🚩 TEKIN NARSANING QADRI YO'Q
@promax_esu#notes

Kecha Sport TV kanali direktori sobiq jurnalist Zohid Karimovning intervyusini o'qidim. Fikrlariga to'liq bo'lamasa aksariyat qismiga qo'shilishga majbur bo'ldim ....
Futbol chempionatlarini sotib olish huquqi ancha qimmat turishi, bu xarajat esa reklama hisobiga yopilishi barchamizga ma'lum. Reklama qiluvchilar yo'qmi demak, futbol ham yo'q. To'g'ri TV ham homiy topishda jonbozlik ko'rsatish kerakku dersiz, homiylar ham manfaat kam bo'lgan joyga reklama berishga qiziqmaydilar.

Oddiygina taymlar oralig'idagi reklamani ko'rish o'rniga muxlis boshqa kanalga o'tib ketishi yoki Telefoniga sho'ng'ishi bor gap. Bu vaziyatda Reklama beruvchiga hech qanday naf yo'qligini tushunadi hamda asosiy e'tiborini barcha doim kiradigan ijtimoiy tarmoqlarga reklama qilishga kirishadi, ham arzon ham kontent katta ham muntazamlilik mavjud .....
Bizda g'alati paradoks bor, barcha narsani tekinini xohlaymiz, tadbirkor sifatida 100% ishonch bilan ayta olamanki, tekin narsaning qadri bo'lmaydi va motivi ham.
Uzrku, shu o'rinda anchadan beri yozolmayotgan bir masalani aytib ketay, 3 yildan beri tashkil qilib kelayotgan "YOSHLAR GRANTI" loyihasini bu yil o'tkazmaslikka qaror qildik.
Avvalgi yillar ba'zi ustozlar bundan naf yo'q ekanligi, tekin bo'lganbilmning qadri bo'lmasligini asoslab berishsada, meni qaysarligim tufayli tashkil Loyihani tashkil qilar edik. Bu yil esa eng avvalo o'zim ba'zi prinsplarimga qarshi chiqishga majbur bo'ldim.
Bunga asosiy sabab: Bepul imkoniyatni puchka chiqargan, imkoniyat berilgan ko'plab yoshlarimizning RASVO NATIJALARI deb bilaman. Ularning yil davomida o'qitish bilan birga, natijasini ham katta umid bilan kutasan, lekin juda ko'pchiligining umri koridorda o'tdi, bizning ogohlatirishlarimizga parvo ham qilmadi. Ilmning qadriga yetishmadi (hamma ham emas albatta). Xohlaganda o'qidi, xohlaganda yo'q. Shu tufayli tekin imtiyozlar insonda yoki jamiyatda biror motiv bermasligini tushunib yetdim....
Ps : Balki xato fikrlagandurman, xo'sh sizlar qanday fikrdasizlar, BEPUL IMKONIYATLAR inson motivini o'ldiradimi yoki yo'q ?
©️Normatovsmind