TERMIN VA ATAMALAR

TERMIN VA ATAMALAR

Ismoil G'aniyev


Kanalimiz: https://t.me/Diamond_ZK


1. "Yuk 200"

(harbiy jargonda "o'ldirilgan, halok bo'lgan" ma'nosida ham ishlatiladi)

Vafot etgan (halok bo'lgan) askar tanasini dafn qilinadigan joyga aviatsiya orqali yetkazishga nisbatan ishlatiladigan kod belgisi.

Ushbu kod vafot etgan askar tanasi solingan tobutni anglatadi. Shuningdek, o'ldirilgan askarlar jasadiga nisbatan evfemizm sifatida ham qo'llaniladi


2. "Sariq matbuot" (shuningdek, bulvar matbuoti)

Asosan taniqli odamlar hayoti haqidagi mish-mishlar, sensatsiyalar (ko'pincha to'qima) hamda janjallarni bosib chiqarishga ixtisoslashgan va juda arzon narxda tarqatiladigan bosma nashrlarga nisbatan ishlatiladigan termin.


3. Ingichka qizil chiziq — Qrim urushi doirasida 1854-yil 25-oktyabrida yuz bergan Balaklava jangida britan armiyasining 93-piyoda polki tomonidan qo'llanilgan himoyasi taktikasi tufayli yuzaga kelgan termin.

O'shanda rus otliqlarining ehtimoliy hujumidan himoyalanish uchun general-mayor Kolin Kempbell o'z askarlariga nizomlarda ko'zda tutilgan to'rt qator o'rniga ikki qatordan bo'lib saflanishni buyuradi. Britan armiyasi kiyimi qizil rangda edi. Shuning uchun yuzaga kelgan bu himoya chizig'i "Ingichka qizil chiziq" nomini oladi va keyinchalik qat'iyat va fidoyilik ramziga aylanadi.


4. Ingichka ko'k chiziq — ko'plab davlatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarni tartib va anarxiya o'rtasidagi nozik to'siq sifatida ifodalash maqsadida qo'llaniladigan termin.

Termin qachondan politsiyani ifodalay boshlagani haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Shunisi ma'lumki, o'tgan asr 50-yillarida Los-Anjelos politsiya departamenti rahbari Uilyam Parker bir nechta teleko'rsatuvlarda o'z departamentini tartib va anarxiya o'rtasidagi baryer sifatida "ingichka ko'k chiziq" deb atagan.


5. "Snikersni" ("Snickersnee") — qonli duel.

XVI-XIX asrlarda Niderlandiyada urf bo'lgan pichoq bilan uyushtiriladigan duelning nomi. Bu atama shuningdek, qurol sifatida foydalanish uchun maxsus yasalgan pichoqni ham ifodalagan.


6. Sugsvang (nemischa "zugzwang" - "yurishga majburlik")

Shashka va shaxmatdagi holat bo'lib, bunda o'yinchi tomonidan amalga oshiriladigan navbatdagi har qanday yurish uning holati yomonlashishiga olib keladi.

Hozirda bu atama nafaqat shaxmatda, balki boshqa sport turlarida (bilyard, kyorling), qimor va stol o'yinlarida (narda, karta o'yinlari), shuningdek boshqa ko'plab sohalarda va hatto kundalik hayotda ham qo'llaniladi.

Masalan, biron bir harakat yoki harakatsizlik vaziyatning yomonlashishiga olib keladigan bo'lsa, "buni qilmaslik kerak" degan ma'noda sugsvang atamasi qo'llanadi.


7. "Natsist bifshtekslar"

Ushbu atama bilan fashistlar Germaniyasida natsistlar tomoniga ixtiyoriy ravishda qo'shilgan sotsialistlar va kommunistlar atalgan. Nemislar ularni nafrat bilan "bifshteks" deb atagan, chunki ular "tashqi tomoni jigarrang va ichi esa qizil" edi.


8. "Shisha eskalator"

Ushbu atama birinchi bor Kristin L.Uilyams tomonidan 1992-yil avgust oyida chop etilgan "Shisha eskalator: "Ayollar kasbi"da erkaklar uchun yashirin afzalliklar" maqolasida qo'llangan.

Unga ko'ra, har qanday kasbda, unda xoh erkaklar ustunlik qilsin, xoh ayollar, baribir erkaklar yuqori lavozimga ayollardan ko'ra tezroq erishadi. Ayollar ustunlik qiladigan kasblarda erkaklarning imkoniyatini ko'rib chiqishda 4 ta kasb — o'qituvchilik, hamshiralik, kutubxonachilik va ijtimoiy ishga qarab baho beriladi. Garchi ushbu kasb vakillari orasida ayollar ko'pchilikni tashkil etsa-da, bu lavozimga ishga olingan erkaklarga nima uchundir rahbarlik vazifalari yuklanadi.


9. Bitlomaniya ("Beatlemania") — o'tgan asr 60-yillarida paydo bo'lgan atama bo'lib, "Bitlz" ("The Beatles") guruhiga bo'lgan telbanamo ishqibozlikni tavsiflaydi.

Termin 1963-yil 13-oktyabrda paydo bo'lgan. Shu kuni "Bitlz" Londondagi "Palladium" teatrida chiqish qiladi. Konsert butun mamlakat bo'ylab namoyish etilganiga qaramay, guruh a'zolarini ko'rishni istagan minglab yoshlar teatrga tutashgan ko'chalarni to'ldirib tashlashadi. Konsertdan so‘ng ko‘chalarda tiqilinch yuzaga keladi. Guruh a'zolari o'z mashinalariga faqat politsiya qurshovidagina yetib olishga erishadi

15-oktyabr kuni "The Daily Mirror" kontsert haqida maqola chop etadi va unda muxlislarning o'zini tutishiga nisbatan “bitlomaniya” terminini ishlatadi. Shundan keyin termin mashxur bo'lib ketadi.


10. ​​"Kalamush yo'llari" (inglizcha "rat lines") — Amerika maxsus xizmati tomonidan Ikkinchi jahon urushi oxirida natsist va fashistlarning Yevropadan qochish yo'llarini ifodalash uchun qo'llanilgan atama. Bu yo'llar asosan Janubiy Amerika, xususan Argentina, Paragvay, Braziliya, Chiliga olib borgan.


