🔰TAQDIMOT
⚡Joriy yilning 6-oktabr kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi faollar zalida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan chop etilgan "TALIS tadqiqoti", "TIMSS","PISA 2018 O‘qish savodxonligi qamrov doirasi","PIRLS 2021 tadqiqoti qamrov doirasi", "TIMSS 2023" nomli qo‘llanma va tavsiyanomalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


⚡Mazkur tadbirda Xalq ta’limi boshqarmasi ta'lim sifati monitoringi bo‘limi xodimlari va barcha tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari “Ta’lim sifati monitoringi bo‘limi” bosh inspektor metodistlari ishtirok etishdi.
⚡Taqdimot davomida qo‘llanmalar bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.




Shuningdek, qo‘llanmalar Toshkent viloyatidagi Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan 39 ta tayanch maktablarga tarqatildi.
🖋Toshkent viloyati XTB matbuot xizmati