TASHQI REKLAMA VA YOZUVLARI DAVLAT TILIGA MOSLIK DARAJASI O'RGANILDI.

TASHQI REKLAMA VA YOZUVLARI DAVLAT TILIGA MOSLIK DARAJASI O'RGANILDI.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G‘ijduvon tuman bo'linmasi hamda G‘ijduvon tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Yo‘ldoshev bilan birgalikda grafik asosida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan yozuvlarni o‘rganib, ma'nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to'g'risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib borildi.  

Tadbirkorlarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi 2022- yil 7-iyundagi 776-sonli Qonunni va tashqi reklamalarni davlat tili qoidalari asosida tashkil etish talabnomasi berildi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablari tushuntirildi.  

O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi 2022 yil 7-iyundagi 776-sonli Qonunni mazmun mohiyati tushuntirilib peshlavhani almashtirish bo'yicha muddatlar belgilandi.

RMMM G‘ijduvon tuman bo‘linmasi


Report Page