TED Fellows Program: Kanadaga bepul sayohat va TED konferensiyasida nutq soʻzlash imkoniyati!

TED Fellows Program: Kanadaga bepul sayohat va TED konferensiyasida nutq soʻzlash imkoniyati!


Qayerda: Kanada

Kim uchun: Kamida 18 yosh boʻlgan barcha uchun

Ariza topshirish muhlati: 2021-yil 30-iyungacha

Asosiy maʼlumot

Har yili TED Fellows dasturi noodatiy, koʻp qirrali kishilarning yangi guruhini saralab oladi. Bu guruh Kanadaning Vankuver shahridagi konferensiyada yigʻilib, tinglovchilar bilan oʻz fikrlarini boʻlishadi.

Tashkilotchilar oʻz sohasida oʻsib borayotgan, original ish qilayotgan novatorlarni izlaydi. TED Fellows dasturi dunyoni oʻzgartirishga qodir gʻoyalar, fikrlar ustida ishlayotgan shaxslar – bajaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, kashfiyotchilar, advokatlar, kinorejissorlar va fotosuratchilar, musiqachi va rassmonlar, taʼlim sohasi vakillar, olimlar, tadbirkorlar, ijtimoiy yetakchilar, inson huquqlari yetakchilar va boshqa soha vakillarining oʻziga xos faoliyatini eʼtirof etadi.

Agar sizda ham dunyoni oʻzgartirishga qodir gʻoya boʻlsa, dasturga ariza topshiring.

Manfaatli jihatlar

Dastur tomonidan tanlangan ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 2022-yilning 7-15-aprel kunlari Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtadigan konferensiyaga taklif etiladi. Bunda borish va kelish, viza, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarakatlar dastur tomonidan qoplanadi.
  • Ishtirokchilar gʻoyalarini ifoda etishlari va kuchaytirishlari uchun yordam taklif qiladi.
  • Ishtirokchilarni omma oldida nutq soʻzlash va media trening, professional murabbiylik, taʼlimiy dasturlar va oʻz sohasidagi yetakchilarning global tarmogʻi bilan bogʻlanish imkoniyatini taqdim etadi.

Talablar

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Ariza topshirayotgan paytda kamida 18 yosh boʻlish lozim.
  • Dastur ingliz tilida olib boriladi, shu sababli ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim.
  • Konferensiyadagi qisqa nutqni shakllantirish uchun ishtirokchilar TED Fellows jamoasi bilan taxminan 10 soat (umumiy) video muloqot orqali suhbatlashish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ham virtual, ham shaxsan rivojlanayotgan va oʻzaro bogʻlangan global hamjamiyat faoliyatida ishtirok etish hamda unga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor boʻlishi kerak.
  • TED Fellows akademik dastur emas, shu sababli noanʼanaviy taʼlim olganlar ham ishtirok etishi mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni

Dasturga arizalar 2021-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinad. Avvalo, TED Fellows dasturi taʼminlaydigan yordan va ariza topshirish boʻyicha maslahatlar bilan tanishib chiqing.

Arizalar BU YERDA onlayn shaklda topshiriladi. Onlayn ariza shaklini bir qismini toʻldirib, keyinroq davomida davom etish imkoniyati mavjud emas. Shu sababali ariza shakliga kirib, yoziladigan javoblarni oldindan tayyorlab, keyin ariza shaklini toʻldiring.

Arizangiz ishingizni dastur tashkilotchilariga namoyish qilish vositasi hisoblanadi – ishingizning noyobligi va qanday taʼsirga ega ekanligini yozishingiz kerak. Bu umumiy auditoriyaga moʻljallab, arizani oʻquvchilar menning soham haqida hech narsa bilmaydi degan tasavvur bilan yozish kerak.

Ariza faqat ingliz tilida toʻldirilishi mumkin.

Qabul javoblari qabul tugaganidan 8 oy oʻtib eʼlon qilinadi. Dasturga qabul qilingan yoki qilinmaganidan qatʼi nazar, barcha arizachilarga qabul natijasi haqida xabar qiladin.

MUHIM: Dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan albatta tanishib chiqing.

Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar

Report Page