alloh.
Agar maktabga qabul bo'lgach, 1-guruhda turli sabablar bilan davom eta olmay qolib ketsa yoki boshqa sabab bilan chiqarilsa, qayta ochiluvchi guruhlarga ro'yxatdan o'tishi mumkin (avval maktabdan chiqgach qayta qabul mavjud emas edi, bu bekor qilindi).

✅2-Bosqichdan Ingliz tilida o'tiladi

✅Darslar Telegramda online holda haftada 6 kun, 2 soatdan, tongi vaqtda

Guruh aktivligiga qarab qo'shimcha kechki vaqtlarga ham darslar qo'yilishi mumkin.
Ko'pchilik talabalar OTMda kunduzgi vaqtda o'qishlari inobatga olingan va darslarga kech qolishmaydi, aksincha qolganlardan ko'ra ertaroq yetib borishadi in shaa Alloh


TALABALARNING NATIJALARI

Ko'pchilik murojaat qiluvchilar maktabda ta'lim olayotgan talabalarning taasurotlari yoki maktab haqidagi fikrlarini (insights) so'rashadi. Lekin bunday fikrlarni ulashishni Liderlar jamoasi ma'qul deb topmaganmiz. Sabablar:

• Ilm olgan har bir inson o'z ilm oluvchi sababchilari haqida ijobiy fikr bildiradi albatta. Bu orqali me'yoridan oshib maqtash holati yuzaga kelib qolishi mumkin, bu esa o'sha talabaning ilm olish yo'liga salbiy natija olib kelishi mumkin (sabablari maktab tarkibida izohlanadi).
• Ilm avvalo Alloh Subhanahu va Taolodan, biz bir sababchimiz. Sababchi o'rnida qo'limizsan kelgancha harakat qilamiz. Harakat bor yerda kamchilik bo'ladi. Agar fikr ulashuvchi talaba kamchilikni ham qo'shib yozsa, buni hamma ham to'g'ri tushuna olmasligi mumkin. Bizni bu holatga salbiy qarashimiz yo'q, lekin vaqt o'tib u fikrni yozgan talaba o'zi salbiy hislarni sezishi mumkin, bu ham talabaning ilm olishiga salbiylik olib keluvchi omillardan bo'lib qolishi mumkin.
• O'z fikrini ulashgan talabaning yo'li, boshqa talabada natija (effekt) beradi degan fikrga kelish bu xato tushuncha, har kim o'z yo'lini o'zi bosib o'tadi.

Yuqorida keltirib o'tilgandek fikr so'rovchi talabalarga esa:

@Leaders_Result kanali orqali, maktab Talabalarning natijalarini ulashamiz.

Kimdir uddalabdimi, demak siz ham uddalay olasiz, shunchaki sabr bilan harakat kerak. Natija taqdim etiluvchi kanaldagi talabalar Maktabdan tashqarida ta'lim olishmagan. Faqat maktab tarkibidagi harakatlari va Allohning ushbu talabalarga bergan ilm yo'lidagi ne'mati.


DARSLARNI OLIB BORUVCHI USTOZLAR

Barcha Darslar (tillar ham) "Leaders" jamoasi Liderlari tomonidan o'qitiladi.

Jamoa Liderligi o'rnigacha yetib kelish oson yo'l emas. Juda kuchli tartibdagi sinovlardan o'tishadi. Liderlar ko'p hollarda o'z maktab davrlarida ham, Abituriyentlik vaqtlarida ham, Oliy ta'limga kirgan vaqtlarida ham o'z davralarida peshqadam bo'lganlar bo'lib chiqishadi. Sinovlarga doim tayyor bo'lgan ustozlar, shogirdlarni munosib ravishda Liderlik tomon, aynan Tibbiyot sohasidagi yo'lda munosib yetaklay oladilar in shaa Alloh.


TO'LOV MIQDORI BELGILANISHI

To'lov summasi: ... ming so'm/oyiga,

➖Har oyning 10-sanasigacha to'lanishi kerak.

