TERRORCHI GURUH TA'SIRIGA TUSHGAN SHAXS QO‘LGA OLINDI

TERRORCHI GURUH TA'SIRIGA TUSHGAN SHAXS QO‘LGA OLINDI


Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari davomida, www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchi “Imom al-Buxoriy katibasi” nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi g‘oyalar qayd etilgan videomateriallarni o‘z sahifasiga joylashtirganligi aniqlandi.

Olingan ma'lumotni tekshirish uchun o‘tkazilgan tadbirlar davomida, “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchi Namangan viloyatida yashovchi, 24 yoshli fuqaro I.A. ekanligi aniqlandi va qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targ‘ibotchilarining aldovlariga ishonmang. Diniy mazmundagi savollariningiz, o‘zingizni qiziqtirgan mavzularingiz yuzasidan mamlakatimizdagi “UZ” domenidagi rasmiy veb-saytlardan foydalanishni yoki diniy sohada ilmli, malakali mutaxassislar, imom-hatiblar, islomshunos olimlarga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

 IIV Kiberxavfsizlik markazi


Report Page