11. "Ofis planktoni"

Bu quyi pog'onadagi ofis ishchilarini ifodalash uchun ishlatiladigan termin. Ozuqa piramidasining pastki pog'onasida joylashgan kichik dengiz organizmlarini yirik ekologik guruh bilan taqqoslashga allegoriya sifatida ishlatiladi.


12. Kazus belli (lotincha "Casus belli" — "urush (boshlashga sabab bo'lgan) hodisasi", "harbiy insident")

Rim huquqidagi yuridik termin bo'lib, urush e'lon qilish rasmiy sababni anglatadi.

"Casus belli" tushunchasi aslida qadimgi Rim huquqining maxsus kategoriyasi bo'lib, u qo'shni xalqlar hududlariga da'vo qilish uchun qo'llanilardi. Unga ko'ra senat ma'lum hududga ultimatum shaklidagi o'z talablarini yuborar, agar ushbu talab belgilangan muddat ichida bajarilmasa, yoki qoniqarsiz bajarilsa, jangovar harakatlar boshlanardi.


13. Kulrang kardinal.

Bunday nom bilan odatda siyosatda yashirincha, hech qanday rasmiy lavozimlarni egallamasdan faoliyat yuritadigan o'ziga xos "vakolatli" shaxslar ataladi.


14. ​​Qora beva.

Qora beva — o'zining bir nechta turmush o'rtoqlarini o'ldirgan ayollarga nisbatan ishlatiladigan termin bo'lib, bunday ayollar, odatda, moliyaviy foyda olish maqsadida turmush o'rtoqlari yoki oila a'zolarining joniga qasd qilishadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, qora bevalar 25 yoshidan boshlab qotillik qilishni boshlaydilar va 10 yil davomida o'rtacha 6-8 kishini o'ldiradilar.


15. Evtanaziya (grekcha "εὖ" — "yaxshi, "θάνᾰτος" — "o'lim")

Davolab bo'lmaydigan kasallikka chalingan va va bu kasallik tufayli chidab bo'lmas azoblarni boshdan kechirayotgan odamning o'z hayotini ixtiyoriy ravishda tugatish amaliyoti.


16. ​​"22-hiyla"

Bir-birini istisno qiluvchi qoidalar o'rtasidagi mantiqiy paradoks natijasida yuzaga keladigan vaziyatni ifodalovchi termin. Bunday vaziyatga tushgan odam holatni nazorat qila olmaydi. Chunki, qoidalar o'rtasidagi teskari bog'liqlikni buzishga urinish avtomatik ravishda ularga rioya qilishga olib keladi.


17. Okkam ustarasi — muammoni hal qilishning o'ziga xos uslubi bo'lib, "hech bir zaruriyatsiz mohiyat ko‘paytirilmasligi kerak" yoki "eng oddiy tushuntirish eng yaxshisidir" degan prinsipiga asoslanadi.


18. 4:20

Shimoliy Amerika subkulturasida marixuana chekish uchun eng qulay vaqtni ifodalashda ishlatilgan termin. Tonggi 4:20 va tushdan keyingi 16:20 ni bildiradi.

Bu vaqtda ko'plab narkomanlar birga vaqt o'tkazish, marixuana chekib, davlatning narkotikka qarshi siyosatini muhokama qilish uchun yig'ilishardi.

Ushbu atamaning kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar mavjud. Shulardan biriga ko'ra, u 1971-yilda "San-Rafael" o'rta maktabi o'quvchilarining darsdan keyin marixuana chekish uchun Lui Paster haykali oldida to'planishidan kelib chiqqan. Ushbu o'smirlar odatda "420 Lui!" deb salomlashgan.


19. Panurg podasi

O'z lideriga ko'r-ko'rona bo'ysunuvchi, uning aytganini so'zsiz bajaruvchi odamlar guruhini ifodalaydigan termin. Ammo bunday bo'ysinuvchanlik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.


20. Aniq bir muammodan chalg'itadigan hamda badiiy asar yoki filmlarda o'quvchi yoki tomoshabinni syujet borishi haqida noto'g'ri tasavvurga kelishga majbur qiladigan manyovr.

Termin 1807-yilda itlarni quyon quvlashdan chalg'itishda o'tkir hidli dudlangan baliqdan foydalanish haqida hikoya qilgan Uilyam Kobbet tomonidan o'ylab topilgan.


21. O'lik mushuk strategiyasi

E'tiborni muhim masaladan chalg'itish uchun ishlatiladigan usulni ifodalovchi termin. 2008-yilda, London meri lavozimiga nomzod bo'lgan Boris Jonsonning saylovoldi kampaniyasi vaqtida paydo bo'lgan. O'sha vaqtda polittexnolog Linton Krosbi Jonsonga shunday maslahat beradi:

“Mutlaq aniqlik bilan aytish qilish mumkin bo'lgan bir narsa bor: agar siz kechki ovqat paytida stolga o'lik mushuk qo'ysangiz, hamma shu haqda gapira boshlaydi. Odamlar hayratga tushadimi, jahli chiqadimi farqi yo'q, baribir ularning hammasi “Ey Xudoyim, o‘lik mushuk! Dahshat! Uni yo'qotsangizchi" deb baqira boshlaydi. Va ular siz unutishlarini istagan narsalarni unutishadi."


22. Sardincha kulgu

Istehzoli, nafratga to'la yoki achchiq kulgi. Qadimgi Gretsiyada odamlarning o'lim oldi kulgusi shunday nomlangan.


23. Oq yoqaliklar

G'arb sotsiologiyasida axborotni saqlash, foydalanish va qayta ishlash bilan bog'liq aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan xodimlar yoki ma'mur, menedjer kabi lavozimda ishlovchilarni ifodalash uchun qabul qilingan termin.


24. Gipertimeziya

Bu xotira buzilishining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, uning natijasida inson hayotidagi barcha voqealarni eng kichik detallarigacha eslab qoladi. Umuman olganda, butun dunyoda 60 kishiga bu kasallik tashxisi qo'yilgan.


