TANISHING: YANGI CHEVROLET EQUINOX

TANISHING: YANGI CHEVROLET EQUINOX

https://uzautomotors.com/

Chevrolet Equinox 2022 avtomobilining eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir. 

Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter o'rniga kuchli quvvatli motor-generator o’rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi. Yangi gibrid tizimi aynan elektrmobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o'xshash gibrid bo'lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg'i samaradorligini oshirishni ta'minlaydi. Aynan ushbu tizim sababli yoqilg'i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun atigi 7,01 litrni tashkil qiladi.

Yangi gibrid tizim —Gibrid transportlar standart avtomobillarga nisbatan kamroq emissiyaga ega boʻlganligi sababli ekologik nuqtai nazardan to'g'ri yo'nalishdagi qadamdir.

Chevrolet Equinox MY2022 yangi modeli uchun shartnomani CHEVROLET ning rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga hamda call-center telefon raqamlariga murojaat qiling:

(+998) 78–141–77−77).


Chevrolet Equinox MY2022 (2022yil modeli)


- 1.5T LS FWD komplektatsiya: 250 732 510 soʻm;


- 2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya: 338 260 870 soʻm;


- 2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya: 365 217 391 soʻm;


- 2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya: 391 304 348 soʻm.

* Boshlang’ich 1.5T LS FWD komplektatsiyali avtomobilni sotib olish istagida bo’lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishlari mumkin. To’plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini ta’minlaydi.

Narxlar QQSsiz ko’rsatilgan.