TARG‘IBOT ISHLARI JALAQADUQDA HAM O‘TKAZILDI

TARG‘IBOT ISHLARI JALAQADUQDA HAM O‘TKAZILDI


Is gazining kelib chiqishi va uning oqibatlari, gazdan oqilona foydalanish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari Jalaquduq tumanidagi aholi o‘rtasida ham olib borildi.

Dastlab “O‘roqchitepa” mahallasining hovli uylarida yashovchi aholi vakillari bilan uchrashildi. Hovli uylardaga mo‘rikonlar va dudbo‘ronlar sozligi, oshxonadagi vintilyasion kanallarning ishlash jarayoni haqida mutaxassislar iste'molchilarga tushuncha berdilar.

“..Gazdan kelishib, is gaz va uning oqibatlari haqida ma'lumot berishdi, - deydi mahalla fuqarosi Umidaxon Julatova. – To‘g‘risi, gaz, o‘tin va ko‘mirning chala yonishidan is gaz paydo bo‘lishi, uning oqibati esa o‘limgacha olib kelishi haqida ma'lumotga ega bo‘ldim. Bundan buyog‘i gazdan foydalanishda yanada ehtiyot bo‘lamiz..”

 “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining mutaxassislari hamda uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish chilangarlari tomonidan “Qadaqsin” MFY o‘ramidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlariga ham kirib mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, uylarning kirish eshiklariga, maktab va boshqa ijtimoiy sohaning ko‘rinarli joylariga maxsus targ‘ibot plakatlari yopishtirilmoqda. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page