25. Oversharer

Yaqinda paydo bo'lgan ushbu termin ijtimoiy tarmoqlarda biror inson tomonidan o'zining shaxsiy ma'lumotlarini keragidan ortiq ulashishga nisbatan ishlatiladi.


26. Mikky Mouse kubogi

Asosan ingliz futbolida jamoa tomonidan qo'lga kiritilgan ahamiyatsiz va obro'siz kubokni ifodalash uchun ishlatiladigan kamsituvchi va haqoratli (ba'zan hazil) termin.


27. Katorga

VII asrda Venetsiyada paydo bo'lgan uch qator eshkakli kema katorga deb atalgan.

Termin u yerdan O'rta yer dengizi hududi, Yevropaning boshqa mamlakatlari va Rossiyaga kirib kelgan.

Katorgada qullar yoki jinoyatchilar eshkak eshardi. Shu tufayli keyinchalik ushbu termin surgundagi og'ir mehnat bilan bog'liq barcha jazo turlarini ifodalay boshlagan.


28. Merri Syu

Muallif tomonidan o'ta bo'rttirib yuborilgan, fantastik qobiliyatlar, ideal tashqi ko'rinish va favqulodda omadli sifatida tasvirlanadigan personaj arxetipi. Ko'pincha bunday personajning asarga kiritilishiga muallifning o'zini asarga "qo'shish"ga urinishi sabab bo'ladi.

"Meri Syu" termini muxlislar orasida salbiy termin sifatida qaraladi. Chunki bunday personaj o'ta ideallashtirib yuboriladi.


29. Bitlomaniya

("Beatlemania") — o'tgan asr 60-yillarida paydo bo'lgan atama bo'lib, "Bitlz" ("The Beatles") guruhiga bo'lgan telbanamo ishqibozlikni tavsiflaydi.


30. Sikvel (lotincha "sequela" — "davom", "qo'shimcha") — kitob, film, kompyuter oʻyini yoki boshqa istalgan janrda ma'lum bir asar (yoki o'yin)ning davomi.

Odatda tomoshabinlar (yoki kitobxonlar) mashxur asarning davomi chiqishini xohlashadi. Ijodkorlar uchun ham yangi asar va qahramonlardan ko'ra eski, taniqli qahramon haqida hikoya yaratish osonroq bo'ladi.


31. Do‘zax Joseon, Do‘zax Choson yoki Do‘zax Koreya (koreyscha 헬조선) — Janubiy Koreyada 2015-yilda mashxurlikka erishgan satirik atama. U mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tanqid qilish uchun ishlatiladi.


32. Meksikacha duel — uchta raqib ishtirok etadigan duel.

Birinchi otgan qatnashchida ustunlik bo'ladigan odatiy dueldan farqli ravishda meksikacha duelda "kim birinchi o'q uzsa" tamoyiliga amal qilinadi. Bunda, masalan, birinchi odam ikkinchi odamga o'q uzishga ulgirsa, uchinchi odam birinchi odamni otib tashlashi va tirik qolishi mumkin. Shu tariqa tomonlar o'z manfaatlari uchun duel balansini buza olmaydilar.


33. Bryusselizatsiya (frantsuzcha — "Bruxellisation", gollandcha — "Verbrusseling")

Shaharni qayta qurishga xaotik yondashuvni ifodalovchi termin bo'lib, tarixiy inshootlarni ommaviy buzish va ularning o'rniga deyarli hech qanday qiymatga ega bo'lmagan zamonaviy binolar qurish bilan harakterlanadi.


34. Ko'k gripp (inglizcha "blue flu", politsiya formasining rangidan kelib chiqqan) — amerikalik politsiyachilarning oldindan e'lon qilinmagan ish tashlashini ifodalovchi termin.

Gap shundaki, ko'plab shtatlarda politsiyachilarning ish tashlashi ta'qiqlangan. Shu sababli ular norozilik bildirish uchun bir vaqtda kasallik ta'tilidan foydalanadilar. AQShda bunday kunlar soni yiliga bir necha kun bilan cheklangan, lekin odatda ish beruvchi haqiqatda kasal bo'lganlik to'g'risida tibbiy ma'lumotnoma talab qilmaydi.


35. Xedbenging (shuningdek, xedbening, xedben) — musiqa ritmi ostida boshni kuchli silkitish. Odatda rok musiqa kontsertlarida qo'llaniladi.

Termin 1968-yilda "Led Zeppelin" guruhining AQShga birinchi gastrol safari chog‘ida paydo bo‘lgan. O'shanda "Boston tea party" klubida bo'lib o‘tgan konsert chog‘ida birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar sahna oldida musiqa sadosiga moslab bosh chayqashgan.


36. "Lessepsian" migratsiyasi — tropik dengiz organizmlarining Suvaysh kanali orqali Hind-Tinch okeani mintaqasidan Oʻrtayer dengizi sharqiy qismiga ko'chib o'tishini ifodalovchi termin.


37. Nepotizm — (lotincha “nepos” – urug‘, zot, nasl, sulola, “nepotis” – nabira, jiyan) korrupsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, siyosatda, ish, lavozimga erishishda shaxslarning qobiliyati, bilimi, ma’lumotiga emas, balki urug‘-aymoqchilik, oshna-og‘aynichilikka yon bosish, qo‘llab-quvvatlash, sharoit yaratib berish shaklida namoyon bo‘ladi.


38. Eksklav vs anklav

Eksklav - bir davlatning boshqa davlat hududida bo'lgan va atrofi faqatgina bitta davlat bilan o'ralgan yeri.

Anklav - boshqa bir davlatning to'liq holda bir davlat hududida joylashgan yeri.


39. Disfemizm - bu so'zlashuv jarayonida biron so'zni qo'pol sinonimi bilan tushuntirish, masalan : yuz o'rniga bashara, vafot etdi o'rniga o'ldi, jilmayish o'rniga tirjayish...


40. Omerta - bu janubiy italiyadagi mafiya guruhlarining sukut va sharaf kodeksi hisoblanadi


41. Ikebana

Ikebana - tabiiy gullar, barglar, novdalar va ildizlardan kompozitsiyalar yaratish bo'yicha yapon san'ati.


