1-KURS TALABALARIGA TAVSIYALAR

1-KURS TALABALARIGA TAVSIYALAR

Rakhmatovs_1


📊📈📉TAVSIYA KANALLAR JAMLANMASI(tibbiyotga endigina kirib kelayotgan qadrdonlarimiz uchun).

▪️Medical Leaders' Club

▪️TIB🌏sfera

▪️Anatomy [MLC]

▪️Latin [MLC]

▪️Physiology [MLC]

▪️Histology [MLC]

▪️Mediators team

▪️Revolution

▪️Dr. Backward/M_akhtam

▪️Anatomy standard


Assalomu alaykum qadrli dõstlar! Anchadan buyon oddiygina 2-bosqichga õtgan tibbiyot talabasi sifatida endigina Tibbiyot oliygohiga qadam qõygan(qõyajak) uka-singillarmiz bilan õz taassuratlarim, tavsiyalarimni bõlishmoqchi bõlib yurardim😊, bugunga nasib qilgan ekan.


Tibbiyot keng qamrovli va mashaqqatli soha. Guvoh bõlamizki kõpchilik abituriyentlar: "Men qiynalib 3 yil(õrtacha) repetitorga qatnadim, õyin kulguni bilmay, erta-yu kech tinimsiz õqidim, hayotdagi eng katta maqsadim yõlida jonimni fido qilib, ota-onam orzusini amalga oshirib, Tibbiyot oliygohi talabasi bõldim. Endi bir yil davomida mazza qilib dam olaman😅, hech qanday kitob õqimayman" - deyishadi, ya'ni eyfariya holatida yurishadi😟.


Ha demay sentabrning ilk kunlari, õquv yili ham boshlanadi. Siz oliygohga birinchi qadamingizni qõyishingizdanoq institutning ta'miriy ta'minoti-yu, partalar, stol-stullar holatini kõrib qandaydur kayfiyatingiz uchib, motivatsiyangiz sõnishi mumkin🤔🙁. Shunda õzingizga savol bering🤨, siz institutga õqishga, el-yurtimiz, jamiyatimiz, ummatimizga nafi tegadigan kadr bõlish uchun kirdingizmi, yoki yaxshi zamonaviy sharoit talab qilibmi?!


📌Siz xohlagan tõkis sharoit hech qachon bõlmaydi!

Maqsadni tõg'ri qõying va ilm yõlida shahdam qadam qõyib odimlang. Bu juda ham kichik muammo, bunga kõp tõxtalib õtirmaymiz! Ushbu postlarni erinmasdan õqib chiqishingizni judayam xohlardik.


Xõsh! Institutga qadam qõydik, keyinchi? Birinchi semestrda 10 dan ziyod fanlar tematikaga kiritilgan bõladi, lekin ulardan atigi ikkitagina(anatomiya va lotin tili) fan sizning malakali tibbiyot xodimi, "Millat Umidi" bõlishingiz uchun kerakli! Qolgan fanlarchi desangiz🤔, qolgan bironta fan sizning vaqtingizni ajratishingizga arzimaydi, bir sõz bilan aytganda ahamiyatsiz va keraksiz! (Slshu õrinda ushbu maqolaga e'tiboringizni qaratsangiz👉https://t.me/tibosfera/650).

Tasavvur qilishingiz oson bõlishi uchun bir faraz qilaylik, siz 11 yil davomida maktabda õqisangiz, oxirgi 4-5 yillikda õz kasbingiz, yõnalishizdan ketishingizni hisobga oladigan bõlsak, sizga atigi 2ta asosiy fanlaringiz(kimyo, biologiya+ qõshimcha majburiy fanlar ham) kerak xolos. Institutda ham xuddi shu ahvol. Masalaning ikkinchi tomoniga qaraydigan bõlsak, maktabdagi shu kerakli fanlaringizdan bilimni õqituvchilaringizdan a'lo sifatda, ya'niki institutga kira oladigan darajada ololmaganingiz(yoki õqituvchilarning bilimi shunga yetmagani🤫😶) kabi, institutdan ham yuqorida aytganimiz 2 fanimiz - Anatomiya & Lotin tilidan ham malakali shifokor bõlishingiz uchun kerakli bilimni siz institut domlalaridan ola olmaysiz. Ha, ishonasizmi, yõqmi, bu asli haqiqat! Repetitordagi fidokor, jonkuyar domlalaringizni siz endi hech qayerdan topa olmaysiz😓.

