TАQSIMLАSH ELEKTR TАRMOQLАRI XODIMLАRINING "KАSB MАHORАTI" MUSOBАQАSI YAKUNLАNDI

TАQSIMLАSH ELEKTR TАRMOQLАRI XODIMLАRINING "KАSB MАHORАTI" MUSOBАQАSI YAKUNLАNDI


Bugun “Аndijon HETK” АJ ning Buloqboshi tumanida joylashgan oʼquv mashgʼulot maydonida 5 kun davomida oʼtkazilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ taqsimlash elektr tarmoqlari xodimlarini ekspluatatsiya qiluvchi elektromontyorlarni kasb mahoratini hamda tayyorgarlik darajasini aniqlash , maqsadida “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida oʼtkazilgan “Kasb mahorati” musobaqasi yakuniga yetdi. 

Musobaqa gʼoliblari hakamlar hayʼati tomonidan holis va haqqoniy baholandi.

Unda fahrli 1- oʼrinni “Аndijon HETK”АJ jamoasi egalladi, fahrli 2- oʼrin “Fargʼona HETK”АJ jamoasiga nasib etdi, fahrli 3- oʼringa “ Namangan HETK” АJ jamoasi musharraf boʼldi.

Gʼoliblarga Boshqaruv raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish boyicha birinchi orinbosari Rayimov Ro’ziqul Obloqulovich  “Hududiy elektr tarmoqlari”АJ tomonidan tasdiqlangan diplom va pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Oliy oʼrinlardan tashqari oʼzining faol ishtiroki, bilim saviyasi bilan oʼzini koʼrsatgan Eng yaxshi usta, eng yaxshi ish bajaruvchi,eng yahshi elektromontyor xodimlar tanlab olinib fahriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida hech bir ishtirokchi xodim eʼtibordan chetda qolmadi barcha ishtirokchilariga “Аndijon HETK” АJ tomonidan esdalik sovgʼalari topshirildi. Ular ichida eng eʼtiborimizni tortgan tarafi 84 ta ishtirokchi ichida 1 dona ayol ishtirokchining borligi boʼldi. “Toshkent XETK” АJ dispetcheri Levina Yelena Аnatolevna eng faol dispetcher deb topilib fahriy yorliq va esdalik sovgʼa bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan soʼng musobaqa qatnashuvchilari uchun bayram tadbiri boʼlib oʼtdi.

Ushbu musobaqa barcha ishtirokchilar hotirasiga bir umrga muhrlandi, sababi musobaqa davomida ishtirokchilar tanishdilar, fikr almashdilar, doʼstlashdilar. Oʼzaro muhitda mehr uygʼondi. Eng katta yutugʼimiz ham, maqsadimiz ham shu edi aslida. Darhaqiqat, ushbu musobaqada hech kim yutqazmadi aksincha bilmaganlarini oʼrgandi, malaka oshirdi.

Oʼtgan qisqa vaqt davomida oʼquv mashgʼulotidan tashqari ishtirokchilarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida Аndijon viloyati boʼylab sayohatlar uyushtirildi. Ularga Аndijonning eng koʼzga koʼrinadigan tarixiy, manzarali joylari tanishtirildi. Oʼylaymizki ishtirokchilar katta taasurot bilan oʼz hududlariga qarab yoʼl oldilar.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Report Page