42. Rus ruletkasi (Русская рулетка)

Versiyalarga ko‘ra, imperator armiyasiga Smith & Wesson baraban sistemali revolverlar kelgach ruletka mashhur bo‘lib ketadi. Bu 1870-yillarda navbatdagi rus-turk urushida sodir bo‘lgandi. Urush tufayli sillasi qurigan zobitlar shu tarzda taqdirlarini sinab ko‘rishgan.

Rus ruletkasi ekstremal azart o‘yin hisoblanib, revolverning barabaniga bir patron solinadi va o‘yinchilar patron qayerda ekanligini bilmasliklari uchun baraban bir-necha marta aylanitirib yuboriladi. Shundan so‘ng, o‘yinchilar navbatma-navbat revolverni boshlariga qaratib tepkini bosishadi.


43. Ambidekstriya

Ambidekstriya (lotincha ambi - ikkalasi + dexter - o'ng) - ikkala qo'lni bir xil darajada ishlata olish. O'ng va chap qo'lni bir xil darajada yaxshi ishlata oladigan odam ambidekstr deb ataladi. Baʼzi olimlarning fikricha insonda "yetakchi tomon" bo'lishi kerak, chunki chap yarim shar o'ng yarim shardan keladigan ma'lumotlarni to'liq va "kerak bo'lganda" qayta ishlay olmaydi va aksincha, bu turli xil muammolarni keltirib chiqaradi.


44. Prokrastinatsiya

Psixologiyada prokrastinatsiya tushunchasi — ma’lum bir insonning, biror ishni juda muhim va shoshilinch bo‘lishiga qaramay, doimiy tarzda ortga surib boraverishini anglatadi. «Prokrastinatsiya» so‘zining kelib chiqishi ham procrastinare — «ertaga qoldirish» so‘zidan kelib chiqqan. Ammo bu shunchaki ishni ortga surish emas. Bunday holat, odatda, insonni muammolarga boshlaydi, stress keltirib chiqaradi, samaradorligini pasaytiradi, aybdorlik xissini uyg‘otadi va o‘ziga bo‘lgan

ishonchini kamaytiradi.


45. Product placement (mahsulotni joylashtirish) - bu filmlar, teledasturlar, kompyuter o'yinlari, musiqiy videolar, kitoblar, illyustratsiyalar va rasmlarda qahramonlar tomonidan qo'llaniladigan rekvizitlarning haqiqiy tijorat o'xshashligidan iborat bo'lgan yashirin reklama usuli.


46. Nekrolog (yun.νεκρός — oʻlik, λόγος — soʻz) – gazeta jurnalistikasining janrlaridan biri. U yaqinda vafot etgan shaxsning o'limi haqida ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan kichik maqolaa materiali shakli. Marhum ishlagan muassasalarda, ayrim mamlakatlarda ko‘chalarda va jamoat joylarida ham nekrologlarni koʻrish mumkin.


47. Шестёрка

Versiyalarga ko'ra шестёрка atamasi o'zining kelib chiqishi bilan kriminal dunyoga borib taqalmaydi. XIX asrda barlar, restoranlar va mehmonxonalarda xizmat qiladigan bolalarni шестёрка deb atashgan. Bunday nomni olishiga sabab o'yin kartasidagi 6 ning qirol va tuzlardan pastda turishi va ularga xizmat qilishi keltirib o'tilgan. Ba'zi fikrlarga ko'ra, o'sha bolalarga bir kun xizmati uchun 6 tiyin to'langan va shundan шестёрка kelib chiqqan. Barlar va restoranlar shulerlar, mafiyalar va qimorbozlar uchun odatda yig'in joyi bo'lgan. Aynan shundan so'ng ular bu atamani o'zlashtirishgan va keng tarqalishiga sabab bo'lgan. O'sha paytlarda bu atama unchalik ham yomon taasurot uyg'otmagan va oddiy xizmatchi, xizmatkor degan ma'nolarni bergan.


48. Miranda qoidasi

Miranda qoidasi AQSHda yuzaga kelgan yuridik norma bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi shaxsni so‘roq qilishdan oldin unga protsessual huquqlari tushuntirilishi kerak. Bu tamoyil 1966-yildagi AQSh Oliy sudi qaroridan kelib chiqadi. Miranda qoidasidan ko‘zlangan maqsad shaxsga o‘z-o‘ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqini (nemo tenetur se ipsum accusare) berish bo‘lgan.


49. Jamevyu (fr. jamais vu - “hech qachon ko‘rilmagan“) dejavyuga teskari holat bo‘lib, oldin ko‘rgan yoki bilgan biron kishini, joyni birinchi marta ko‘rib turgandek holatga tushish. Tadqiqodchilar fikriga ko‘ra, 97% odam hayotida bir marta bo‘lsa ham dejavyu holatiga tushadi. Jemavyu esa kamroq uchraydi.


50. Pleonazm (yunoncha "pleonasmos" — "ortiqcha") — qadimiy uslub atamasi boʻlib, oddiy ma'noni bildirish uchun zarur bo'lganidan ko'ra ko'proq so'zlardan foydalanishdir.

Masalan: “Odamlar! Mariya Godunova va uning o'g'li Teodor o'zlarini zahar bilan zaharladilar. Biz ularning o'lik jasadlarini ko'rdik" (A. S. Pushkin, "Boris Godunov"). Muallif tomonidan pleonazmni ataylab ishlatish nutqning tegishli segmentiga e'tibor berishga majbur qiladi.


51. Alibi (lotin tilida boshqa joyda) - ayblanuvchining jinoyat sodir etish vaqtida boshqa joyda bo'lishi. Bu ayblanuvchining aybsizligidan, uning obyektiv holatlarga ko‘ra jinoyatga aloqador emasligidan dalolat beruvchi faktdir.


52. Altruizm (lot.alter - boshqa, boshqalar) - boshqalar uchun beg'araz yordam berish bilan bog'liq faoliyatni anglatuvchi tushuncha. Yaʼni boshqalarning manfaatlarini oʻz manfaatlaridan ustun qoʻyish. Altruizm tushunchasini fanga fransuz faylasufi va sotsiologiya asoschisi Ogyust Kont kiritgan.