To'lov summasi qabul guruhida doimiy yoritib boriladi. Hamda o'zgaruvchi narx faqat yangi qabul qilinuvchilarga amal qiladi.
Masalan siz 250 so'm/oyiga vaqtda qo'shilgan bo'lsangiz, bu qiymat siz maktabni bitirguningizcha o'zgarmaydi. Siz maktabdan chiqib ketgan bo'lsangiz va 500 ming so'm/oyiga qiymatga yetganda qayta qo'shilmoqchi bo'lsangiz mana shu yangi narx siz uchun doimiyga aylanadi, shu sabab imkon qadar ertaroq kiring, kirgach chiqmaslikka harakat qiling.
To'lov summasi o'z ixtiyorimizdan kelib chiqib oshirib borilmaydi. Talabalarning imkoniyatlari inobatga olinadi. Masalan me'zon sifatida stipendiya qiymatiga nisbatlab olish mumkin (nechadur % qismi).
Yana boshqa ko'rsatkich ham inobatga olinadi, to'lovga yetarlicha sabab bilan qiynalyotganlarga to'lov masalasida albatta yengillik qilinadi. Hozirgacha faqat to'lov sabab talabalarni maktabdan chetlashtirilmagan.

✅Bitta to'lov ham Tibbiyot fanlari, ham Chet tillari uchun. Alohida to'lov qilinmaydi.

Boshqa kurslardan farqli holda tibbiy fanlarni o'rganish uchun alohida to'lov qilib, yana til kursida o'qib til kursi uchun alohida to'lov qilmaysiz. Bir to'lovingiz orqali tilni ham, tibbiyotni ham mustahkam o'rganishingiz mumkin.


Manbalar:

~ Jamoa Tomonidan yozilgan kitoblar
~ Jamoa tomonidan tayyorlangan konspekt va taqdimot materiallari
~ Videodarslar
~ Testlar
~ PPT
~ Audiodarslar

⚠️Ruxsatsiz holda materiallarni tarqatish taqiqlangan!

Buning yetarlicha sabablari maktab talabalariga izohlanadi. Ommaviy ulashish mumkin bo'lgan manbalarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali o'zimiz ulashib boramiz navbat bilan.


BOSHQA KURSLARDAN AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI

Maktab ustozlariga va talabalariga solishtirish qat'iyan taqiqlangan!

Har bir qo'shimcha dars tashkillovchi soxa vakili kuchli mehnat qiladi, uni mehnatini solishtirish hali o'zining qo'lidan bir ish kelmaganlarning mas'uliyati emas.
Ilmga hurmat bilan qarang, uni ulashuvchilarga ham. Boshqa jamolar bizni yutuq yoki kamchiligimizni yoritishi mumkin, bu o'zlarining shaxsiy qarashlari, lekin biz yoritmaymiz. O'zimiz haqimizda ma'lumot beramiz. Hamda shu yo'lda ilm ulashuvchi har bir insonni duo qilamiz, yo'llari bardavom bo'lishini so'ragan holda.
Kursning (o'zining) afzalligi esa aynan 2023-yil tashkillanishiga nisbatan ham Tibbiyot yo'lini, ham chet tillarini o'zida jamlagan, professional yondashuvchi ilk, eng birinchi faoliyat.
In shaa Alloh bunday faoliyatlar ortishi tilakdoshimiz, o'z ishiga professional yondashuvchilar ortib boraversin, bizni yagona raqibimiz esa bu Leaders Medical School, biz shundan o'tishga harakat qilamiz.
Maktab manbalari aynan maktab uchun maxsus yozilgan kitoblar, dars sistemalari. Bu maxsus so'zi ham tibbiy manbalarimiz, ham til manbalarimizga tegishli. Maktab tarkibida guvohi bo'lishadi in shaa Alloh.


"LMS" TALABALARGA NIMANI TAQDIM ETADI...

