TARG’IBOT DAVOM ETMOQDA

TARG’IBOT DAVOM ETMOQDA


Tabiiy gazdan zaharlanish bilan bogʻliq hodisalar asosan kuz - qish mavsumida roʻy berayotganligi sababli, ularning oldini olish maqsadida, aholi orasida doimiy targʻibot - tashviqot ishlari olib boriladi.

Shunday ekan, oʻzimiz va atrofimizdagilarni tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanish, ayniqsa qoʻl bola isitish moslamalaridan foydalanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar nohush oqibatlarga olib kelishidan ogoh boʻlaylik.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha quyidagilarni yana bir bor eslatib oʻtadi: 

• Gaz tarmoqlari va jihozlarini tekshiruvdan oʻtkazing;

• Xonada gaz hidini sezsangiz elektr asboblarini aslo yoqmang, yoqilgan boʻlsa oʻchirib qoʻymang, aksincha zudlik bilan eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating va darhol “104” qisqa raqamlariga qoʻngʻiroq qiling;

• Gaz jihozlari (gaz plita, isitish pechlari) ustida yuvilgan kiyimlarni quritmang;

• Bolalarni uyda yolgʻiz qoldirmang va ularni gaz jihozlaridan foydalanishiga yoʻl qoʻymang, (olov bilan oʻynash xavfli ekanini uqtirib boring.)

• Nosoz gaz jihozlarini oʻzboshimchalik bilan tuzatmang va ulardan foydalanmang;

• Gaz sizib chiqish holatida uni olov bilan tekshirmang;

• Bundan tashqari, gaz asboblariga rezina shlang va shunga oʻxshash qoʻlbola vositalarni ulash va ochiq gaz jihozlaridan xonani isitish maqsadida foydalanish qatʼiyan man etiladi.

Eʼtiborsizlik, loqaydlik natijasida gazdan zaharlanish fojiali oqibatlarga olib kelishi, gaz isitish asboblaridan notoʻgʻri foydalanish tufayli chiqqan yongʻin esa katta xavfga sabab boʻlishi hamda, jamiyatga moddiy zarar yetkazishi mumkin.

 

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Report Page