53. Pareidoliya - bu vizual illyuziya boʻlib, unda odamlar yuzlarni, yozuvlarni, odamlar va hayvonlarning shakllarini har xil joylarda - buyumlarda, bulutlarda, yulduzli osmonda, devor qogʻozidagi naqshlarda koʻrishadi.


54. Antropomorfizm - bu insoniy xususiyatlar, his-tuyg'ular yoki niyatlarning hayvonlarga va jonsiz narsalarga oʻtkazish.

(Asosat tasviriy san'atda..)


55. Personifikatsiya - bu inson shakli va xususiyatlarini millatlar, his-tuyg'ular, fasllar va ob-havo kabi mavhum tushunchalarga oʻtkazish.

(Asosan tasviriy san'at va adabiyotda)


56. Kondominium (lot.con birgalikda va dominium - egalik qilish) – biron obyekt yoki hududni bir nechta davlatlarning birgalikda boshqarishi.


57. Palliativ (fr. palliatif va lot. pallium – "parda", yunoncha "plash") – muammoni vaqtincha yengillashtiradigan, ammo hal qilmaydigan vosita yoki tanlov chorasi.


58. Evfemizm (yun.yumshoq ifodalash) — soʻzlovchiga aytish noqulay, nooʻrin yoki qoʻpol tuyulgan soʻz va iboralarning sinonimi sifatida paydo boʻlgan soʻzlar. Evfemizm salbiy voqelikni atashdan qochish, shunday voqelikning salbiy taʼsirini yumshatish uchun xizmat qilib, kishining axloqiy meʼyorlarga zid keladigan holatlarning yoki toʻgʻridan toʻgʻri aytish mumkin boʻlmagan maxfiy voqeliklarning salbiy taʼsirini kamaytirish, ularni yashirish uchun ishlatiladi.

Masalan: tugʻdi oʻrniga koʻzi yoridi.


59. Plutokratiya soʻzi yunoncha "ploutos"–boylik, "kratos"–hokimiyat soʻzlaridan olingan boʻlib, toʻgʻridan-to'g'ri yoki bilvosita boy odamlar tomonidan boshqariladigan hukumatni anglatadi. Plutokratiyaning bilvosita ko'rinishida mamlakatda faqat boylarga foyda keltiradigan qoidalar va dasturlar mavjud bo'ladi. Bu yerda boylar har doim ham davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etmasligi mumkin, lekin ular qonuniy va noqonuniy usullar orqali maʼmuriyat va qaror qabul qiluvchilarga taʼsir oʻtkazadi.


60. Mise en abyme (matryoshka prinsipi) - bu rekursiv badiiy uslub bo'lib bunda tush ichida tush, hikoya ichida hikoya, film ichidagi film yoki rasm ichida rasm tasvirlanadi. "Mise en abyme" gerb markazida geraldik elementni joylashtirish degan ma'noni anglatadi. Birinchi marta bu atama XX asr boshlarida yozuvchi Andre Gide tomonidan ishlatilgan.


61. "Qozon yetimi"

Yetim so'zi ota-onasidan judo bo'lgan bechora bolalarga nisbatan ishlatiladi. Frazeologizmda "Qozon yetimi" deb nomlangan tushuncha mavjud bo'lib, boy va hamma imkoniyati bo'la turib hayotidan shikoyat qilib o'zini kambag'al, bechora, nochor va xafa qilib ko'rsatadigan insonlarga nisbatan qo'llaniladi.


62. "Nyutonning alangali lazer qilichi" yoxud Alder ustarasi

Olimlar orasida mashhur bo'lgan "Okkam ustarasi" tamoyili shuni ko'rsatadiki, obyektlarni keraksiz ravishda ko'paytirmaslik kerak, ya'ni hodisani tushuntirishda, eng oddiy gipotezani tanlash kerak.


63. "Reinkarnatsiya"

Ruhlarning bir tanadan boshqa tanaga ko‘chishi ilm-fan tilida «reinkarnatsiya» deyiladi.

Bu atama o‘limdan so‘ng ruhning bir tanadan chiqib, boshqa bir jasadga ko‘chishi haqidagi asossiz nazariyaga nisbatan ishlatiladi. O‘tmishda g‘ayritabiiy hodisalarga aqli yetmagan johil kimsalar, aqidasi buzuq qavmlar ( buddaga sig‘inuvchi hindlar, hatto xristian diniga mansub bo‘lgan ba’zi bir kishilar) ana shunday tushunchada bo‘lishgan.


64. Babun

Afrika xalqi kaltafaxm va ahmoq kishilarni Babun deb atashgan. Bu atama Babuin nomli primat nomidan olingan.


65. "Buyuk London tutuni" yoxud "Tumanli Albion"

Britaniyaliklar ko'pincha o'z mamlakatlarini "Big smoke" ya'ni "katta tutun" deb atashadi. Bunga sabab esa Londonning asosan kuz va qishda oktabrdan fevralgacha tutun bilan qoplanishidir. Bu holat shaharda metallarning korroziyasini oshiradi hamda insonlarga juda xavfli ta'sir ko'rsatadi. "Smog" so'zi inglizchada tutun, tuman deb tarjima qilinadi. Bu atama birinchi bo'lib 1905-yil paydo bo'lgan. O'sha vaqtda doktor Genri Antuan de Vo "Tuman va tutun" maqolasini nashr etdi. Sanoat korxonalari, aholi uy mo'rilari tutuni va tuman qorishib London tutunini hosil qiladi.


66. "Enaga davlati"

Enaga davlati - bu hukumat yoki uning siyosati fuqaroni haddan ziyod himoyalagani yoki shaxsiy tanloviga noo'rin aralashayotgan degan qarashni anglatuvchi atama. Enaga davlati atamasi hukumatni "ena", fuqaroni "bola" tarbiyasi roliga o'xshatadi.


