Svoyak 32 mavzu

Svoyak 32 mavzu


1-guruh

Mavzu: Jahon kinosi

10.Illinoys shtati Linkoln Avenyu 671

Ushbu manzil hozirda turistlar uchun diqqatga sazovor joy hisoblanadi.Bu manzilda biroz muddat yolg'iz yashagan bola kim edi?

Javob: Kevin Makkalister

20.Mashhur bir filmdagi Red personajining yoshligini uning o'g'li Alfonso Friman o'ynagan.Gap qaysi film haqida bormoqda.

Javob: "Shoushenkdan qochish"

30.Ushbu filmlar namoyishidan so'ng Yangi Zelandiyaga tashrif buyuruvchi turistlar soni sezilarli darajada oshgan.

Javob: "Xobbit" va "Uzuklar hukmdori"

40.Stiven Spilbergning bu filmi

2-jahon urushi davrida aka-uka Nilandlarning boshidan kechirgan real voqealarga asoslangan.

Javob: "Oddiy askar Rayanni qutqarish"

50.2001-yil sentyabr voqealariga bag'ishlangan, aybsiz bo'lsa-da umrining 14 yilini Guantanamo qamoqxonasida o'tkazgan mavritaniyalik yigit haqidagi film nomini ayting.

Javob: "Mavritaniyalik"


Mavzu: -FAL-

10.Ogʻir nayzalar bilan qurollangan piyoda askarlarning jips safga tizilgan ko'p qatorli jangovar tartibi qanday nomlanishini ayting?

Javob: FALanga

20.XX asrning 40-yillarigacha hozirgi astronomiya fani shunday nomlangan. Bu nom hozir ham ayrim Sharq xalqlari tillarida qo’llaniladi.

Javob: FALakiyot

30.So'z ustasi Avaz Oxun bir hazilida Nurobod tumanidagi yo'llardan go'yoki uni o'g'irlab ketishgan deb aytib o'tadi. Uni nima ekanligini ayting.

Javob: AsFALt

40.Nyu-York shtatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan shahar, shtatdagi aholi soni boʻyicha Nyu-Yorkdan keyin 2-o'rinda turadi.2005-yilda shahar mamlakatning eng toza shaharlari uchligiga kirgandi.

Javob: BufFALo

50.Ushbu personaj turli rangli latta-puttadan kiyim kiygan, shlyapasida quyonning dumi, yuzida qora niqobi va belida tayoq bilan tasvirlanadi. Qaysi personaj?

Javob: TrufFALdino


Mavzu: Kun xronologiyasi 30-dekabr

10.2006-yil 30-dekabr kuni sobiq prezident insoniyatga qarshi qator jinoyatlar, jumladan, kurdlar va shialarning ommaviy o‘ldirilishi ayblovi bilan qatl etilgandi.Ammo, bu bilan Iroqda vaziyat o'nglanmadi. Qatl etilgan prezident kimligini ayting.

Javob: Saddam Husayn

20.1922-yilning 30-dekabrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya hamda Kavkazorti o'zaro birlashgan kundir. Bu birlashuv natijasida qaysi davlat tashkil etilgan edi?

Javob: SSSR

30."Klivlend Kavalers", "Mayami Xit" va hozirda karyerasini "Los-Anjeles Leykers"da davom ettirayotgan Bu mashhur sportchi 30-dekabr kuni tug'ilgan ekan.

Javob: Lebron Jeyms

40.1903-yil 30-dekabr kuni Amerikaning Chikago shahridagi teatrda yong‘in yuz beradi.Fojia oqibatida 602 kishi halok bo‘lgan.Mazkur teatr yong‘ini AQSH tarixidagi eng halokatlisi hisoblanadi.

Ushbu teatr nomini ayting.

Javob: "Irokez"

50.Bu shaxs 1916-yil 30-dekabr kuni Petrogradda knyaz Yusupovlar saroyida o‘ldirilgan edi. Bu qotillikni tergov qilishga yuqori siyosiy qatlam, keyinroq inqilobiy tartibsizlik xalaqit bergan.30-dekabrda o'ldirilgan shaxs kimligini ayting.

Javob: Grigoriy Rasputin


2-guruh

Mavzu: -SEN-

10.Orxideyaning gibrid navlaridan biri Kimirseniya deb nomlanadi.Ushbu gul kimning sharafiga bunday nomlanganini ayting.

