“TALANTLAR SHOU” mega loyihasi

“TALANTLAR SHOU” mega loyihasi

Bafoyev Bekzod

“TALANTLAR SHOU”si quyidagi 2 yo’nalishda 2 kun mobaynida tashkil etiladi:

Qo’shiqchilik san’ati (An’anaviy xonandalik: Vokal, zamonaviy qo’shiqchilik: Estrada) – bunda ishtirokchi(lar) individual yoki duet tarzda sahnada jonli ijroda ijod namunasini namoyish etishi kerak bo’ladi.

Aktyorlik mahorati ( bunda ishtirokchi o’zi xohlagan asardan rol ijro etishi mumkin bo’ladi) - bunda ishtirokchi(lar) individual yoki jamoaviy tarzda biron asardan parcha ijro etishi kerak bo’ladi va asosiy qatnashadigan aktyor bosh rolda bo’lishi lozim.


“TALANTLAR SHOU”siga qatnashish qonun-qoidalari:

1. Har bir ijod na’munasi 5 daqiqadan oshmasligi lozim.

2. Har bir ijod namunasining saviyali va mukammal holda chiqishiga ishtirokchining o’zi javobgardir.

3. Har bir ishtirokchi faqatgina bitta ijod namunasini olib chiqish huquqiga ega.

4. Har bir ishtirokchi o’ziga kerakli bo’lgan musiqiy asbob, vositalar va rekvizitlarni o’zi bilan olib kelishi lozim bo’ladi.

Rag’batlantirish: Ijod na’munalari BuxDU faollar zalida ko’rib chiqilib, hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi va har bir yo’nalish bo’yicha 1-, 2-, 3-o’rinni olgan ishtirokchilar universitet tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishadi.




Murojaat uchun: +998907104622

Telegram profil: @Ruslan_Asliddinovich

Telegram kanal: @BDU_yoshlar_ittifoqi

Report Page