Õzimdan kelib chiqib aytadigan bõlsam, men institutga qadam qõyganimda yonimda akam bor edilar😊, akam shu institutda 4-bosqich talabasi edilar, ya'ni aytmoqchimanki menga dastlabki qadamimdanoq tõg'ri yõl-yõriq kõrsatadigan akam borliklari uchun bugun bu qadar bilimlarga egadirman😊, Allohga shukur! Lekin barchaning ham aka-opasi, tanishlari tibbiyot oliygohi talabasi yoki hodimi bõlmasligi mumkin. Shu sabab ham maslahatlarimizga quloq tutishingizni, institutingizdagi ba'zi bir vaqtini, umrini shunday bekorchilik bilan zoye õtkazgan, sizni ham õz domiga tortadigan, fundamental fanlarni õqib nima qilasan, praktika qilsang bõldi, hayotdan zavqlanmaysanmi, hayot faqat õqishdan iborat emas deydigan turfa kimsalarning sõzlariga quloq tutmasligingizni iltimos qilardik!


📌Tõg'ri, hayot faqat õqishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib õta olmasangiz, nimaga ham qodir bõlardingiz! Ilmni fursat borida õrganish kerak, ilm kerak bõlganda fursat bõlmay qolishi mumkin!

Eng avvalo siz atrofingizda yaxshi muhit yaratishingiz kerak.

"4 ta aqlli bilan yursang, 5-si sen bo'lasan. 4 ta tentak bilan yursang, 5-si sen bo'lasan" degan naql bor.

📌Imkon qadar õzbek adabiyotlarini õqimasligingizni tavsiya qilamiz. Nega desangiz bu adabiyotlar talabalar uchun yozilmagan😠, balki shunchaki sõzma-sõz tarjima qilingan😏!

📌Til bilmasangizchi😟(menga õxshab😜). Buning ham yechimi bor😊. Qanday deysizmi? Yuqorida bir necha kanallar rõyxatini sizga tavsiya qilgandik. Siz ushbu kanallarning chet el sara durdonalaridan tarjima qilingan qõllanma, konspekt, audiolardan foydalangan holatda bemalol fanni yaxshi õzlashtirishingiz mumkin.


Masalan men hurmat qilgan inson, ustozim Elyorbek Tõraboyevning ushbu konspekt, audio hamda prezentatsiya materiallari orqali bir semestrlik anatomiya kursini bemalol tõliq, puxta, chet eldagi tengdoshlaringizdan kam bõlmagan holatda õrganishingiz mumkin🙃.

📌Va eng eng eng katta tavsiyam @MLCofASMI discusslariga qoldirmasdan qatnashing😊. Bu yerda MLC discusslari haqida batafsil ma'lumotga ega bõlishingiz mumkin👉

https://t.me/MLCofASMI/1153


Institutga qadam qõygan kunimdanoq akamning tavsiyalari bilan MLC discusslariga qatnashishni boshlagandim va õshandan buyon qator fundamental fanlardan imkon qadar diskuslarni qoldirmay qatnashib kelaman. Har bir diskus uchun akalarimiz😊, opalarimiz bir necha chet el adabiyotlaridan ma'lumotlarni saralab, tartiblab, bir qõllanma kõrinishiga keltirishadi, bizdan talab qilinadigan narsa aka-opalarimiz haqlariga duo qilib, faqatma-faqat õqish!