Javob: Kim Ir SEN

20.2002-yil jahonda kuchli 8 likka kirgan bu jamoaning laqabi "Terangi sherlari" hisoblanadi.

Javob: SENegal

30.Dunyodagi eng yaxshi bolalar yozuvchilari va ilyusstratorlari uchun topshiriladigan ushbu adabiy mukofot “Kichik Nobel mukofoti” deb ham ataladi. U 1956-yilda UNESKOning bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan, har ikki yilda bir marta o‘z egalariga topshiriladi. Ushbu mukofot nomini ayting.

Javob: Xans Kristian AnderSEN mukofoti

40.Eng qadimgi it zotlaridan biri, kelib chiqishi Afrika qit'asi bilan bog'liq bu it zoti o'zining hurmasligi bilan mashhurdir.

Javob: BaSENji

50.Faylasuf, yozuvchi, davlat arbobi.

Rim imperatori Neronning ustozi va maslahatchisi.Bir qator falsafiy risolalar va tragediyalar muallifi.

Javob: SENeka


Mavzu: Kun xronologiyasi 2-oktyabr

10.1936-yil 2-oktyabr kuni AQSH da U bekor bo'lgandan keyingi ilk alkogol ishlab chiqaruvchi korxona ochildi.

U nimaligini 2 so'zda ayting.

Javob: "Quruq qonun"

20.Lev Tolstoyning yovuzlikka zo‘ravonlik bilan kurashmaslik haqidagi g‘oyalari, shuningdek, mashhur “Hinduga maktub” asari bilan qiziqqan bu shaxs Tolstoyning g‘oyalarini siyosiy ta’limotga aylantirgandi.

Javob: Maxatma Gandi (2-oktyabrda tug'ilgan)

30.Gitler uning boshi uchun tayinlagan mukofot miqdori manbalarda 250 dan 100 000 markagacha ekani aytiladi. Bunga sabab uning nutqlarini tinglar ekan, Gitler uning ovozi qanday daxshatli kuchga ega ekanligini tushunib yetganida edi.

Javob: Yuriy Levitan (2-oktyabrda tug'ilgan)

40.Bu tashkilot Den Braunning “Da Vinchi kodi” romani orqali mashhurlikka erishgan.Tashkilotning maqsadi — dindorlarga kundalik hayotda muqaddaslikni topish, oddiy ishlar bilan, xususan, professional faoliyat bilan shug‘ullanishga yordam berish.

Javob: Opus Dei (2-oktyabrda asos solingan)

50.U o'z she'rlarida bahodirlar jangda o'lmasligini, ularning barchasi xiyonatlar tufayli halok bo'lishini, undan tashqari o'zi imkoni bo'lsa O'zbekistonga qarsak chaladigan xizmatchi bo'lib ishga kirishini yozib o'tgan.Qaysi shoir?

Javob: Shavkat Rahmon (2-oktyabrda vafot etgan)


Mavzu: Gerblar

10.Bu davlat gerbida siz Sevan ko'lini, Nuh kemasini va Ararat tog'ini ko'rishingiz mumkin.

Javob: Armaniston

20.Janubiy Osiyoda joylashgan ushbu davlat gerbi markazida Everest cho'qqisi tasvirini ko'rish mumkin.

Javob: Nepal

30.Gerb markazida filning boshi tasvirlanishiga, ehtimol ushbu davlatning Fil Suyagi Qirg'og'i deb ham atalishi sabab bo'lsa kerak.

Javob: Kot D'Ivuar

40.Qalqon ko'rinishida tasvirlangan gerbda Triglav tog'i va Adriatik dengizining ramziy tasvirlari, shu bilan birga qalqonning yuqorisidagi uchburchak shaklida joylashgan uchta oltin olti qirrali yulduz bor.

Javob: Sloveniya

50.Ushbu davlat gerbi markazida tuya tasvirlangan bo'lib, bunga sabab mustaqillik urushi davrida transport tizimida tuyalar muhim rolni o'ynagan edi.

Javob: Eritreya

Barcha savollar uchun manba:

Список государственных гербов — Википедия



3-guruh

Mavzu: Kun xronologiyasi 10-noyabr

10.10-noyabr xalqaro Ular kuni hisoblanadi. Bizda esa Ular bayramni 30-iyun kuni nishonlashadi.

Javob: Yoshlar kuni

20.1938-yil 10-noyabr. Bu sanada Turkiya jamoatchiligini chuqur qayg'uga solgan voqea yuz beradi. Qanday voqea?

