TARIXIY XARITADAN TESTLAR!

TARIXIY XARITADAN TESTLAR!

Jalol BOLTAYEV

Abituriyentlar uchun! 2019-2020-o'quv yili kirish imtihonlariga tarix fanidan test savollari tarkibiga kiritilayotgan, tarixiy xarita bo’yicha tuziladigan test savollari bo’yicha na’munalar keltirilmoqda. 30 ta savoldan iborat testni (darslikdagi xaritalardan tuzilgan) ishlab ko'ring! 

javoblar keyinroq e'lon qilinadi!

TEST SAVOLLARI (test savollari t.f.d. Akbar Zamonov tomonidan tuzilgan)

1. Quyida keltirilgan hududlardan qaysi biri Tutmos II va Tutmos III hukmronligi davrida Misr podsholigi hududi tarkibiga kirmagan?

A) Asvon B) Quddus C) Kadesh D) Karxamish

2. XX asr boshlarida Kaspiyorti viloyatining Marvdan Kushkaga boruvchi temir yo’l tarmog’i qaysi shahar orqali o’tgan?

A) Mashhad  B) Tajan  C) Saraxs  D) Ashxobod

3. Miloddan avvalgi VII asr o’rtalarida Ossuriya davlati hududiga kirmagan shaharni aniqlang.

A) Kadesh B) Bobil C) Sidon D) Quddus

4. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida AQShning ta’siri kuchli bo’lgan Janubiy Amerika davlatlarini toping.

A) Braziliya, Peru, Chili  B) Boliviya, Venesuela

C) Peru, Argentina, Urugvay  D) Kolumbiya, Elvador

5. Quyidagilardan nechtasi Peloponnes yarimorolida joylashgan?

1) Olimpiya; 2) Fern; 3) Sparta; 4) Delf; 5) Agros; 6) Eretriya; 7) Pilos; 8) Marafon; 9) Messana; 10) Miken.

A) beshtasi B) oltitasi C) yettitasi D) sakkiztasi

6. Keltirilgan qadimgi yunon shaharlaridan qaysi biri orolda joylashmagan?

A) Itaka  B) Rodos C) Efes D) Knoss

7. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida talash bo’lgan hududlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Jizzax, O’ratepa B) O’ratepa, Shug’non

C) Kalif, Ko’lob    D) Toshkent, Xo’jand  

8. Keltirilgan hududlardan qaysi biri Ahamoniylar davlati tarkibiga kirmagan?

A) So’g’diyona B) Araxosiya C) Xorazm D) Pella

9. O’rta Osiyodan shimolda 1845-yilda asos solingan Rossiya imperiyasi qal’alarini toping.

A) Oqmola, Segriopol  B) Ulug’tog’, Orsk

C) Irgiz, Aktyubinsk   D) To’rg’ay, Irgiz

10. Miloddan avvalgi II asr boshlarida Yunon-Baqtriya quyidagi qaysi hududni o’z tarkibiga qamrab olmagan?

A) Marg’iyona Antioxiysi  B) Kavkaz Aleksandriyasi

C) Araxosiya Aleksandriyasi  D) Aleksandriya Esxata

11. Muqanna boshchiligidagi “Oq kiyimlilar” qo’g’olonining markazlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Marv, Termiz, Buxoro  B) Samarqand, Kesh, Buxoro

C) Kesh, Marv, Naxshab  D) Nishopur, Marv, Kesh

12. Buyuk Ipak yo’li quyidagi qaysi shahar hududidan o’tmagan?

A) Edessa shahri B) Salavkiya sahri

C) Chayan shahri D) Persepol shahri

13. Piza shahri qayerda joylashgan?

A) Korsika orolida  B) Apennin yarimorolida

C) Sardiniya orolida D) Peloponnes yarimorolida

14. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Guam oroli va Filippin qaysi davlat mustamlakasi bo’lgan?

A) Buyuk Britaniya B) AQSh C) Potrugaliya  D) Ispaniya

15. Qadimgi Mesopotamiya shaharlaridan qaysi biri Dajla daryosi havzasida (yaqinida) joylashmagan?

A) Ur  B) Uruk C) Lagash  D) Umma

16. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Janubiy-sharqiy Osiyodagi qaysi hudud Fransiya mustamlakasi bo’lgan?

