TAVSIYАNOMALAR TOPSHIRILDI
Kuni kecha IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondonligida harbiy xizmatchilarining farzandlariga respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalarni topshirishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Unda so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilib kelinayotgani, bu esa ularing xizmatiga berilayotgan munosib baho ekanligini ta'kidladi.
Shundan so'ng, ona Vatanimiz tinchlik-osoyishtaligi, ertangi kunimiz farovonligi uchun munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan va olgan tan-jarohati natijasida nogiron bo'lib qolganlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.
Padari buzrukvorimning yurtimiz himoyasi yo'lidagi mas'uliyatli xizmatlari evaziga ana shunday tavsiyanomaga ega bo'ldim, deydi kichik serjant Abduhamid Ollayorovning qizi Iroda Eshquvvatova. Shu boisdan ham men dadamni juda yaxshi ko'raman.
Mixli SAFAROV,
o'z muxbirimiz.