Svoyak navbatchilik

Svoyak navbatchilik

Jahongir Yuldashev

1-Gurux mavzulari:

1-Real or fake

2-kimningdur nimasi

3-Morislar

1-mavzu Real or Fake

10. Savolni Ma'rufxo'ja Xo'jaqulov beradi.

2018-yilda chiqqan horror film, film voqealari bolalarning savol-javob o'ynashidan so'ng boshlanadigan galyutsinatsiya bilan bog'liq bo'lib bolalar haqiqatni aytishga yoki boshqa tanlov qilishga majbur qilinadi.

S: film nomi

J: Haqiqat yoki jasorati

20. Tomografiya miyadagi qo'shimcha energiya sarfini aniqlay olishi sababli YOD sifatida foydalanish mumkin. YOD ixrirochilari qiynoqlar va kaltaklashni foydasiz deb hisoblashgan.

S: YOD bn almashgan 2ta so'zni ayting

J: Yolg'on detektori

30. Haqiqat savolda ketadi, javobda familiya so'raladi

Rossiya imperiyasi tarixi asarida aytilishicha XVIII asr oxiridagi rus siyosiy arbobi kompyutersiz virtual reallikni yaratgan.

S: Bu inson Kim

J: Potyomkin

40. Savol matnidagi bir so'zdan harflar tushirib qoldirilgan.

2019-yilda tarmoqlarda Mark Sukerbekning, millionlab odamlarning barcha malumotlari unda bor ekanligini tan olgan videosi tarqaldi.

Mark Sukerbek bu holatni tezda o'z rasmiy sahifasida izohlar ekan, bu video fake ekanligini takidlaydi.

S: harflari tushirib qoldirilgan so'zni asl holida ayting

J: deepfake

50. 1947-yilda Garvard universitetida Mark II kompyuteri ustida ishlayotgan muhandislar nosozlikni tekshirayotganda, komponentlardan birining kontaktlari orasida kuyib qolgan hashoratni topishdi va hashorotga xazil aralash nom berishadi.

S: qanday nom berishganini bir nechta so'zda ayting

J: Birinchi haqiqiy xatoning topilishi

Qabul: birinchi haqiqiy xato

Izoh: kompyuter texnologiya soxasida xato bug deyiladi. Bug so'zi inglizchada hashorot manosini ham bildiradi.

2-Mavzu: Kimningdur nimasi

10. 2021-yildagi shov-shuvli transferdan so'ng chiqqan maqolada " Undagi ko'z yoshning narxi 1million dollarga baxolandi" degan yozuvni ko'rishimiz mumkin.

S: U ni 2 so'zda ayting

J: Messining salfetkasi

20. Gabriella Verlater Arlda yashovchi ayol edi. 1888-yil 23-dekabr kuni Gabriella matoga o'ralgan bu sovg'ani oladi.

S: Bu sovg'ani atoqli ot qatnashtirib ayting

J: Van Gogh qulog'i

30. Albert Kamyu zolimlar haqida gapirar ekan "oddiy odamlar kesib tashlangan U ni qayta bog'lay olishi kerak" deya takidlaydi.

S: U ni 2 so'zda ayting

J: Gordiy tuguni

40. 2024-yilda sodir bo'lgan U kuchliligi bo'yicha Rita dan keyin 2-o'rinni egalladi. AQSH ga yetkazgan zarari esa 34 milliard dollarni tashkil etadi.

S: U ni 2 so'zda ayting

J: Milton to'foni

50. Javobda ikkita familiya qatnashgan

DARK serialida vaqt va makon bo'ylab sayohat qilish imkonini beruvchi g'orlar mavjud. Bosh qaxramon buni tushuntirar ekan g'orlani U deb ataydi.

