TIBBIYOT XODIMLАRI SАMАRQАNDDА SАYOHАTDА

TIBBIYOT XODIMLАRI SАMАRQАNDDА SАYOHАTDА


Mamlakatimizxda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Oʼzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni” kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Аnʼanaga koʼra, bu yil ham kasb bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan boshqaprma Tibbiyot boʼlimining shahodatlangan va erkin yollangan xodimlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi. 

Dastlab, Registon ansamblida boʼlgan tibbiyot xodimlari obidaning yaratilish tarixi va unidan joy olgan hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati namunalarini tomosha qilishdi. Soʼngra, sohibqiron maqbarasida boʼlgan ziyoratchilar Аmir Temurning vafoti va obidaning yaratilish tarixi bilan tanishtirildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasida boʼlgan yoshlar mustaqil davlatimiz asoschisining Oʼzbekiston davlatini bunyod etish borasida amalga oshirgan ishlari, majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlari bilan yaqindan tanishishdi. 

Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʼriqxonasida boʼlgan salomatlik posbonlari Samarqand shahrining tarixi va avlodlardan meros oʼtib kelayotgan osori atiqalar hamda boshqa xalq amaliy sanʼati namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat tibbiyot xodimlarining madaniy hordiq chiqarishi bilan birga bir olam taassurotlar olishiga zamin hozirladi.

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati


Report Page