Institutda õqish davomida judayam kõp guvoh bõlganmanki, aksariyat talabalar faqatma-faqat baho uchun õqishadi😒, bugun õqigan mavzularini ertaga qayta õqigilari kelmaydi. Afsuski bunday talabalar judayam kõpchilikni tashkil etishadi. Chunki institutda ham talab shunga yarasha😏. Qõpol qilib aytgancha institut domlalarining "asosiy maqsadi" malakali kadr, "Millat Umidi" tarbiyalash emas, balki vaqtingizni quruq kõkka sovurib, institut kelib, ketib oylik olish! Bu gapim tõlaqonli barcha ustozlarga tegishli emas albatta, yaxshi, jonkuyar, ta'limning bank modelida ishlamaydigan õqituvchilar ham topilib qoladi.


Siz õqiydigan guruhda ustoz uchun õqimaydigan, chin dildan õqiydigan talabalar kôpi bilan 4, 5ta bõlishi mumkin. Lekin MLC discuss guruhlaridagi barcha talabalar ilmga chanqoq, haqiqiy tibbiyot yôlida shahdam qadam tashlayotgan, intilishdagi saralanib boradigan talabalardir😊🔥. Siz bunday muhitni hech qayerdan, na õz guruhingiz, na õz institutingizdan topa olasiz, maslahatim bunday imkoniyatni qõldan boy bermang, discusslarga qoldirmay qatnashing, õz ustingizda tinimsiz izlang, shundagina siz tibbiyotni, tibbiyot sizni tanlaydi.

Agarda siz ADTI talabasi bõlsangiz, siz juda ham baxtli talaba ekansiz🤩, biz sizga havas qilamiz! Sababi ADTI da offline formatda(bepul, beminnat) MLC leksiyalari olib boriladi. Leksiyalar yuqori kurs, turli chet tillarini puxta biladigan, qator olimpiadalar sovrindori bõlgan akalarimiz tomonlaridan chet el sara manbalaridan foydalanilgan holda õzbek tilida tashkil etiladi va biz kabi boshqa institut talabalari esa bu manbalardan yuqorida aytganimizdek online kõrinishda foydalanib, diskuslarda qatnashamiz!


📌Anatomiyadan haftada 1marta dars bõladigan bõlsa siz darsga 1 kun qolganda, yoki 1 tanaffus oldin😏 mavzuni õqimang! Bunday bilim manfaatli bõlmaydi, siz mavzuni shunday õqingki, qanchadir vaqt õtgandan sõng ham mavzuni unutmang, shunda kerak bõlgan paytda bir takrorlab olishingiz orqali mavzuni darrov eslab olishingiz mumkin. Nega takrorlarkanman deyishingiz mumkin😅, sababi tibbiyot umumiy, ya'ni tibbiy funtamental fanlar bir-biriga chambarchas bog'liq. Kõpchilik aytadi, men klinikaga, patologiyaga(kasalliklarga) qiziqaman, bularni õqiganim bilan amaliyotga tadbiq etilmaydi, õynab-kulib, hamma fanlarni yolg'ondan õqib, hamma fanimni 5 qilib, nomdor stipendiyalar olib yursam, vaqti kelganda biror payt praktika qilsam, shu ham yetadi😏. Yõq, aslo unday emas. Tibbiyot siz õylaganingizdek õyinchoq emas.


Tibbiy fundamental fanlarni(Anatomiya, Fiziologiya, Gistologiya, Patologiya, Mikrobiologiya, Biokimyo, Farmakologiya) puxta õzlashtirmay turib, malakali shifokor bõla olmaysiz. Shu õrinda ushbu maqolani õqishingizni chin dildan istardik, institutga kirganimda shu maqolani õqiganim uchundir balki bugun atrofdagilarimdan dunyoqarashim farqli, õtkinchi narsalar, õyin-kulgularga berilmayman👉https://t.me/tibosfera/643


Anatomiya fanini qanday qilib samarali, unumli õqish haqida ushbu postni õqib chiqishingizni istardik👉https://t.me/tibosfera/779