S: U ni bir necha so'zda ayting

J: Eynshteyn-Rozen ko'prigi

Mavzu: Moris lar

10. Karikaturalardan birida bu inson Chelsidan Antonio Konteni sigareta tutuni orqali haydab yuborayotgani tasvirlangan.

S: Bu italiyalik Kim

J: Mauritso Sarri

20. XX asrda yashagan bu inson paleontologiya muzeyida neandertal odam eksponati yonida suratga tushgan chunki U eksponatga o'xshardi va o'zi tashqi ko'rinishidan uyalmagan.

S: Bu inson Kim?

J: Moris Tiye

30. Bu Fransuz o'zi haqida shunday deydi "Provansda meni eslashlari uchun mushukni o'ldirishim yetarli". 1789-yilda inqilob paytida bu inson Bastiliya derazalaridan turib xalqni qal'ani tezroq egallashga undab turgan.

S: Bu inson Kim

J: Markiz de Sad

40. Douglas Adamsning romani qaxramoni "chig'anoq kabi buralgan oshxona, xonalari teskari joylashgan va tushunarsiz zinalari bor uyni ko'rganida bu uyni U qurganmi deya eslaydi.

S: U ning ism familiyasini ayting

J: Maurits Esher

50. Xitoylik milliarder Jastin San U ning 6.2 million dollarlik san'at asarini to'g'ridan to'g'ri manoda yeb yubordi.

S: U ning ism familiyasini ayting

J: Maurits Katellan

Izoh: Komedian banani

2-gurux mavzulari

1-mazali mavzu

2- bir xarfga farq qiluvchi so'zlar

3- Teodorlar

Mavzu: mazali mavzu

10.

1879-yilda Buxoroda tug'ilgan bu inson 1940-1942-yillarda Toshkent qurilish maktabida o'quvchilarga dars bergan. Hozirgi kunda Sitorai Mohi Hosada Unga atab byust o'rnatilgan.

S: Uning ism familiyasini ayting

J: Usta Shirin Murodov


20. Shahar etimologiyasiga koʻra, shahar nomi fors va pushtu tillaridagi „qand“ yoki „kand“ soʻzidan kelib chiqqan. Ushbu shaklda shahar nomi qandli hudud yoki shirin hudud deb tarjima qilinadi.

S: qaysi shahar

J: Qandahor


30. Google tomonidan rebrending qilingan android 10 versiyasini Loran Glogen SHUNDAY deb ataydi. Boshqa bir yirik kompaniya SHUNDAY mahsulotida kaliy atsesulfamidan foydalanadi.

S: Shunday o'rnidagi bir so'zni ayting

J: Shakarsiz

Izoh: Android 10 versiyasidan boshlab shirinlik nomlari berilishi to'xtatiladi


40.Javobda 2 narsa so'raladi

Frenklin 1940-yillardan boshlab ot poygalariga qiziqa boshlaydi va katta garovlar tikadi.

Savol: Frenklinning familiyasi va uning sevimli otining ismini ayting

J: Mars - Snikers


50. U bilan 2 so'z almashgan

Kakadu qushlarining ko'pchiligi Undagi 1-bosqichdan muvafaqiyatli o'tgan. 2-bosqichda esa qushlarga oddiy yong'oq o'rniga yanada mazaliroq keshyu taklif qilingan.

S: U ni 2 so'zda ayting

J: Marshmello testi / zefir testi/eksperimenti

Mavzu: Bir xarfga farq qiluvchi so'zlar

10. 1-chi, 1915-yilda chiqqan asardagi ertalab turgach o'zining inson qiyofasidan ayrilib qolganini ko'radigan personaj familiyasi

2-chi, 1889-yilda Farg'onada tug'ilgan o'zbek teatr va adabiyot dramaturgiya asoschisi. Skobilyov teatr truppasi rejissyori ismi

S: 1-va 2 - ayting

J: Zamza - Xamza


20. 1-Singapur va Bangogdagi mehmonxonalarda taqiqlangan meva Nomi.

2- 1890-yilgi asardagi portretni yashirib qo'yadigan personaj ismi.

S: 1-2 ayting

J: Durian - Dorian


30. 1- Rossiyaning Yevropa qismidagi daryo, Volganing eng yirik irmog'i.