1. Avvalo natija Alloh Subhanahu va Taolodan, biz esa bir sababchi.

2. Munosib sababchi bo'lish uchun doimo harakatda bo'lgan ustozlar bilan bo'lasiz

3.Qodir qilgancha ko'maklashamiz:

• Foydali ilm bilan band bo'lish
• Tibbiyotni to'g'ri uslubda o'rganish
• Tillarni Sifatli O'rganish
• Sabrli bo'lish va maqsadni to'g'ri qo'yish
• To'g'ri Uyqu Tartibi
• Time Management

4. Muammolar sabab ilmga ishtiyoqsiz bo'lgan oningizda sizga to'g'ri yo'l ko'rsatish.

5. Fikr erkinligi mavjud bo'lgan ilmiy muhitni his qilasiz.

6. Ortda qolsangiz, alohida imkoniyat qilib beriladi va yetib olishingiz uchun yordam beriladi.

7. Oylik va Yillik Sarhisoblarda Kuchli Talabalar Taqdirlanadi

Har bir bosqich uchun alohida "Yil Talabasi" sovrini mavjud. Sovg'alar qiymati arzirli darajada in shaa Alloh. Har bir bosqichniki maktab tarkibidagi ilk kuningizda tanishtiriladi. Bundan maqsad o'z soxangiz yo'lida astoydil g'ayrat bilan harakat qilishingiz uchun stimul berish.

8. Darslarga vaqtida qatnashishingiz talab qilib olinadi, ogohlantirishsiz qatnashmasangiz chora ko'riladi (chiqarilasiz ham)

10. 1- va 2- bosqichlarni ko'rsatilgan me'yorlar asosida bitirganlar uchun ish o'rinlari ham taklif etiladi (sinov va saralov asosida)

11. Har Bosiqchda Chet Tili Sertifikati Qo'lga Kiritishadi (CEFR/IELTS/TOEFL/Goethe/TestDaf). Darslar Setifikat qo'lga kiritgan Liderlar Tomonidan olib boriladi.

12. Talablarni Bajarganlar uchun ma'lum bosqichda Har oylik stipendiya (OTM oylik stipendiyasi bilan bir xil qiymatda) ham belgilanadi.


"LMS" Talabalariga qo'yilgan talab.

1. Boshqa kurslarga vaqt ajratmaslik;

•Tibbiyot Darslari Ham

•Chet Tillari ham Maktabda O'qitiladi

Boshqa sistema bilan bizdagi maktab sistemasi to'g'ri kelmaydi. Bu esa talabani ortiqcha vaqt sarflashiga olib kelishi mumkin. Sabr bilan harakat qilsa, asta-sekinlik bilan o'zi xoxlagandan ko'ra yaxshiroq natijaga erisha oladi in shaa Alloh. Shoshqaloqlik qilsa faqat yutqazadi, buni vaqt o'tgach his qiladi xolos (agar shoshsa).

2. Ishlash davridagi qabul qilinuvchilar, ishlarini rejali qilib olishlari shart

Ya'ni ish vaqtlari, ishdagi muammolari ilm olishga to'sqinlik bo'lib qolishni oldini olish choralarini ko'rishlari kerak.

3. Har darsda o'z vaqtida qatnashish va aktiv bo'lish

4. Ham o'z hurmatini, ham kursdoshlarining hurmatini, ham ustozlar hurmatini saqlagan holda, odob doirasidagi muloqot Ko'nikmalariga bo'ysunishi

5. Darslar online ekani sabab, barcha sabablarni vijdonan bayon etish, o'zini aldamaslik

6. Berilgan materiallarni ruxsatsiz boshqa sahifalarga ulashmaslik.

7. Barcha #hashtag larni o'z vaqtida yuborish va hisobotni vaqtida topshirish

8. Chet tili ko'nikmalarini ham ko'rsatilgan tartibda o'rganish

9. Darslarda doim aktiv qatnashish shart.

O'qib chiqgan bo'lsangiz va ma'qul bo'lsa Maktab ro'yxatidan o'ting hamda maktabdagi o'z o'rningizni egallang.

LMS kelajakdagi ishonchli hamrohingiz bo'lishi uchun (chet elda o'qish va ishlashingizda ham, Yurtimizdagi faoliyatingizda ham) imkon qadar harakat qiladi.

QABUL UCHUN GURUH:

https://t.me/LMS_Qabul

Maktab tarkibida bo'lsangiz, hamrohlaringizni ushbu taqdimot bilan tanishishlari uchun ulashib qo'ying.

Report Page