TEZISLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Xalqaro Nordik universitetiMatn hajmi – kamida 3 betdan 5 betgacha, A4 hajmdagi qog‘ozda.
Matn shakli – Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi – 14 kegl, satrlar oralig‘i – 1,0 interval, yuqoridan va pastdan 1,5 sm, chapdan 3,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm;
Yuqoridan bosh harflar bilan tezis mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun elektron pochta va telefon raqami, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;
Barcha iqtiboslar kvadrat qavsda berilib, adabiyot tartib raqami ko‘rsatiladi: [1]
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi.
Taqdim etilgan tezislarning yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ijobiy baholangan tezislar to‘plamga kiritiladi va dolzarb ilmiy ahamiyatga molik mavzu tadqiq etilgan maqolalar Xalqaro Nordik universitetining ilmiy-amaliy elektron jurnaliga qabul qilinadi.