TANLOVNI BOSHLADIK!
TANLOVNI BOSHLADIK!
Ekspertlarning fikricha, hikoyani yaratish va uni so‘zlab berish jarayonida bolalarda kitoblarga qiziqish uyg‘onar ekan. Kitobdagi illustrasiyalarni o‘qishni o‘rganish uchun esa bolalar illustrator sifatida o‘zini namoyon qilib ko‘rishlari kerak ekan.
"Kichik ijodkor" tanlovi Dinara Muminova muallifligidagi tanlov bo’lib, uning maqsadi:
1. Bolalarda kreativlik qobiliyatini uyg‘otish;
2. O‘zini fikrini namoyon qilishdan uyalmaslikni o‘rgatish;
3. Rasmga qarab hikoya to‘qib aytib berish qobiliyatiga asos solish;
4. Rasm bilan hikoya orasida bog‘liqlik yaratishni o‘rgatish.
Tanlovda qatnashish natijasida bolalarda storytelling(hikoya to‘qish va aytib berish) qobiliyatlari, rasmlarni noodatiy tarzda chizish orqali kreativlik qobiliyatlari shakllanadi.
📣📣📣Iltimos, shartlarni oxirigacha o'qing:
☝️Tanlov shartlari:
😍Qatnashuvchilar yoshi: 3-8 yoshdagi bolalar
Jarayon:
☝️1. Bola “Oq ayiq qayerda?” mavzusiga rasm chizadi.
☝️2. Rasmga qarab o‘z hikoyasini to‘qidi va uni telefon videosiga aytib beradi.
Video shartlari:
· davomiyligi 1 daqiqadan ortmasligi kerak
· bolaning tovushi yaxshi eshitilishi kerak
· bolaning yuzi va u chizgan rasm ravshan ko’rinishi kerak
☝️3. Yozilib olingan video 👉@kichik_ijodkor2023👈 (t.me/kichik_ijodkor2023) telegram kanaliga quyidagi ma’lumotlar bilan birga joylashtiriladi:
· Videodagi bolaning ismi familiyasi
· Yoshi
· Yashaydigan shahri/viloyati
Barcha talablarga to‘g‘ri kelgan videolargina tanlovda qatnashish uchun qabul qilinadi va Dinara Muminovaning Facebookdagi “Kichik ijodkor” 2023 tanlovi sahifasiga joylanadi.
‼️‼️‼️ Ushbu tanlov uchun video yuborayotganingizda uni Facebookda barcha uchun ko'rsatishimga ruxsat bergan bo'lasiz! ‼️‼️‼️
😍Muddatlar: Videolar 10 apreldan 10 mayga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblarni aniqlash:
1. Videolar tanlov hay’ati a‘zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi va finalchi 5 ta video 15 may kuni e’lon qilinadi.
2. Finalga chiqqan 5 ta videoga FB da 15-20 may kunlari ovoz beriladi. FBda eng ko’p “Like” yiqqan 3 ta video mualliflari mos ravishda 1🥇, 2🥈 va 3🥉chi o‘rinlarni egallaydilar.
3. G‘oliblar sovg‘alar, pul sertifikatlari va diplom bilan taqdirlanadilar.
Tanlov hay’at a’zolari: Dinara Muminova (bolalar adabiyoti yozuvchisi), Asilakhon Shadikhodjaeva (Illustrator-Janubiy Korea), Sayyora Iskanderova (bolalar psixologi) va 3-8 yosh oralig‘idagi bola. Har keyingi yildagi “Kichik ijodkor” tanlovida o‘tgan yildagi g‘olib bo‘lgan bola va uning onasi hay’at a’zosi sifatida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
😍Baholash mezonlari:
Ijod namunalari 3 mezon bo‘yicha baholanadi:
1. Kreativlik – 0 dan 10 ballgacha. Rasmga baho berilganida uning chiroyli chizilishiga yoki to‘g‘ri chiziqlariga emas, balki bola unga qanday izoh berayotganiga ahamiyat beriladi. Sariq dum-dumaloq quyosh rasmini chizib uni “quyosh” deb atagan boladan ko‘ra ko’k, nuqta yoki uchburchak chizib uni “quyosh” deb atagan bolaga ko‘proq ball qo’yilishi mumkin. Bolaning ijodiga ota-onalar aralashmagani ularning g‘olib bo‘lishiga ko‘proq imkon beradi.
2. Hikoya mazmuni – 0 dan 10 ballgacha. Mazmun bola tilidan bo‘lishi shart. Unda mantiq, chuqur ma‘no yoki syujet bo‘lishi shart emas. Hikoya birinchi navbatda bolaga qiziq bo‘lishi kerak. Uni aytayotganida u chindan ham bizga nimadur aytmoqchi bo‘layotgani sezilishi kerak.
3. Prezentasiya – 0 dan 10 ballgacha. Bola fikrini kamerani oldida namoyon qila olish qobiliyati. Xato bilan gapirishi muhim emas. Adashib yoki pauzalar qilishi muhim emas. Aytayotgan gaplari chuqur ma’noga ega bo‘lishi mutloq kerak emas. Muhimi bola tabiiy ravishda bizga chizgan rasmini haqida o‘z yoshi va tiliga yarasha so‘zlay olishidir.
Shuning uchun 3 yoshlik bolalar ham 8 yoshlik bolalar bilan bir xil mezonda baholanadi. Chunki bu yerda aql yoki bilim o‘lchanmaydi.
Har bir mezon bo‘yicha videoga hay’at a’zolari tomonidan ballar beriladi va ularning yig‘indisi orqali finalchi aniqlanadi.
Ushbu tanlovda qatnashishni o'zi bolaga hatto g‘oliblikdan ko‘ra ham foydali ekanligini unutmang!🥰📣