Javob: Otaturkning o'limi

30.1919-yilning mazkur sanasida qurol konstruktori Mixail tug'ilgan. Qo'lingizni ko'tarmasdan Mixailning familiyasini ayting.

Javob: Kalashnikov

40.Menlo Park kasalxonasining psixiatriya bo'limida navbatchi sanitar bo'lib ishlash, ish davomida psixotrop moddalarning inson organizmiga ta'sirini o'rganish Bu mashhur asarning yaratilishiga asos bo‘ldi.

Asar muallifi kim?

Javob: Ken Kizi (10-noyabrda vafot etgan)

50.Usmonli turklar va vengrlarning Bolqon hukmronligi uchun kurashi 1444-yilgi

qaysi jang orqali hal etilgan edi?

Javob: Varna jangi (10-noyabrda bo'lib o'tgan)


Qora mavzu:

10.2009-yilda Atlantalik Asha Mandela Ginnes rekordlar kitobiga eng uzun dredloklar (jingalak qilingan sochlar) egasi sifatida kirgan.

U ko'pincha matbuotda "Qora tanli U" deb ataladi.

Javob: Rapunzel

Manba: https://t.me/c/1785443016/1073

20.O'rta asrlarda o'z geraldik belgisiga ega bo'lmagan, odatda o'z shaxsiyatini oshkor qilishni istamagan ritsarlar Shunday deb atalgan.

Javob: Qora ritsar

Manba: Чёрный рыцарь — Википедия

30.1955-yilning 1-dekabr kuni U oq tanli avtobus haydovchisi Jeyms Bleykning xitobiga javoban: "Turishim shart emas deb o'ylayman" deb javob qaytargan edi.

Javob: Roza Parks

Manba: Паркс, Роза — Википедия

40.Niderlandiyaning Frislandiya provinsiyasida yetishtiriluvchi friz otlari chiroyi va g'ayrioddiy ko'rinishi tufayli Shunday nomlanadi.

Javob: Golland "qora oltini"

Qabul: "Qora marvaridlar"

Manba: Фризская лошадь — Википедия

50.1841-1924 yillarda yashagan Jozef Genri Blekbern Angliyaning mashhur shaxmatchilaridan biri bo‘lgan.U qora donalarda juda kuchli o'ynashi va deyarli mag'lub bo'lmasligi sabab bir laqab oladi. O'sha laqabni ayting?

Javob: Qora ajal

Manba: Блэкберн, Джозеф Генри — Википедия


Mavzu: -DOR-

10.Ushbu arabcha so'z Yaqin Sharq mamlakatlaridagi o'quv yurtlarining nomi.Ba'zi mamlakatlarda o'rta o'quv yurti, boshqa ayrim mamlakatlarda esa oliy o'quv yurti ma'nosida qo'llaniladi.

Javob: DORilfunun

20.Rus she'riyatiga befarq bo'lmagan adabiyot ixlosmandlari "go'zallikda benazir yalangoyoq xonim" va "qishloqdagi so'nggi shoir" ning muhabbati haqida albatta eshitishgan.

Bu mashhur xonim kimligini ayting.

Javob: AyseDORa Dunkan

30.Fransuz tilidan olingan bu so'z brend elchisi degan ma'noni ifodalab, kompaniyaning rasmiy hamkori emas, balki brendni ifodalovchi shaxsdir.Biror kompaniyaning mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanadi va bu haqda faol targ'ibot yuritadi.

Javob: AmbassaDOR

40.Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, butun borlig'ini, qalbini, ruhini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur, ayni paytda nochor va zaif qahramon bugungi mavzuimizga juda mos keladi.

Javob: DORian Grey

50.Markaziy Amerikadagi ushbu kichik mamlakat o'zining plyajlari, ko'ngilochar maskanlari va tog' tizmalari bilan mashhur.Poytaxti mamlakat nomi bilan deyarli bir xil.

Ushbu mamlakatni toping.

Javob: SalvaDOR


4-guruh


Mavzuning "yomoni"

10."Time» jurnali bu yilni insoniyat tarixidagi eng yomon yil deb e'lon qilgandi.

Javob: 2020

20.Hind kinosi va teatridagi eng yovuz va qattiqqo'l obrazlarning aksariyatini, siz ko'plab filmlarda ko'rgan ushbu aktyor gavdalantirgan.