2- Tuyalar oilasiga mansub Janubiy Amerikada yashovchi Inklar chorvachiligidagi asosiy boqilgan hayvon.

S: 1-2 ayting

J: Kama - Lama


40.

1- Gerbida Qizil va Oq atirgul tasvirlangan Ingliz sulolasi nomi

2- Daryo.uz maqolasiga ko'ra "murabbiy" so'zi bilan sinonim lotincha-inglizcha so'z bo'lib OTM xodimi sifatida ishlatiladi

S: 1-2 ?

J: Tyudor - Tyutor


50. 1- Forschadan kelib chiqqan bo'lib til so'zining sinonimi

2- Ekvator chizig'ida joylashgan, poytaxti Librevil bo'lgan davlat

S: 1 -2 ?

J: Zabon - Gabon

Mavzu: Teodorlar

10. 1997-yilda Marselda tug'ilgan bu futbolchi akasidan farqli ravishda Madridning yetakchi jamoasini tanlagan.

S: Uning ism familiyasini ayting

J: Teo Ernandes


20. Shiller pyesasining qahramoni bir ayolni o‘ldirgach, oxir-oqibat pushaymon bo‘lib, o‘zini qonun hukmiga topshirishga qaror qiladi. 1844-yilda ushbu pyesani rus tiliga, U ning akasi Mixail tarjima qiladi

S: U Kim.

J: Fyodor Dostoevsky

Izoh: Shundan so'ng Fyodor Dostoevsky Jinoyat va Jazo romanida Raskolnikovni shunday tasvirlaydi

30. Biografik serialda birinchi nishon kimyo darsida U ndan konvert olgan sinfdoshi edi.

S: U ning mavzuga mos ism familiyasini ayting

J: Ted Kachinskiy


40. Bu inson Yuliya Sezarni juda hurmat qilardi va unga (ya'ni Sezarga) atab alohida asar yoza olmaganidan afsus bildiradi.

S: bu inson Kim

J: Teodor Mommzen

Izoh: Teodor Mommzen "Rim tarixi"


50. U Volga bo'yida tug'ilgan bo'lib, 1920-yillarda o'g'lining rasmiga naturshitsa (modellik) qilayotganda Burlak qiyofasiga qiynalmasdan kira olgan edi.

S: U ning ism familiyasini ayting

J: Fyodor Shalyapin

Izoh: Fyodor Shalyapin (1873-1938) Rus opera qo'shiqchisi. U qadimgi Burlak qo'shig'i "ey uhnem" ni ijro etgani bilan mashxur. Shuningdek rassom Boris Shalyapinning otasi

3-gurux mavzulari

1-qaysidir millat shundayi

2- Xarflar qatnashadi yoki bitta o'zi keladi

3-Dorotiylar

1-Mavzu: qaysidir millat shundayi. Masalan: O'zbek pushkini


10. 2001-yilda Kanagavada tug'ilgan bu futbolchi o'ng qanottagi tezkor o'yini va La Masia tarbiyalanuvchisi.

Shuning uchun Uni Alfa deb atashadi.

S: Alfani ayting

J: Yapon Messisi


20. Amrita Sher Gil rasmlarida ayollarni qalin qoshli qilib chizadi. Shu sababdan uni Alfa atashadi

S: Alfani ayting

J: Hind Frida Kalosi


30. Hokimiyat siyosatiga qarshi chiqqan lekin qurol ushlamaydigan Anakleto Gonsales Floresni alfa deb atashadi.

S: Alfani ayting

J: Meksika Gandisi


40. 1948-yilda Lodsda tug'ilgan bu inson o'zining fentezi janrdagi "jodugar" (Witcher, Vedmak) epopeyasi bilan mashxur. Shu sababdan uni Alfa deb atashadi

S: Alfani ayting

J: Polsha Tolkini

Izoh: bu inson Andjey Sapkovskiy


50. Javob bir xil xarfdan boshlanuvchi 2 so'zda.

Boris Kustodiyevning “Go’zal xonim” va “Choy sotuvchi xonim” kabi kartinalari qahramonlari – to’lachadan kelgan ayollar. Shu sababli Kustodiyevni Alfa deb atashadi.