67. "Banan Respublikasi atamasi"

Banan respublikasi (ing. Banana republic, ispan. República bananera) — dastlab Lotin Amerikasining Gvatemala, Kosta-Rika, Gayana, Ekvador, Nikaragua, Gonduras, Surinam, Granada, Barbados, Venesuela, Peru, Boliviya, Kuba kabi rivojlanayotgan mamlakatlariga nisbatan qoʻllanilgan atama boʻlib, unda siyosiy beqarorlik va samarasiz qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga bogʻliqlik tufayli qoloq infratuzilma, qoloq taʼlim tizimi, qashshoq iqtisodiyot, xorijiy kapitalga kuchli qaramlik, nisbatan yuqori inflyatsiya, byudjet taqchilligi va milliy valyutaning qadrsizlanishi nazarda tutilgan.


68. Poligamiya - bu keng ma'noli biologik termin bo'lib, yunoncha "poli"-"ko'p" va "gamos"-"nikoh" so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Qisqacha qilib aytganda ko'p nikohlilik. Poligamiya inson, hayvon va o'simliklarda birdek uchraydi.


69. Tavtologiya bu bir so'zni takroran ortiqcha ishlatishni ifodalovchi termin. Tavtologiya (yun. "tautologia - aynan, o'sha so'z") bir fikrni yoki mazmunni boshqa so'zlar bilan takroran ortiqcha ishlatishdir.


70. Kox qorparchasi - matematikada fraktallar qonunini tushuntirish uchun ishlatiladigan termin. Fraktal bu - bir obyektning xuddi o'ziga o'xshash qismlardan tashkil topishidir. Masalan qor parchalarining hosil bo'lishi, daraxtlarning shoxlanishi yoki bronxlarning o'pka to'qimasiga kirib borishi fraktallar qonuni asosida shakllanadi.


71. Anaxronizm (grekcha "ἀνα" - "teskari" hamda "χρόνος" - "vaqt" ma'nosiga ega prefiks) — fan, adabiyot yoki kinoda tarixiy hodisalar, buyum yoki shaxslarni qasddan yoki adashish tufayli boshqa vaqt bilan bog'lashni ifodalovchi termin.


72. Otaku - biror narsani haddan tashqari yaxshi ko'radigan yoki u bilan doimiy mashg'ul bo'ladigan odam. Yaponiyada odatda anime yoki manga muxlislariga nisbatan ishlatiladi. Yapon tilidan so'zma so'z tarjima qilsak, "sizning uyingiz" degan ma'noni anglatadi.


73. Xabeas Korpus atamasi 1679-yil 26-may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun — "Xabeas Korpus Akt" atamasidan olingan.

Xabeas korpusni oddiy tushuntiradigan bo'lsak, unga ko'ra, qamoqqa olingan shaxs yoki uning nomidan boshqa bir fuqaro nima sababdan hibsga olinayotgani yoki qamoqqa olish to'g'risidagi hujjat bo'yicha sudga murojaat qilishi va hibsga olish yoki ushlab turishning qonuniyligini tekshirish uchun maxsus sud qarorini talab qilishi mumkin. Ya'ni gumonlanuvchi ma'lum sabab bilan hibsga olinganidan so'ng uni ushlab turishlari qonuniyligini talab qilish huquqiga ega bo'ladi. Sudning qarori bo'lmagan taqdirda shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin bo'lmaydi.


74. Friendly fire - bu askar yoki bo'linma tomonidan o'z qo'shinlari yoki ittifoqchining qo'shinlariga noto'g'ri o'q otish yoki hujum uchun harbiy atama.


75. Anton Pavlovich Chexov 1889-yil 1-noyabrda Aleksandr Lazarev Gruzinskiyga yozgan maktubida "Agar hech kim uni otish niyatida bo'lmasa, siz o'qlangan qurolni sahnaga qo'ya olmaysiz. Siz va'da bera olmaysiz" jumlalarini qoldirgan.

Ya'ni, tarixda keyingi voqealarda rol o'ynamaydigan tafsilotlar bo'lmasligi kerak degan mazmunni ilgari surgan.

Shundan "Chexov miltig'i" termini paydo bo'lgan. Bu dramatik prinsipning umumiy nomi bo'lib, unga ko'ra hikoyaning har bir elementi o'z rolini o'ynashi kerak va hech qanday ahamiyatsiz elementlar bo'lmasligi kerak. Ya'ni, eslatib o'tilgan narsa albatta ishlatishi kerak degan g'oya shakllangan.


76. Sizif mehnati

Shamollar xudosi Eolaning o'g'li Sizif qilmishlari sabab o'limidan so'ng xudolar tomonidan shunday jazolanganki, u doimiy ravishda tog' tepasiga ulkan toshni dumalab chiqishga majbur qilinadi, ammo u doimo oxirlab qolganida harsangtosh pastga dumalaydi. Sikl yana va yana takrorlanadi va hech qachon u cho'qqiga chiqolmaydi. Ushbu holat termin sifatida "Sizif mehnati" kabi shakllangan.

Hozirda mashaqqatli ammo ma'nosiz ishlar bilan shug'ullanish "Sizif mehnati" termini bilan ifodalanadi.


77. Preskevyu (fransuzcha "Presque vu" — "deyarli ko'rindi")

Ushbu fenomen o'zbek tilidagi "tilimning uchida turibdi" degan holatga mos keladigan vaziyatni ifodalash uchun ishlatiladi. Bunda yoddan chiqqan so'z hozir eslanadigandek xis paydo bo'ladi, ammo negadir eslay olinmaydi.


78. Nobel kasalligi

Ayrim "Nobel" mukofoti laureatlarining keyinchalik umuman g'alati va ilmiy asosga ega bo'lmagan masalalar yuzasidan chiqish qilishlari kuzatiladi.

Bu holatni ifodalovchi fenomen — "Nobel kasalligi" deb ataladi.

Laureatlarning o'zini bunday tutishiga sabab sifatida mukofot o'zlariga boshqa soha bo'yicha gapirish imkoniyatini beradi, deb hisoblay boshlashi keltiriladi.


79. «Chang qozon» - 1930-1936 yillarda AQSh va Kanada dashtlarida sodir bo'lgan bir qator halokatli chang bo'ronlari.

"Chang qozon" atamasi, 1935-yil 15-aprelda Associated Press muxbiri Robert Geyger tomonidan ilk bor ishlatilgan. Atama bo’ronlar vaqtida qamrab olingan, hududlar yig’indisiga nisbatan ham ishlatiladi.