Javob: Amrish Puri

30.Kolumbiya OAV Luis Alfredo Garavito ismli qotil shaxsga nisbatan bir ta'rifni ishlatishgan.Mavzuni unutmagan holda o'sha ta'rifni ayting.

Javob: "Dunyodagi eng yomon seriyali qotil".

40.Bu asarning dunyoga kelishiga sabablardan biri, ob-havoning o'ta yomonligi tufayli uydan tashqariga chiqa olmagan odamlar, qo'rqinchli hikoya yozish bo'yicha musobaqalashishga qaror qilishadi.

Javob: "Frankenshteyn yoki zamonaviy Prometey"

50.Ushbu mukofot 2003-2011-yillar oralig'ida Italiya chempionatining eng yomon o'yinchisiga berilgan.

Javob: "Oltin axlatdon"


Mavzu: -AGO-

10.Potomak daryosi bo'yida joylashgan bu bino 2-jahon urushi davrida tezlashtirilgan jadval asosida qurilgan.

Bino dunyodagi eng katta ofis hisoblanadi.

Javob: PentAGOn

20.Javob berish uchun sizga savol beraman, teorema emas!

Keng tarqalgan versiyaga ko'ra, bu yunon faylasufi va matematigi Samos orolida tug'ilgan.Kroton shahrida o'z maktabini ochgan.Uning kimligini ayting?

Javob: PifAGOr

30.Atrof-muhitdan, insonlar bilan oʻzaro muloqotdandan qoʻrqish kasalligi.Kasallikning asosiy alomati odamlar toʻplangan markazlardan qochish va oʻzi xavfsiz deb bilgan joyda qolishni afzal koʻrish.

Gap qaysi fobiya haqida ketmoqda.

Javob: AGOrafobiya

40.Ispaniyaning shimoli-sharqiy qismida, Ebro daryosi bo'yida joylashgan bu shahar o'z vaqtida Arab xalifaligi tarkibida edi.

Javob: SarAGOsa

50.Bu qahramon 1930-yillarda Moskvada Korovyov familiyasi bilan taniladi.Biz uni 50-kvartirani ijaraga olgan xorijlikning tarjimoni sifatida bilamiz.U kim?

Javob: FAGOt


Kun xronologiyasi 24-iyul

10.1908-yil 24-iyuldagi Olimpiada banketida U ilk marta "Muhimi g'alaba emas, ishtirok" degan shiorni aytgan edi. U kim?

Javob: Per de Kuberten

20.1701-yilda asos solingan,

bir paytlar gullab-yashnagan avtosanoat markazi bo'lgan

bu shahar, 2013-yilda AQSh tarixida birinchi marta o‘zini bankrot deb e'lon qilgan edi.

Javob: Detroyt (24-iyulda asos solingan)

30.U 1937-yili Yer kurrasini aylanib uchayotganida, Tinch okeanidagi Howland oroli yaqinida gʻoyib boʻladi. Koʻplab qidiruvlar foydasiz yakunlangani  tufayli 1939-yili oʻlimi eʼlon qilingan. U kim?

Javob: Amelia Mary Erxart (24-iyulda tug'ilgan)

40.Ekvadorda mazkur sanada Bu shaxsning kuni nishonlanishi mantiqiydir. Sababi, bu qit'a qahramoni 24-iyulda tug'ilgan edi.

Javob: Simon Bolivar

50.Bu yozuvchi 1949-yilning 24-iyulida 16 yillik surgundan keyin Germaniyaga qaytadi. "Sehrli tog'", "Doktor Faustus","Buddenbroklar" kabi mashhur asarlar muallifi. 1929-yilgi Nobel mukofoti laureati.

Javob: Tomas Mann


5-guruh:

Mavzu: Qilichlar

10.Dami o'tkir ushbu mavzuimizni Islom olamidagi eng mashhur qilich nomi ochib beradi.

Javob: Zulfiqor

20.Bu qilich mashhur bir qirolga ko'l malikasi tomonidan hadya etilgan edi.

Javob: Ekskalibur

30.Yapon samuraylarining asosiy ish quroli bo'lgan uzun qilichlar shunday nomlanadi.

Javob: Katana

40.O'rta asrlarda katta shuhrat qozongan bu shahar qilichlarining dovrug'i  mustahkam po'lat va ustalar mahorati bilan bog'liq edi.

Javob: Damashq qilichlari

50.Asosan yunon goplitlari foydalangan kalta va ixcham qilich turi mavzuimizga yakun yasaydi.