S: Alfani ayting

Javob: Rus Rubensi.

2-Mavzu: xarflar qatnashadi yoki bitta o'zi keladi

10. U lar Internet va texnologiyalar bilan bolaligidan beri tanish bo'lsada Alfalarchalik to'liq raqamli Texnologiya muhitida o'smagan, oz bo'lsada real hayotta yashaydi.

S: U ni 2 so'zda ayting

J: Zed avlod


20. Undagi birinchi so'z aslida xarfni anglatmaydi balki Anonima Lombarda Fabbrica Automobili so'zlarining abbreviaturasi hisoblanadi.

S: U ni ayting

J: Alfa Romeo


30. U lar asosan bodringlarni yaxshi ko'rganiga qaramasdan, ularning nomidagi taomda guruchni ham ko'ramiz. U larning soxta qoldiqlarini yasashda skat va qunduzlardan foydalanilgan.

S: U ni ayting

J: Kappa

Izoh: Yapon mifologiyasidagi suvda yashovchi mavjudot


40.

Bir romanda astronomning xizmatchisi bo'yi kichkina bo'lganligi uchun xo'jayini unga U deb nom beradi.

S: uni ayting

J: Omikron

Izoh: astronomiyada omikron harfi yulduz turkumidagi yorug‘ligi bo‘yicha o‘n beshinchi, ya’ni juda kichik yulduzga nisbatan qo‘llaniladi.


50. 2002-yilda Germaniyada chiqqan "Natsi" Führer Ex) filmi neonatsist mafkurasidagi inson haqida bo'lib, bu filmni Rossiyada nemischa U deb atashgan. U 1998-yilda chiqqan film nomida ham mavjud.

S: Uni ayting

J: Iks tarix / tarix iks

Izoh: 1998-yilda chiqqan American history x filmi ham neonatsist mafkurasidagi inson haqida hikoya qiladi, va Natsi filmi bilan bir qancha umumiyliklarga ega

3-mavzu Dorotiylar

10. Show odatda Bosh qaxramon lotin Amerikalik qiz uchratgan muammolar atrofida bo'lib, qizcha bu muammolarni yechish uchun 4-devorni buzadi.

S: bu qiz Kim

J: Dora explorer (tadqiqotchi Dora)


20. G'arb jodugari U ning do'stlarini biridan somon to'shak tayyorlash, ikkinchisidan esa pechka yasash bilan qo'rqitadi.

S: U Kim

J: Dorotiy Geyl

Izoh: Oz mamlakati sehrgari asaridagi "somon qo'riqchi" va "temir o'tinchi"

30. 1972-yilda 9 yoshli Garry Kasparov butun turnir davomida SHUNDAY o'ynashga majbur bo'ladi.

1895-yilda tug'ilgan U SHUNDAY o'lishini Afzal ko'rgan.

S: U Kim

J: Dolores Ibaruri


40. U ni asosan onasi tarbiyalagan. U bolaligidan adabiyot, teatr va va albatta itlarga mehri baland bo'lgan.

S: U Kim

J: Dodi Smit

Izoh: 101 dalmatian asari muallifi


50. Sergey Kuriy U ning baland ovozini ta'riflar ekan, U ni Banshiga o'xshatadi.

S: U Kim

J: Dolores O'Riordan

Izoh: Irlandiyalik qo'shiqchi, "Cranberries" guruhi a'zosi. Baland ovozi bilan mashxur

Final mavzulari

1-adashtirmasdan ayting

2-ahvol yomon emas lekin cho'kyabmiz

3- achchiq va zaxar

4-issiq

5-sovuq

6-o'tkir mavzu

1-mavzu adashtirmasdan ayting

10. Bu inson Xamsaning muallifi bo'lib, Layli va Majnun asarida Laylini Turkiy deb yozgan. XII asrda Ganja shahrida tug'ilgan.

