TEST REJIMIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISHGA TAYYOR

TEST REJIMIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISHGA TAYYOR

30 октября 2022 от https://t.me/natlibuz

2022-yil 1-noyabrdan Milliy kutubxona 24 soat ish rejimida, Siz, aziz kitobxonlarimizga xizmat qilishga tayyor! Tungi smenada dastlab, kutubxona binosining “B” blogidagi 1-qavatida joylashgan Elektron o‘quv zalida 2022-yil 1-noyabrdan elektron va an’anaviy ko‘rinishdagi kutubxona – axborot xizmati ko‘rsatiladi.

Tungi xizmat ko‘rsatish davomida qo‘yidagilar:

asosiy fonddan buyurtma berilgan va band qilish javonida saqlash uchun qoldirilgan resurslami taqdim etadi;

foydalanuvchilarga avvaldan axborot-kutubxona resurslariga buyurtmani shakllantirish offlayn va onlayn (https://natlib.uz) tarzda (soat 20:00 gacha), hamda buyurtmalarni band qilish javonida keyingi foydalanishi uchun (5 kungacha) qoldirish imkoni yaratiladi;

elektron o‘quv zali foydalanuvchilarga tungi ish vaqtida elektron va an’anaviy ko‘rinishdagi axborot-kutubxona resurslari taqdim etiladi, ana’naviy va qo‘shimcha pullik (preyskurant bo‘yicha) xizmatlar ko‘rsatiladi;

adabiyotlardan nusxa ko‘chirish, qog‘oz ko‘rinishida chop etish, elektron tashuvchilarga yozib berish (avvaldan axborot-kutubxona resurslariga buyurtma berilib (soat 20:00 gacha) band qilish javonida qoldirilgan axborot resusrlarining 15% gacha) mumkin;

Milliy kutubxonada ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga tungi vaqtda axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatilmaydi;

Elektron o‘quv zalidan foydalanishda ID-kartani boshqa shaxslarga berish va boshqa shaxslarning ID-kartasidan foydalanish, axborot-kutubxona resurslarini tashqariga olib chiqish, yoqimsiz tashqi ko‘rinishda mast holda, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladigan hududlarda mobil telefondan foydalanish, shuningdek, monitor ekranidagi axborotni videotasvir va suratga olish, kompyuter o‘yinlari o‘ynash, filmlar ko‘rish, e’lonlar, afishalar va boshqa materiallarni o‘zboshimchalik bilan joylashtirish, ovqatlanish ta’qiqlanadi.

Kutubxona ma’muriyati Elektron o‘quv zali foydalanuvchilaridan tungi ish vaqtida kutubxonada qabul qilingan qoida va talablarga rioya qilishlarini so‘rab qoladi


Report Page