Javob: Ksifos


Mavzu: Kun xronologiyasi 30-sentyabr

10.1452-yilning 30-sentyabrida Germaniyaning Mayns shahrida Iogann Gutenberg tomonidan chop etilgan birinchi kitob nomini ayting.

Javob: Bibliya

20.2015-yilning 30-sentabr kuni Rossiya ushbu davlatda harbiy operatsiya boshlagan edi. Bu operatsiya mamlakatda to‘rt yildan beri davom etayotgan urush va Asad rejimiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan edi. Gap qaysi mamlakat haqida bormoqda?

Javob: Suriya

30.Qimmatbaho kiyim-kechaklar, hashamatli tushliklar, rafiqasi Konstansiya uchun sovg‘alar va qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgani tufayli doim qarzdor bo‘lib yurgan Bu mashhurning so'nggi operasi "Sehrli fleyta"ning premyerasi 30-sentyabrda bo'lib o'tgan.

Gap kim haqida bormoqda?

Javob: Amadey Motsart

40.O'zining birinchi chempionligini Abu-Dabi Gran-Prisida qo‘lga kiritgan bu sportchi o'zaro raqobatda tajribali Lyuis Hemiltonni ortda qoldira olgan edi. Qaysi sportchi?

Javob: Maks Ferstappen

50."O'lganimda mening orqamdan yig'lamang, "alvido" demang.Men ajralishga emas, uchrashuvga ketyapman"

Ushbu so'zlar Afg'onistonning Balx shahrida tug'ilgan insonga tegishli.Bu inson kim?

Javob: Jaloliddin Rumiy (30-sentyabrda tug'ilgan)


Mavzu: -TI-

10.Ushbu mamlakatning xitoycha nomi "tepalik" va "braxman" so'zlarini bildiruvchi iyerogliflar bilan ifodalanadi.

Gap qaysi mamlakat haqida ketmoqda?

Javob: VaTIkan

20.U 2016-yil Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.Hozirda yurtimizda aksariyat yoshlar U bilan "kasallangan".

Uning nomini ayting.

Javob: TIk-Tok

30.Alfa 1995-yilning 3-iyunida bo'lib o'tgan ta'sis qurultoyi qaroriga asosan tashkil topgan.Balki oramizda Alfa ning a'zolari ham bordir.Mavzuni unutmagan holda Alfa ni 3 so'zda ayting.

Javob: Milliy Tiklanish partiyasi

40.Antik davrning Ushbu davlat arbobi miloddan avvalgi 12-yilda Rim imperiyasining Abrutsi shahrida tug'ilgan va nihoyatda shafqatsizligi bilan nom qoldirgan.

Javob: PonTIy Pilat

50.Redyard Kiplingning "Jungli kitobi" asaridagi mashhur ertak nomini barchamiz eshitganmiz.Bolalik xotiralariga tayanib, mavzuimizga mos tushuvchi ertak nomini ayting.

Javob: "Riki TIki Tavi"


6-guruh:

Mavzu: Hayot bersa ta'lim...baribir kerak muallim

10.O'z davrida ilm-fan rivojiga katta hissa qo'shgan, Makedoniyalik Aleksandrning ustozi bo'lgan bu mutafakkir "birinchi muallim" unvoniga sazovor bo‘lgan.

Javob: Aristotel (Arastu)

Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Arastu

20.Ellin donishmandlari falsafasini hamda Aristotel ilmiy faoliyatini chuqur o'rgangan, qomusiy aql-idroki sababli "Sharq Aristoteli", "Ikkinchi muallim" deya ulug'langan alloma kimligini ayting.

Javob: Abu Nasr Forobiy

Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Forobiy

30.Hozirgi kunda Ushbu so'z ko'pincha yoshlarga rahbarlik qiladigan va ularga nimalarnidir o'rgatib boradigan inson, ustoz sifatida tushuniladi.

Qaysi so'z?

Javob: Mentor

Manba: https://t.me/nota_bene1/1652

40.O'zbek sharxlovchilik maktabining asoschisi, deyarli barcha sport sharxlovchilarining ustozi bo'lgan Bu inson 2022-yil 30-may kuni 86 yoshida vafot etgandi.

Javob: Axbor Imomxo'jayev

Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Axbor_Imomxo%CA%BBjayev

50.Mashhur UFC ustasi, sobiq chempion Xabib Nurmagomedov erishgan yutuqlarda otasi bilan birga amerikalik ustozining ham o'rni beqiyos.O'sha ustozning ism-familiyasini ayting.

