T A B R I K N O M A

T A B R I K N O M A

@samhudud08

Yakuniga yetgan test sinovlarida yetarli ballarni to‘plagan holda talaba bo‘lish baxtiga erishgan abituriyent yoshlar hamda hurmatli ota-onalar!

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar abituriyentlar o‘qish istagini bildirib ariza topshirganligi, test sinovlari natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 37 718 taga oshganligining o‘zi ham mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e‘tiborning yana bir yaqqol misolidir.

Yurtimiz ertalari bo‘lgan aziz yoshlar!

Sizlarni va Siz orqali barcha oila a’zolaringizni erishgan yuqori natijangiz bilan samimiy qutlaymiz. Ushbu muvaffaqiyat zamirida puxta egallangan bilim va tinimsiz harakat yotganligini his etmoqdamiz.

Shu o‘rinda, talaba bo‘lish baxti joriy yilda nasib qilmagan yoshlarimizdan, o‘z ustingizda yanada ishlashingizni, bilim cho‘qqilarini mukammal egallashingizni va buning samarasi o‘laroq albatta kelgusida o‘zingiz orzu qilgan oliy ta’lim muassasasining talabasi bo‘lishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz!

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizning ta’lim olishi, jamiyatimizda munosib o‘rin egallashi uchun qilgan say-harakatlaringiz o‘z samarasini berganligi rost. O‘g‘il-qizlaringiz g‘alabasidan doimo quvonib yurish baxti Sizlarni tark etmasin! 

Aziz Yoshlar, barchangizga jonajon O‘zbekistonimizning nurli istiqboli yo‘lidagi xizmatlaringizda kuch-quvvat, kelgusidagi o‘qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilab qolamiz!

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi

Kanalga ulaning:@samhudud08

Report Page