📌Maslahatim kerakli ya'ni fundamental fanlardan bõlak hech qanday fanlarga vaqt ajratmang. Shundog'am fundamental fanlarni halol-pokiza õzlashtiraman desangiz ularga vaqt yetmaydi😄🧐. Tõg'ri, dastlab qõrquv bõlishi mumkin, õqituvchilar qandaydir bir keraksiz konspekt-u albomlar talab qilishi, vaqtingiz befoyda narsalarga yõnaltirishi mumkin. Lekin irodali bõling, bularga parvo qilmang, aslo qõrqmang, olasiz õsha tõrtingizni😄. Men hatto ba'zi bir fanlardan daftar ham ochmagandim, konspekt ham yozmasdim. Bitta shiorim bor edi: "Tõg'ri yõlda bõlsangiz Allohning õzi qõllab quvvatlaydi". Masalan hayotda bõlgan voqea, ertangi kungi kim qayerdagi keraksiz fan- tarix imtihoniga tayyorlanguncha discussga tayyorlanishni afzal kõrib, kursdoshlarim qatori imtihonga tayyorlanmagan bõlsamda, sessiyadan 4 baho olib chiqqandim(juda kõpchilik 3 olgandi😜). Agar kontaktga õqishga kirgan bõlsangiz, buning ham juda katta foydali tomoni bor, qancha yomon baho olsangizda stipendiyangizga ta'sir qilmaydi. Bu imkoniyatdan foydalaning, mazza qilib bor vaqtingizni fundamental fanlarga bag'ishlang.

📌Qancha kõp tibbiy kanallarga qõshilsam, tibbiyotga shuncha yaqin bõlaman, tibbiyotni zõr õrganaman deb õylamang😅. Birinchi kurs uchun yuqorida keltirgan tavsiya kanallarimiz yetadi va shu kanallarda ham yana kõplab yaxshi, foydali kanallar tavsiya qilinishi mumkin. Kõplab kanallarning maqsadi rostini aytadigan bõlsak bilim ulashish emas, aksincha obunachi yig'ishdir va buning ortidan turli xil reklamalar orqali pul ishlash🤨. Biz tavsiya qilgan kanallarda bõlsa hech qanday reklamalar berilmaydi☺️, faqatgina tavsiyalar beriladi va kunda boshqa kanallar kabi xabarlar tashlanaverilmaydi.


📌Yana bir eng asosiy tavsiyamiz, birinchi kursda, ayniqsa birinchi semestrda õrganadigan fundamental faningiz kam bôladi, shu fursatdan foydalanib biror chet tilini õrganib oling, hech bõlmaganda kitob õqiy oladigan darajada, tibbiyotimiz rivoji uchun qayg'uradigan oddiygina talaba sifatida sizdan buni ham iltimos qilardim, ham talab qilardim. Tibbiyotni chet tilisiz tasavvur qilish õta imkonsiz!

Ushbu maqolani õqib chiqishingizni juda istardik, ishoning ajratgan vaqtingizga rozi bõlasiz👉https://t.me/Revolution_RMT/554

(aytgancha bu kanal ham ADTI talabalari tomonidan ochilgan 😉)

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Rahmatova Dilorom.


P.s: Manfaatli bõladi degan umiddamiz, yuqoridagi fikrlar shunchaki bir oddiygina tibbiyot oliygohi talabasining ojizona dunyoqarashlari! Xato va kamchiliklar bõlsa uzr sõraymiz!

🌟Maqola orasida linki berib õtilgan maqolalarni ham erinmasdan õqib chiqishingizni chin dildan istardik, In Shaa Alloh ajratgan vaqtingizga rozi bõlasiz degan umiddamiz! Foydali bõlsa dõstlaringizga ham ulashishni unutmang, zero kõpchilikning dunyoqarashida muhim sahifalar yaratsak biz uchun bundan katta baxt yõq!


Kanalimizga ulaning: @Rakhmatovs_1


RAKHMATOVS - Tasavvuringiz chegarasidan kengroq imkoniyatlar!!!

Report Page