Javob: Xavier Mendes

Manba: https://g.co/kgs/PWmaoGM


Mavzu: -ORO-

10.Gʻarbiy som yozuvlaridan biri bo'lgan bu yozuv turi miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida finikiy yozuvi asosida shakllantirilgan konsonant yozuv hisoblanadi.

Javob: Oromiy

20.Jizzax viloyatidagi tumanlardan biri. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1931-yilgacha Yangiqoʻrgʻon tumani deb atalgan. Viloyatning gʻarbiy, janubi-gʻarbiy qismida joylashgan.

Tuman nomini ayting.

Javob: G'allaOROl

30.Yuqori sifatli, hashamatli kashemir va jun mahsulotlariga ixtisoslashgan Italiya mato va kiyim-kechak kompaniyasi. Kompaniyaning bosh ofisi Italiyaning Kuarona shahrida joylashgan.

Javob: LORO Piana

40.Mashhur yozuvchi ushbu asari orqali tabiat muvozanatiga qarshi borish oxir-oqibat uning ijrochilarini og‘ir fojiaga yetaklashini ro‘yi rost ko‘rsatib beradi.Asarda inson matonati, qiyinchiliklarga darrov yengilmasdan, kurashuvchan bo‘lish kerakligi asar qahramoni Prendik misolida aks ettiriladi.

Javob: "Doktor MORO oroli"

50.Ushbu jadal rivojlanayotgan megapolis markazida o'nlab osmono'par binolar va mashhur CN minorasi qad rostlagan. Shahar o'zining ko'plab bog'lari, jumladan Kvins Parki, High Park va sport inshootlari hamda hayvonot bog'i bilan mashhur.

Javob: TOROnto


Kun xronologiyasi 27-avgust

10.Savolni Abbosbek Fayzullayev beradi:

Qaysi rus futbol klubi 1911-yil 27-avgustda tashkil etilgan?

Javob: SSKA

20.1955-yilning mazkur sanasida 198 sahifadan iborat bir kitob ilk marta nashr qilindi. Savol muallifi kitob nashr etilishi sabab biror-bir rekord qayd etilgani haqida ma'lumot topa olmadi.

Bu qaysi kitob?

Javob: "Ginnes rekordlar kitobi"

30.27-avgust kuni Moldaviyada prezidentning tabrik nutqi bilan boshlangan kun, yarmarkalar bo'lishi, konsertlar o'tkazilishi, ko'ngilochar attraksionlar, o'yin-kulgi va nihoyat bayramona salyutlar otilishi bilan yakunlanadi.

Bu sanada Moldaviya xalqi nimani nishonlaydi?

Javob: Mustaqillik kunini

40.Bu sanada tug'ilgan yozuvchining "Baxtiqaro Kerri", "Jenni Gerxardt" kabi romanlari o'zbek kitobxonlari orasida ham mutolaa qilinadi. Siz esa bizga uning eng mashhur asari nomini ayting.

Javob: "Amerika fojiasi" (Teodor Drayzer)

50.1912-yilning aynan shu sanasida yozuvchi Edgar Rays Berrouz jurnalda ilk marotaba Bu personaj haqidagi hikoyalarni chop etdi.

Qaysi personaj haqida gap borayotganligini ayting?

Javob: Tarzan


1-yarim final:

Mavzu: Bosmachi emas, istiqlol kurashchisi

10.Janglardan birida ko'zidan olgan jarohati va shundan so'ng qora ko'zoynakda yurishi sabab, rus manbalarida Bu qo'rboshi "Ko'rshermat"  laqabi bilan tilga olingan.

Javob: Shermuhammadbek qo'rboshi

Manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shermuhammadbek

20.Xalq orasida “Laqaydan chiqqan Robin Gud”, “Sharq Napoleoni” deb atalgan bu qahramon o‘n yildan oshiq sovet hukumatiga qarshi kurashgan va 1931- yil avgust oyida bolsheviklar tomonidan otib tashlangan.

Javob: Ibrohimbek qo'rboshi

Qabul: Ibrohimbek, Ibrohimbek Laqay, Ibrohimbek Chaqaboyev

Manba: https://kun.uz/uz/71431189

30.Turkiston Muxtoriyati hukumati tarkibida muxtoriyat qurolli kuchlari qo'mondoni, Qo'qon uyezdi militsiyasi boshlig'i bo'lgan qo'rboshi kimligini Kattasi bilan adashtirmay ayting.