S: bu inson Kim?

J: Nizomiy Ganjaviy (A.Navoiy emas)


20. Bu Angliyalik inson qisqa xotira kasalligiga chalingan yigit haqida asar yaratgan, shuningdek Prestij, Qora ritsar Betmen filmlari ssenariy mualliflaridan biri.

S: u Kim

J: Jonathan Nolan (K. Nolan emas)


30. U adashi bilan bir maktabda o'qigan. Do'stlari Uni "kichkina yaxudiy" deb chaqirishgan. Keyinchalik o'ziga Rikardo Klemente nomini olgan.

S: Bu inson ism familiyasini ayting

J: Adolf Eichmann (A. Gitler emas)


40. Bu insonning mashxur asarini yaratishda otasining havo kuchlarida xizmati davomidagi qashshoqlikdagi va ochlikdagi hayoti turtki bo'lgan.

Shuningdek Tesey va Minotavr afsonasidan ham ilhomlangan.

S: Bu inson Kim?

J: Syuzanna Kollins (Knut Gamsun emas)

Izoh: Hunger games


50. The art of noise guruhining albomi 1862-yilda tug'ilgan inpressionistga bag'ishlangan. Albomdagi qo'shiqlardan birida "chuqur, moviy dengiz paydo bo'ldi" jumlasi uchraydi.

S: albom kimga bag'ishlangan edi, ism familiyasini ayting

J: Klod Debyussi (Klod Mone emas)

Izoh: Chuqur moviy dengiz" - "deep blue see" [dip blyu si] - "Debyussi". Albom "The Seduction of Claude Debussy" ("Klod Debyussining vasvasasi") deb nomlangan.

Mavzu: ahvol yomon emas lekin cho'kyabmiz : cho'kib ketganlar

10. Jamoatchilik g'azabidan qo'rqmagan Barri Xamfris U ndan farqli ravishda suzishni bilishini aytadi. U tilga olingan asarning barcha voqealari bitta xonada sodir bo'ladi.

S: U Kim?

J: Virginia Wulf

Izoh: Edvard Olbining "Wirginia Wulfdan Kim qo'rqadi" asari barcha voqealari bitta xonada bo'ladi. Shuningdek Xona so'zi ham Wulfning shaxsiy xonasiga ishora


20. 1932-yilda Amerikalik yozuvchi Hart Kreyn Meksika ko'rfazida cho'kib ketadi. Malumotlarga ko'ra Hart Kreyn o'sha paytta kuchli depressiyada bo'lgan. Yozuvchilar Kreyni real hayottagi U deb aytishadi.

S: U Kim?

J: Martin Iden


30. Jag'lar (the jaws) filmida akulani tutish uchun taqib qilayotgan kapitanni akula suvga tortib ketadigan sahnasi mavjud. Bu sahna 1851-yilgi asardagi U nga allyuziya hisoblanadi.

S: U Kim

J: Kapitan Ahab

Izoh: Kapitan Ahab ni ham kit shunday tortib ketgach cho'kib ketib vafot etadi

40. "Bo‘lajak admirallar kitobi" muallifi Germaniyaning Sovet Ittifoqiga qarshi urushga tayyorgarligi haqida gapirar ekan, UNI "obro‘si suvga g'arq bo'lgan sarkarda" deya ta’riflagan.

UNI ayting.


Javob: Fridrix I Barbarossa.

Qabul: Fridrix 1

Izoh: Rasmiy versiyaga ko‘ra, u Selif daryosidan o‘tayotganda cho‘kib ketgan; Germaniyaning Sovet Ittifoqiga hujum qilish rejasi Barbarossa nomi bilan atalgan.


50. U haqidagi malumotlar orasida Violet Jessobning kundaligidagi "Doim kulib yuradigan, kamgab dizaynerimiz" yozuvlari bor. U ni so'nggi marta Edvard Smit bilan birga ko'rishgan.

S: U Kim?