80. “Vuducha o’lim” fenomeni yohud ruhiyatning taslim bo’lish hodisasi

Ushbu atama olim Valter Kannon tomonidan 1942-yilda aborigenlar jamiyati tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan. Buni psixosomatik o'lim deb ham atash mumkin — bemor qo'rqqanida, uning jismoniy holati ruhiyat oldida ojiz qoladi. Odatda, bunday hollarda, odam ta’qiqlangan ijtimoiy yoki diniy qonunlarni buzishi oqibatida, endi o’limga mahkum ekanligidan qo'rqadi.


81. GigaChad termini

Gigachad - Yuqori jismoniy holatga ega muvaffaqiyatli odamning yig’ilgan obrazi.

GigaChad - Chad ismli mavhum, jismonan va ruhan baquvvat kishini aks ettiruvchi, internet olamidagi mashhur memning prototipi hisoblanadi.

Avvaliga, internet olamida, intellektual salohiyatidan ko’ra, jismoniy salohiyati yuqoriroq bo’lgan insonlarni masxara qilish ma’nosida mashhur bo’lgan.


82. Mimikriya - fransuzcha “mimetisme” (inglizcha “mimicry”) taqlid, maskalash ma’nolarini bildirib, Genri Uolter Bates tomonidan zoologiyaga kiritilgan ibora hisoblanadi. Turli xil nasllar va oilalarga tegishli bo'lgan hayvonlar o'rtasidagi tashqi o'xshashlikning ba'zi bir maxsus holatlarini anglatadi. Tor ma'noda taqlid - bu evolyutsiya jarayonida, himoya sifatida rivojlangan ikki organizm turlari o'rtasidagi o'xshashlik. Keng ma'noda, xuddi shu atama ko'pincha hayvonlarning jonsiz narsalar bilan taqlid ranglanishi ham ifodalaydi. Termin shu ma’nolarda, boshqa sohalarda jargon sifatida keng qo’llaniladi.


83. “McJob” termini

“McJob” (“MakJob”) termini - insondan ortiqcha mahorat va qobiliyat talab qilmaydigan, uning kelajagi bilan bog’lanmaydigan va nisbatan past haq to’lanadigan ishni ifodalaydi.


84. Uchar golland

Afsonalarga ko‘ra, 1641 yilda golland kapitani Filipp Van der Dekken (yoki boshqa versiyalarga ko‘ra, Van Straaten) Ost-Indiyadan qaytayotgan edi va bortda yosh juftlik ham bor edi. Qiz kapitanga yoqib qoladi va yigitini o‘ldirib, qizni qo‘lini so‘raydi. Lekin qiz o‘zini dengizga tashlaydi. Shundan so‘ng, Kap yarim orolidagi burunni aylanib o‘tishda kema kuchli to‘fonga tushib qoladi. Irimchi matroslar orasida norozilik boshlanadi va shturman to‘fon o‘tib ketishini bironta ko‘rfazda kutib turishni taklif qiladi. Lekin kapitan shturmanni va yana bir qancha norozilik kayfiyatida bo‘lganlarni otib tashlaydi hamda kema burunni aylanib o‘tmaguncha, qancha vaqt yurishidan qat’iy nazar qirg‘oqqa hech kim chiqmasligini buyurib, qasam ichadi. Osmondan sado keladi : “Shunday bo‘ladi!“, kema qarg‘ishga uchraydi va hech qachon qirg‘oqqa chiqa olmaydi. Shundan so‘ng, kema dengizda sharpadek ekipajsiz yurgan va “Uchar golland“ (nem. der fliegende Hollander) nomini olgan. “Uchar golland“ni dengizda uchratishni yomon alomat deb hisoblashgan, ba’zilar esa neytral qarashgan.


85. Qora ot (inglizcha "Dark horse") - kutilmagan tarzda g'oliblikka da'vo qiluvchi nomzod bo'lib, uning g'olib bo'lishi haqida avval hech kim o'ylab ham ko'rmagan.


86. Domokl qilichi (lot.Damoclis gladius)-yunon afsonasiga ko'ra, sirakuzalik tiran Dionisiy o'zining favoritlaridan biri Domoklni taxtga bir kunga o'tirishini buyuradi.

Hukmdorning buyrug'i bilan u dabdabali kiyinadi, hushbo'y moylar bilan bezatiladi va tiranning o'rniga qo'yishadi.

Tadbir davomida Domokl to'satdan boshi uzra otning yoliga osilib turgan qilichni ko'radi, shunda Domokl barcha tiranlarni o'limi bilan tirikligini oddiygina yol ushlab turishini tushunib yetadi.


87. Frag

Vetnam urushi davomida "frag" atamasi paydo bo'lgan, bu so‘z o'z komandirini o'ldirish ma'nosida kelgan. Urush yakunlarida amerika jangchilari orasida juda g'aroyib ishlar bo'lib o'tadi, ya'ni askarlar ochiqdan-ochiq narkotik qabul qilib ustiga ustak o'z komandirlariga tashlanishgan.


88. TARDIS (Time and Relative Dimension In Space)

"Doktor Kim" teleserialidagi vaqt mashinasi va kosmik korabl vazifasini bajargan. U o'z passajirlarini har qanday nuqtaga olib bora oladi, biroq mexanizm buzilgach u tashqi ko'rinishidan politisiya budkasini eslatadigan holati qolgan holos. Uni ichi tashqi ko'rinishidan ancha katta.

Tardis serialda korabl, kapsula, ko'k korabl, ko'k budka va politsiya budkasi kabi nomlar bilan atalgan. Bu serial ommalashgan sari, undagi ob'ektlar salmog'i ham oshib borgan va Tardis atamasi xalq orasida ko'rinishi kichik, ichi esa katta buyumlarga nisbatan ishlatilinib kelingan.


89. Temir parda

Bilasizmi,«temir parda» atamasi Uinston Cherchill sabab keng tarqalgan. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Cherchill, 1946-yil 5-martda AQSHning Fulton shahrida so'zga chiqqan payti ushbu atamani qo'lladi va uni hozirda klassik bo'lgan ma'noda talqin etdi.