Javob: Kichik Ergash

Qabul: Hoji Muhammad Ibrohim Hojiyev

Manba: https://kun.uz/uz/89049728

40.Mustamlakachilar va mahalliy boylar uning ismiga "oʻgʻri“, xalq vakillari esa "botir“ so'zlarini qo'shib aytishgan.Xudoyberdi To'xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" asari bu qahramonga atalgan.

Javob: Namoz botir

Qabul: Namoz Pirimqul o'g'li

Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Namoz_Pirimqul_o%CA%BBg%CA%BBli

50.Bu qo‘rboshining qabri hozirgi Qirg‘iziston Respublikasi hududida, Oloy vohasidagi Shig‘ay qishlog‘idadir. Qabr ustiga o‘rnatilgan marmartoshda “Turing begim, gunohlarni yuvaylik, bosqinchini Ona yurtdan quvaylik!” degan she’riy bitik lotin imlosida o‘zbek tilida o‘yib yozilgan.

Javob: Muhammad Aminbek, Madaminbek

Manba: https://qalampir.uz/uz/news/fitna-k-urboni-bol-sheviklarga-k-arshi-kurashgan-madaminbek-k-urboshini-kim-uldirgan-48319


Mavzu: Avstraliyaliklar

10.Angliyaning "Everton" klubi va Avstraliya terma jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan bu futbolchi Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Javob: Tim Keyxill

Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%8D%D1%85%D0%B8%D0%BB%D0%BB,_%D0%A2%D0%B8%D0%BC

20.1968-yil Sidneyda tug'ilgan bu inson

"X odamlar" filmidagi mutant superqahramon Rosomaxa roli tufayli keng jamoatchilikka tanildi.

Javob: Xyu Jekman

Manba: https://g.co/kgs/eWJgFbJ

30.Kristian Beyl “Qora ritsar” filmining suratga olish maydonchasida Bu aktyor bilan yaqindan tanishadi. Afsuski, ularning suratga olish vaqtida boshlangan do‘stligi uzoqqa cho‘zilmaydi.

Javob: Xit Ledjer

Manba: Леджер, Хит — Википедия

40.Eng mashhur motivatsion notiqlardan biri, kam uchraydigan tetraameli sindromi bilan tug'ilgan bo'lsada, bu uning hayotdagi muvaffaqiyatlariga soya sola olmadi.

Javob: Nik Vuychich

Manba: https://g.co/kgs/hvqeMQ7

50.Avstraliyalik bu yozuvchi ijodining gultoji bo'lgan asar nomida kema so'zini, asar asosida ishlangan film nomida esa ro'yhat so'zini ko'rishingiz mumkin.Ushbu asar muallifini ayting.

Javob: Tomas Kenilli

Manba: Кенилли, Томас — Википедия


Mavzu: Shpionlar haqida gaplashamiz...

10.Unda berilgan "Britaniya tarixidagi eng yaxshi razvedkachi", "arab dunyosini parchalagan josus" kabi ta'riflar o'z ishining ustasi bo'lganini bildiradi. U kim?

Javob: Tomas Edvard Lourens

Qabul: "Arabistonlik Lourens"

20.Nomzodlar orasida Innokentiy Smoktunovskiy, Archil Gomiashvili ham bor bo'lsa-da, bu mashhur josus rolini ijro etish Vyacheslav Tixonovga nasib etadi. Qaysi rol?

Javob: Isayev-Shtirlits

30.1876-yilda Niderlandiyaning Leuvarden shahrida tug'ilgan.O'zining mashhur taxallusi malay tilidagi "Quyosh", "Kun ko'zi" degan ma'nolarni bildiradi.

Asl ismi Margareta Gertruda Zelle bo'lgan josusning mashhur taxallusini ayting.

Javob: Mata Xari

40.XX asrning eng kuchli josuslaridan biri, 1930–40-yillarda “Ramzay” taxallusi bilan Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlarda muvaffaqiyatli ish olib borgan.1944-yilning noyabr oyida qatl qilingan.

Javob: Rixard Zorge

50.2-jahon urushi davrida nemis josuslari asosan soxta pasportlar sabab fosh etilgan.Bunga sabab soxta pasportlarni tayyorlashdagi professionallik desak mubolag'a bo'lmaydi.Siz bizga aniq sababni ayting.

