TEZKOR YIG‘ILIShDA MUHIM MASALALAR KO‘RILDI...

TEZKOR YIG‘ILIShDA MUHIM MASALALAR KO‘RILDI...

Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 aprel’dagi “Respublikasi hududlaridagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va tadbirkorlik sub’ektlarida tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilg‘i yoki neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi 207-F-sonli Farmoyishi ijrosi bo‘yicha bir qator vazirliklarning markaziy apparatlari, ularning tizimlaridagi barcha tashkilot va korxonalarga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar va oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor A.Qo‘ldoshev, Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi, viloyat va shahar-tuman hokimlarining maslahatchilari ishtirok etdilar.

Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati.

Yig‘ilishni general-mayor A.Qo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga vijdonan yondashish, havo gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘in, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish borasida barcha shahar va tumanlarda mutasaddi idora vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etib, bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish lozimligini aytib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati.
Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati.

Shuningdek, yig‘ilishda joylarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud holatlarni nazorat qilishning joriy ahvoli tahlil qilindi.


Qashqadaryo viloyati FVB Axborot xizmati.






Report Page