TANLOV SHARTLARI

TANLOV SHARTLARI

bolalarkontenti.uz

Tanlovga beriladigan materiallar quyida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq taqdim etilishi lozim:

a) loyihaning asosiy qahramonlari, syujet liniyasi, g‘oya va maqsadi aks etgan, davlat tilida, adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 format, 14 shrift, “Times New Roman”, 1,5 intervalda yozilgan kengaytirilgan sinopsisi;

b) loyiha suratga olinadigan joy, obyektlar, ijodiy guruh tarkibi va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab oluvchi taqdimotning audiovizual (slayd va boshqa tasvir vositalari) hamda albom shakli

v) loyihaning taxminiy xarajatlar smetasi.

Takliflar berish muddati tugagan paytda kamida ikkita loyiha qabul qilingan bo‘lsa, tanlov sharti bajarilgan, deb topiladi.

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Ekspertlar kengashi bir oy davomida loyihalarni ko‘rib chiqadi, baholaydi, g‘olib loyihani belgilaydi va yig‘ilish bayoni bilan rasmiylashtiradi.

G‘olib aniqlanmagan loyihalarga qayta tanlov e’lon qilinadi. 

Tanlov ishtirokchilari e’londa ko‘rsatilgan manzil va tartib asosida o‘z loyihalariga ariza va studiya haqida qisqacha ma’lumotni biriktirgan holda Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga taqdim qilishi lozim.

 Tanlov talabiga qat’iy amal qilinmagan, imloviy xatolari bor, mavzuga aloqasi bo‘lmagan, faqat internet va sun’iy intellekt ma’lumotlaridan ko‘chirilgan matnlar asosidagi loyihalar tanlovga qo‘yilmaydi.

Taqdim etilayotgan loyihalarda bolalarning ma’naviy va ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, insoniy qadriyatlarga zid, milliy mentalitetimiz va an’analarimizga, yosh toifasiga mos bo‘lmagan munosabatlar aks ettirilmasligi lozim.

Tanlov 2025-yilning 28-avgustidan 28-sentyabriga qadar davom etadi.

Markaz barcha ijodiy tashkilotlar va kino hamda animatsion studiyalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqiradi!

Izoh: taqdim etilgan loyihalarga taqriz berilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.


Report Page