Temir parta — siyosiy atama bo'lib, u SSSR tomonidan ko'tarilgan va bir necha o'n yillar davomida sovet tuzumini va yana bir qancha sotsial davlatlarni boshqa g'arbiy kaptalistik mamlakatlardan ajratib turgan siyosiy va chegaraviy to'siqni anglatadi.


90. MVP

Eng qimmat o'yinchi (ingl. Most Valuable Player MVP) - bu biron bir jamoaning, liga, muayyan musobaqa yoki musobaqalar seriyasidagi eng foydali (yaxshi) o'yinchisiga beriladigan mukofot. Bu atama dastlab professional sportda qo‘llanilgan, ammo hozirda havaskor sportda, shuningdek, biznes, musiqa va video o‘yinlar kabi boshqa sohalarda ham keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu mukofotni Futboldagi "Oltin to'p"ni analogi sifatida qabul qilish mumkin.


91. Depesha (fr. Dépêche, dépêcher — shoshqaloqlik) – dastlab bu atama favqulodda vaziyatda kuryerdan yuborilgan shoshilinch xat, asosan diplomatik xatga nisbatan qoʻllanilgan. Shu sababdan Fransiyada tashqi aloqalarga ega boʻlgan Lyudovik XIV tomonidan tashkil etilgan muassasa "Depesha kengashi" deb atalgan.


92. Linch sudi

Aqshda XVIII asrda negrlar va oq tanli taraqqiyparvar kishilarni qonunsiz,sudsiz va tergovsiz vahshiyona jazolash usulidir.

XVIII asrdan buyon qo'llanilib kelgan "Linch Sudi" termini siyosiy raqiblarga qarshi shafqatsizlik bilan nom chiqargan Ch.Lancha nomi bilan bog'liq.XX asr o'rtalaridan oshkora sinfiy harakter tus olgan.Endilikda "Linch Sudi" "Ku-kluks-klan" va "J.Berch jamiyati" kabi ashaddiy ong fashistik tashkilotlar bilan birgalikda taraqqiyparvar arboblarning hayotiga ochiqdan-ochiq qasd qilmoqda!


93. Shisha shift

Merilin Loden tomonidan ilk marta 1978-yil ishlatilgan ushbu menedjment termini diskriminasiya oqibatida paydo bo‘luvchi va ayollarning yuqori pozisiyaga ega chiqishiga qarshilik qiluvchi ko‘rinmas devorni anglatadi.


94. ​​«Onna-bugeysya» yohud ayol samuraylar...

Bu termin ikki qismdan iborat: “onna” — «ayol» va “bugeysya” — «jang san'ati odami». Umuman olganda esa ayol-samuray terminini qo'llash to'g'ri hisoblanmaydi, chunki «samuray» maqomini faqatgina erkaklar olishi mumkin edi.Ayollar esa «onno bugeysya» deb atalgan.Ular ko'pgina hollarda erkak samuraylar bilan bir qatorda janglarda ishtirok etishgan. Lekin ulardan eng muhim janglarda ko'p narsa kutishmagan.


95. ​"Kinoplyonkali shift"

Bu metafora ayollarning ishga va Gollivudga qabul qilinishini rad etish ma'nosida ishlatiladi.

Bu termin "Shisha shift"ning bir ko'rinishi hisoblanadi, ya'ni ayollarni ierarxiyaning yuqori qatlamiga chiqishini to'sib turuvchi ko'rinmas barerdir. (Umuman olganda bu termin erkaklarga nisbatan ham bir xil ishlatiladi)


96. "Kichik gollandlar" (rus.Малые голландцы) — atamasi XVII asrda ijod qilgan gollandiyalik rassomlarning shartli nomi boʻlib, ular asosan kichik, puxta ishlangan kartinalar yaratishgan. Ular bir maktab boʻlmasa-da, Ularning ba'zilari umumiy xususiyatlarga ega: texnik aniqlik, kompozitsiyaning ravshanligi, detalning nozik nyuansirovkasi.


97. GOAT (echki emas..))

The G.O.A.T. (Greatest of all time) - ushbu qisqartma (abbreviatura) "Barcha davrlarning eng yaxshisi" degan ma'noni anglatadi. Shu bilan birga Goat so'zi ingliz tilidan echki deb tarjima qilinadi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum bir sportchiga echki emoji qo'yilganligi bu uning "kozyol"ligini emas aksincha o'z sohasining eng yaxshisi ekanligini ifodalaydi.


98. Pomidor usuli

Pomidor usuli 1980-yillarning oxirida Francesco Cirillo tomonidan ishlab chiqilgan vaqtni boshqarish usuli. Texnika vazifalarni "pomidorlar" deb ataladigan 25 daqiqalik davrlarga bo'lib bajarishdan iborat.

Aynan "Pomidor.." deb nomlanishiga taxminiy sabab sifatida pomidorning tez aynib qolishi misolida vazifani ham vaqtida bajarmasa samara kamayishini tushunish mumkin.


99. Potsifizm

Potsifizm – mutlaq tinchlik siyosati. Har qanday vaziyatda ham urush qilmaslik. Davlatning hatto yaqin sherikchilikka ega, yoki qo'shni davlati urushgan taqdirda ham o'zini neytral deb e'lon qilishi.


100. Sofist – ushbu atama dastlab o'ta aqilli, dono kishilarga nisbatan va keyinchalik mazax qilish, istexzo sifatida qo'llanilgan.

Sofistlar o'zlarini o'zlarining donoliglarini e'tirof etgan holda mantiqsiz fikrlarini ham turli yo'llar bilan to'g'ri ekanligini isbotlashga urunishadi..

Sofist atamasini hozirgi "motivator" so'ziga qiyoslash mumkin.



Ushbu maqola Samarqand Zakovat klubi a'zosi va "•Diamond ZK" telegramm kanali admini G'ANIYEV ISMOIL tomonidan fayyorlandi.

InshaAlloh manfaatli bo'lsin!


Manbaalar:

https://t.me/engengeng888

https://t.me/kundaleaks

https://t.me/triskelion_uz

https://t.me/nota_bene1

https://t.me/Googol_facts

https://t.me/kaleidoscope_uz

https://t.me/iHistorii

Report Page