J: Tomas Endryu

Izoh: Titanik konstruktori


Mavzu: achchiq zaxar

10. Andrey Kozakning bir yumoristik asarida to'y paytida mashxur yozuvchi tez-tez o'rnidan turishi tasvirlangan.

S: bu yozuvchi Kim

J: Maksim Gorkiy


20. Bu sarkarda Afrikadan qochib Armaniston qirolligiga boradi. Lekin Armanistonda ham Rimliklar qurshoviga tushib qolgach, ularga taslim bo'lishni hohlamaydi va o'zini zaxarlab o'ldiradi.

S: Bu Kim

J: Gannibal Barka


30. Bu insonga atalgan Google dudlida mini o'yin yaratilgan bo'lib o'yinda muzqaymoq va qalampir janggi sodir bo'ladi va qalampirlar baxolanib boriladi.

S: bu inson Kim

J: Wilbur Scoville


40. Asosan Afrika va Madagaskarda uchrovchi bu daraxtning ilmiy nomi "antiaris" bo'lib mahalliy xalq kamonning o'qlarini shu daraxt shirasi bilan zaxarlab ovchilikda foydalanishadi. Bu daraxt Qur'onda ham keltirib o'tilgan.

S: daraxt nomi

J: Zaqqum


50. Konspirologik nazariyaga ko'ra, agar zaxar va murdalar soxta bo'lsa, bu ikki ayol XX asr o'rtalarida tanishgan bo'lishi mumkin. Ularning taqdirlariga bag'ishlangan "iblisga muhabbat" nomli asar mavjud. Ulardan biri Amerikalik bo'lib familiyasi Peron.

S: Siz Yevropalikning ism va familiyasini ayting

J: Eva Braun

Mavzu: Issiq

10. Sahrodagi bo'ron operatsiyasi paytida 148 Amerikalik askar vafot etgan. Shulardan 45 tasi uning natijasida o'lgan.

S: U ni 2 so'zda ayting

J: Friendly fire

20. Eritromelalgiya - terining qizarishi va qizishi bilan kechuvchi kasallik bo'lib Betta sindromi deb ataladi. Bettadagi bir so'zni dastlab amerikaliklar person deb nomlashmoqchi bo'lishgan lekin hozirgi nomi saqlanib qolgan.

S: bettani 2 so'zda ayting

J: Burning man

30. 2019-yildagi Bu voqeadan so'ng Viktor Gyugoning 1831-yilda chiqqan asari bestseller asarga aylangan.

S: bu voqeani ayting

J: Noterdam sobori yong'ini

40.Javob o'zbekcha bo'lmagan bir so'z

2010-yilda chiqqan videoo'yinida she'riyatga moyil bo'lmagan odamlar Vergiliyning ovozini o'chirib qo'yishi mumkin.

S: o'yin nomini ayting

J: Inferno

Izoh: Dante uni inferno bo‘ylab sayohatida yo‘lboshchi sifatida tasvirlaydi.

50. Uning ideologiyasida Den Syaopinning "Agar derazani ochsangiz toza havo bilan birga zararkunanda xashorotlar ham qo'shilib kiradi" jumlasi turadi.

S: Uni bir nechta so'zda ayting

J: Xitoyning buyuk olov devori

Izoh: internetni nazorat va senzura qilish tizimi

Mavzu: sovuq

10. Yevropa ligasi matchalaridan biri deyarli -20 gradus sovuqda bo'ladi. Bu o'yin haqidagi sarlavha nomi Barcelona edi.

S: Barcelona bilan almashgan so'zni ayting

J: Coldplay

Izoh: Cold inglizcha sovuq. Shuningdeg, Barcelona jamoasining formasiga Coldplay yozuvi tushirilgan futbolkalari ham mashxur


20. Alfa 2 so'z bn almashgan

Sevgi, O'lim va robotlar serialida yerga hayot tugaganidan so'ng kelgan robotlar, katta raketa oldida turganida yerdagi hayot tugashiga ekologik fojialar sabab bo'lganini aytadi. Ekologik fojialar esa Alfa siz ham boshlangan deydi.