A) Hindixitoy B) Birma C) Yangi Gveniya  D) Singapur

17. XIX asr oxirida Mahdiylar davlati sharqdan qaysi hududlar bilan chegaradosh edi?

A) Misr, Sudan, Habashiston B) Kongo, Ugandi, Nil daryosi

C) Qizil dengiz, Eritreya, Habashiston D) Nil daryosi va Misr

18. Miloddan avvalgi II mingyillikda Shan davlati hududi …

A) Xao va Loyan shaharlarini ham o’z ichiga olgan

B) Szi, ya’ni hozirgi Pekin shahridan ham iborat bo’lgan

C) Keyinchalik qurilgan Buyuk devorni ham o’z hududi orqali o’tkazgan

D) Yanszi daryosi irmoqlariga boy bo’lgan

19. 1898-yil Xitoyning Lyaodun viloyati qaysi davlat tomonidan ijaraga olingan?

A) Yaponiya B) Rossiya  C) AQSh D) Fransiya

20. 1899-1901-yillarda Ixetuan qo’zg’oloni bo’lgan tumanlarni to’g’ri belgilang.

A) Nankin, Xanchjou, Uchan  B) Lanchjou, Sian, Nankin

C) Pekin, Szinan, Shenyan  D) Fuchjou, Pinsuya, Pekin

21. 1895-yil may oyida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon uyushtirgan xitoyliklar qayerda respublika e’lon qildilar?

A) Pekinda B) Tayvan orolida C) Nankinda D) Xanchjouda

22. Milodiy asr boshlarida Gekatompil qaysi davlat poytaxti bo’lgan?

A) Xorazm davlati  B) Parfiya davlati

C) Kushon davlati  D) Yunon-Baqtriya davlati

23. Amir Temur davrida quruqlik orqali yuriladigan savdo yo’li Samarqanddan O’rtayer dengiziga qadar qaysi manzillardan o’tib borgan?

A) Chorjo’y – Balx – Nishopur – Iroq – Suriya 

B) Buxoro – Marv – Sabsavor – Eron – Iroq 

C) Kesh – Termiz – Jorjo’y – Marv – Sabzavor – Nishopur

D) Xiva – Chorjo’y – Urganch – Darband – Suriya  

24. Imomqulixon davrida Buxoro xonligi tarkibida bo’lgan hududlarni toping.

A) Andijon, Juzgu, Ko’lob, Kobul  B) Qashg’ar, Yorkent, Hirot

C) Sarxs, Marv, Hirot  D) Yorkent, Talas, Tajan, Saraxs

25. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligi va Buxoro amirligi o’rtasida talash bo’lgan hududlarni toping.

A) Marv, Maymana B) Jorjo’y, Marv

C) Qorako’l, Balx  D) Ashxobod, Nishopur 

26. 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko’ra, Turkiyadan tortib olingan Edirne va Izmir qaysi davlatga berildi?

A) Angliya B) Fransiya  C) Gretsiya D) Italiya

27. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga qaram bo’lgan Qozoq xonligi yerlari qaysi daryo bo’yida joylashgan edi?

A) Talas  B) Sarisuv  C) Chu  D) Sirdaryo

28. 1919-yildi Versal tinchlik shartnomasiga ko’ra, Germaniyadan qaysi hududning tortib olinishi natijasida Germaniyaning o’z chegarasiga tutash bo’lgan, Boltiq dengizi bo’yidagi hududi alohida ajralib qoldi?

A) Yuqori Seliziya  B) Sudet viloyati

C) Elzas va Lotaringiya  D) Belgiya

29. Ukraina shimoldan qaysi davlatlar bilan chegaradosh?

A) Rossiya, Belarus B) Polsha, Chexiya, Belarus

C) Belarus, Chexiya D) Slovakiya, Polsha, Belarus

30. Bugungi kunda qaysi davlat Janubiy Afrika Respublikasining hududida, ichida joylashgan?

A) Benin B) Togo C) Botsvana  D) Lesoto

kanalga a'zo bo'lish👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFIi70eBELU_78jUDA

@testlider - Maxsus testlar bizning kanalda!

Test manbasi: @tarixchilarga

DO'STLARINGIZGA TARQATING!

Report Page