TA’LIM YO‘LIDA jonkuyar EDI

TA’LIM YO‘LIDA jonkuyar EDI

Norboy JAPAQOV,

Umr – oqar daryoga mengzaladi. Bu, albat-ta, bejizga emas. Mazkur daryo oramizdan ko‘plab insonlarning ruhlarini olib ketayotganligi hech kimga sir emas.

Ular orasida butun umrini ta’lim sohasiga bag‘ishlagan fidoyi ustozlar ham borki, ushbu ustozlarni yod etish kishiga faxr va g‘urur tuyg‘usini baxshida etadi.

Ismatulla O‘razboyev 1957-yilda Samarqand viloya-tining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 963-1973-yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 1980-yili

Samarqand davlat universi-tetining Biologiya fakultetini shu soha ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini O‘zbe-kiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institutida laborantlikdan boshlab, katta laborant, kichik ilmiy xodim, sirtqi bo‘lim aspiranti sifatida davom ettirgan. 1987-yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan edi. 1988-yildan 1991-yilgacha Sirdaryo davlat pedagogika

instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Umumiy biologiya” kafedrasi o‘qituvchisi vazifa-sida ishlagan. 1991-yildan 1993-yilgacha GulDU “Bota-nika va qishloq xo‘jaligi asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1993-yildan 1994-yilgacha “Botanika va qishloq xo‘jaligi asoslari” kafedrasi mudiri, 1994-yildan 1996-yilgacha Tabiatshunoslik fakulteti dekani, 1999-yili “Qishloq xo‘jaligi asoslari” kafedrasi mudiri, 1999-yildan 2010-yilgacha “Qishloq xo‘jaligi asoslari va geografiya” kafedrasi mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.

2002-yildan 2009-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Sirdaryo viloyati bo‘yicha vakili, 2009-2010-yillarda GulDU Tabiatshunoslik fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti, 2010-2014-yillarda Tabiatshunoslik fakulteti ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, 2011-yili Tabiatshunoslik fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti, 2011-2013-yillari Tuproqshunoslik va

agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti katta ilmiy xodim stajyor-tadqiqotchisi, 2013-2018-yillarda GulDU “Tuproqshunoslik” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat

olib borgan. 2017-yili Tuproq-shunoslik ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2018-2019-yillarda Guliston

davlat universiteti “Tuproq-shunoslik” kafedrasi mudiri,

2019-yildan 2023-yilgacha “Tuproqshunoslik” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Ismatilla O‘razboyev qayerda, qaysi lavozimda ishlamasin o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashar, o‘ziga, qo‘l ostidagi xodimlarga o‘ta talabchan tajri-bali rahbar, mehribon ustoz edi.

I.O‘razboyev universitetning rejali va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, yoshlarni tarbiyalashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun 2000-yili hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlangan.

Ismatulla o‘ta madaniyatli, bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy

ziyoli edi. Shu sababli hamkasb-lar ham, talabalar ham bu insonga hurmat va ehtirom ko‘rsatishar, ehtirom bilan munosabatda bo‘lishardi.

Ilm-fan fidoiysi, zukko olim,

mehribon ustoz Ismatulla O‘razboyevni beshafqat o‘lim oramizdan olib ketdi. Uning yuzlab yaqin do‘stlari, shogirdlari, izdoshlari yuksak hurmat va ehtirom bilan xotirlashadi.

Norboy JAPAQOV,

GulDU dotsenti,

texnika fanlari nomzodi

Report Page