Shaxsiy ma'lumotlar bo‘limini to‘ldirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma
www.tezparcel.com 🌐
Ushbu qo‘llanmada siz shaxsiy ma'lumotlar va yetkazib berish manzilini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishasiz.

Shaxsiy kabinetda manzilni ro‘yxatdan o‘tkazishda faqat yetkazib berish manzilini ko‘rsating. U sizning nomingizdagi barcha jo‘natmalar uchun biriktiriladi. Jo‘natmalar faqat ushbu manzilga yetkaziladi.
(Har qanday o‘zgarishlar yuz berganda, albatta, Telegram chatimizdagi xodimlar bilan bog‘laning)
1. Telefoningizga TEZPARCEL ilovasini yuklang

iOS uchun yuklab oling | Android uchun yuklab oling
2. "Menyu" ikonkasini bosing

Saytimiz bosh sahifasining yuqori chap burchagida uchta chiziq shaklidagi "Menyu" ikonkasini ko‘rishingiz mumkin. U qo‘shimcha bo‘limlar oynasini ochadi.
3. "Profil" bo‘limini tanlang

Agar ushbu bo‘lim chiqmagan bo‘lsa, demak, siz hali tizimga kirmagansiz yoki ro‘yxatdan o‘tmagansiz. TEZPARCEL tizimida to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tish tartibini bilish uchun shu yerga bosing.
4. "Profilni o‘zgartirish" funksiyasini tanlang

Endi siz shaxsiy ma'lumotlaringizni to‘ldirish yoki o‘zgartirishni boshlashingiz mumkin, bu kelajakda xizmatdan qulay foydalanishga yordam beradi.
5. Barcha kerakli maydonlarni to‘ldiring

Shaxsiy ma'lumotlar
✓ Rasm — Rasm yuklang (majburiy emas)
✓ Ism — Ismingiz
✓ Familiya — Familiyangiz
✓ Elektron pochta — Ro‘yxatdan o‘tishda ishlatilgan e-mail manzilini kiriting
✓ Telefon raqami — Aloqa uchun amal qiluvchi telefon raqamingizni kiriting
✓ Telegram foydalanuvchi nomi — Telegram Username’ingizni kiriting
✓ Vaqt zonasi — Yashayotgan shahringizning vaqtini tanlang
✓ Tug‘ilgan sana — Tug‘ilgan sanangizni kiriting
✓ Jins — Jinsingizni tanlang
Manzil ma'lumotlari
✓ Davlat — Yashayotgan davlatingizni tanlang
✓ Shahar — Shahringizni kiriting
✓ Tuman — Tumaningizni tanlang
✓ Manzil — To‘liq yashash manzilingizni kiriting (ko‘cha, uy, xonadon)
✓ Mo‘ljal — Manzilingizga yaqin mashhur joy yoki muassasani kiriting (masalan: savdo markazi, bog‘, maktab va h.k.)
Barcha maydonlarni to‘liq to‘ldirgach, "Saqlash" tugmasini bosing.
Agar sizda qandaydir savollar paydo boʻlsa, bizlar bilan quyidagi raqam orqali bogʻlanishingiz mumkin: +998 555 100 001
✦ Telegram
✦ Website
✦ YouTube
©2017-2026 TEZPARCEL