S: Alfa ni 2 so'zda ayting

J: Yadroviy qish

Izoh: Yadroviy qish - yadroviy urushlar natijasida ekologik fojialar


30. Dunyodagi eng achchiq moddalardan biri denatonium benzoat hisoblanadi. Shu sababli, 1995-yilda Oregon shtatida ushbu modda U ning tarkibiga qo'shiladi.

S: U ni 1 so'zda ayting

J: Antifriz

Izoh: antifriz tarkibida shirin ta’mga ega bo‘lgan etilenglikol va metanol bor edi. Odamlar va hayvonlar uni ichib, zaharlanishi mumkin edi. Shuning uchun unga juda achchiq denatonium benzoat qo‘shildi, shunda uni hech kim icholmaydigan darajada mazasi yomon bo‘ldi.


40. Zalman kompaniyasi kompyuterlar uchun sovutish tizimlarini ishlab chiqadi. Kompaniya o'z mahsulotini kuchli ishlashini bildirish uchun bu tizimga Omega deb nom beradi.

S: Omega bn almashgan so'zni ayting

J: Oymyakon

Izoh: Yer yuzidagi eng sovuq xududlardan biri bo'lib -67 gradusgacha borgan


50. Uning vazifasi asosan derazalarga naqsh chizish bo'lishiga qaramasdan, bazi manbaalarda uni yovuz qaxramondek ko'rsatishgan. 2012-yilgi manbaadan esa u singlisini qutqarib qolgach shu axvolga tushib qolgani tasvirlangan.

S: U Kim

J: Jek Frost

Izoh:U qirog‘, muz va sovuq ob-havo olib keluvchi ruh yoki jin sifatida tasvirlanadi. Ba’zi rivoyatlarda u yaramas, hazilkash va beparvo qahramon bo‘lib, derazalarga muz naqshlari chizadi, yer va o‘simliklarni qirov bilan qoplaydi.

Mavzu: o'tkir mavzu

10. Haykaltarosh Periley o'zi qurgan Sitsiliya buqasi ning ichkarisida vafot etgan. Bu haqidagi maqolada noto'g'ri malumot bo'lsa hamJozef ham eslab o'tiladi.

S: Jozefning familiyasini ayting

J: Gilyotina

20. Genrix VIII Tomas Morni Angliya lord-kansleri lavozimiga ko'taradi. Bunga bag'ishlab o'tkazilgan ziyofatta Tomas Mor masuliyati yanada oshganini aytar ekan boshqa bir xukmdorni eslab o'tadi.

S: qaysi hukmdor

J: Damokl

30. Witcher 3 videoo'yinida siz bir bosqichdan muvafaqiyatli o'tganingizdan so'ng temirchi sizga U ni yasab beradi. U 1542-yilda tug'ilgan Samurai Nomi bilan bog'liq

S: U ni bir necha so'zda ayting

J: Hattori Hanzo qilichi

40. Yengil atletikachi Oskar Pistoriusning tizzasidan pastda oyoqlari yo‘q va uning protezlari o‘roq shaklida egilgan mustahkam plastinkalardan iborat. Shuning uchun Pistoriusning laqabi SHUNDAY. Shunday 1982-yilda chiqqan fantastic film nomi

S: Shunday o'rnidagi bir necha so'zni ayting

J: Tig' ustida yugurvchi (blade runner)

50. U bir so'z bilan almashgan.

U ning nomidan nima uchun qo'llanilganligi ko'rinib turadi. Xorvat millatiga mansub Petar Brzitsa U ndan foydalanish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. U asosan Xorvatlarning buyurtmasiga ko'ra Zolingen shahrida tayyorlangan.

S: Uni ayting

J: Serborez, Serbosek

Izoh: Serborez pichog'i Xorvatlar tomonidan Serblarni ommaviy o'ldirish uchun ishlatilgan pichoq

Report Page