TALABALAR TURAR JOYIDAGI TALABA-QIZLAR – DOIM E’TIBORDA

TALABALAR TURAR JOYIDAGI TALABA-QIZLAR – DOIM E’TIBORDA

BuxDU Yoshlar ittifoqi yangiliklari

Bu foniy dunyoda har bir ota-ona o’zidan ezgu nom qoldirish maqsadida farzandlariga yaxshi ta’lim-tarbiya berishga harakat qiladi. Kelgusida farzandlari el-yurt xizmatiga kamarbasta insonlar bo’lib tarbiyalansa ularning baxti oilada, ayniqsa, qiz bola o’zining odobi, yurish-turish munosabati bilan boshqalardan alohida ajralib turadi.

Qiz bola tarbiyasi o’ta nozik tarbiyadir. 

Keyingi paytlarda qizlar tarbiyasida nuqsonlar uchrab turibdiki, bularni bartaraf etish ota-onalar zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda.

Shu kabi holatlar yuzasidan suhbatlashish maqsadida, BuxDU Yoshlar ittifoqi tomonidan TTJ da yashovchi bir guruh talaba-qizlar ishtirokida 29-oktabr sanasida "Talabalar turar joyidagi qizlar- doim e'tiborda" mavzusi ostida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

Jarayondan fotolavhalar
Jarayondan fotolavhalar

Suhbatdan ko'zlangan maqsad- TTJ tartib-qoidalari, talaba- yoshlarning axloq normalari, ayniqsa kuni kecha barchamizni larzaga solgan Toshkent davlat Pedagogika universitetidagi holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish edi.

Jarayondan fotolavhalar
Jarayondan fotolavhalar
Jarayondan fotolavhalar

Kelgusida qizlar bo’lajak ona, ardoqli uy bekasi bo’ladilar. Biz qizlarimizga hayotning past-balandini, turmush qiyinchiligini yengib o’tishlarini uqtirib o’tishimiz shart. 

Zero, "Qiz bola odobi bilan go'zal!"

Suhbat davomida yig'ilganlarga BuxDU Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan "Jasorat klubi" a'zolari va ularning faoliyati nimadan iborat ekanligi, agarda biror noxush holatlar kuzatilgudek bo'lsa, klubning mas'ul a'zolariga murojaat qilishlari mumkinligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Qiz bolaning sha’ni... Bu haqda juda ko‘p va har so‘ziga alohida urg‘u, alohida salmoq berib gapiriladi. Insoniy fazilatlar, ma’naviy qadriyatlar haqida so‘z ketsa, ayni shular qiz bolada eng oliy darajada bo‘lishi talab qilinadi. Axir u qiz bola-da.


•BuxDU Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati






Report Page