“TARG’IBOT POYEZDI” Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida.

 “TARG’IBOT POYEZDI” Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida.

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Shahrisabz shahar adliya bo'limi xodimlari, Toshkent davlat yuridik universitetining “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori Sh.Haydarov boshchiligidagi 10 nafar iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Targ’ibot poyezdi” guruhi a’zolari va filial talabalari ishtirokida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” mavzusidagi  Konstitutsiyaning yangilangan tahririning mazmun-mohiyati bo'yicha targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Bundan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Tadbirni filial direktori professor Sh.A.Mutalov ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir so’ngida faol ishtirokchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.






Report Page