Javob: Zanglamaydigan qimmatbaho metall ishlatish

Izoh: sovet pasportlarida sifatsiz metall ishlatilgan, va u zanglab qog'ozda iz qoldirgan.Nemis soxta pasportlarida esa iz bo'lmagan.


Siyosatchilar qo'lga qalam olganda...

10.Ushbu avtobiografik asar nomi "Muqaddas Yelena mahbusining fikrlari". Asar muallifi kim?

Javob: Napoleon Bonapart

20.6 tomdan iborat «Ikkinchi Jahon urushi» asari muallifi Buyuk Britaniya tarixida ikki marta bosh vazir lavozimini egallagan va II Jahon urushida qirollik nomidan harbiy harakatlarni muvofiqlashtirgan siyosatchi qalamiga mansub. U kim?

Javob: Uinston Cherchill

30."Yevropaga yurish. AQSh va Rossiya birga bo‘lgan davr" asari muallifi AQSh prezidenti va bevosita Sovuq urush me’morlaridan biri hisoblanadi.

Urush yillari Yevropadagi AQSH qo'shinlarini boshqargan.

Javob: Duayt Eyzenxauer

40."Buyuk Amerika. Hokimiyatning maxfiy qudrati" nomli asar muallifi AQShning uchinchi prezidenti, Mustaqillik deklaratsiyasini tuzish bo‘yicha qo‘mita rahbari sanalgan.

Javob: Tomas Jefferson

50."Mening hayotim" nomli asar 1991-yilgacha SSSRda taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatida turgan. Avtobiografiyada maxfiy sir fosh etilmagan, SSSR oddiy hayoti ishonchli ifodalar bilan tasvirlangan.

Asar muallifi kim?

Javob:Lev Trotskiy


2-yarim final

Mavzu: Mashhur sarkardalar

10.Arabchadan tarjima qilinganda uning ismi – “Din himoyachisi” ma’nosini beradi. Bu faxrli nomni u salbchilarga qarshi janglari uchun oldi.

Javob: Salohiddin Ayyubiy

20.Harbiy taktika va strategiyaning ajoyib qobiliyatlari egasi, shuningdek xalqqa ta’sir eta olgan, unga gladiatorlar jangini va’da qilgan, buyuk da’vatchi. O‘z davrining buyuk arbobi. Biroq  bir to‘da fitnachilarga, buyuk qo‘mondonni o‘ldirishga bu jihatlar to‘sqinlik qilmadi. 

Javob: Yuliy Sezar

30.O‘zining shafqatsizligi va jangni olib borish mahorati bilan mashhur bo‘lgan bu sarkarda Rim imperiyasi bilan yetti kechayu, yetti kunduz tinmay jang olib borgan va Rimni mag‘lub etgan.

Javob: Atilla

40.60 dan ortiq jangni o‘z ichiga oladigan harbiy xizmati davomida biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U rus jang san’atining asoschisi, tengi yo‘q harbiy mutafakkir.

Javob: Aleksandr Suvorov

50.“Strategiya otasi” deya ta'riflanadigan bu sarkarda Rimdan va Rim bilan bog‘liq hamma narsadan nafratlangan, Rim respublikasining ashaddiy dushmani bo‘lgan.

Javob: Gannibal Barka


Mavzu: Argentinaliklar

10.Klubdagi 10 yillik faoliyati davomida u besh marotaba liga chempionligini qo'lga kiritdi, shu jumladan, debyut mavsumining so'nggi o'yinida oxirgi daqiqada raqib darvozasiga gol urib, jamoasiga Premyer-liga chempionligini tuhfa etdi.

Javob: Serxio Aguero

20.Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchilaridan biri bo'lgan bu adib, o'zbek kitobxonlariga "Sirli mo'jiza"," Al-Muhtasimga yaqinlashuv" kabi asarlari bilan yaxshi tanish.

Javob: Xorxe Luis Borxes

30.MRB undan juda ham qo'rqardi, chunki u Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi an’anaviy hokimiyat ierarxiyasining siyosiy repressiyalariga qarshi kurashni boshqarish uchun zarur qobiliyat va xarizmaga ega edi.

U kim?

Javob: Ernesto Che Gevara

40.2021-yilda bu Rim papasi tarixda birinchi marta Iroqqa kelib, oyatulloh Ali as-Sistaniydan mahalliy nasroniylarni himoya qilishni so‘ragan edi.

Javob: Frantsisk

50.1946-1955 va 1973-1974 yillarda Argentina prezidenti bo'lgan bu shaxs, mish-mishlarga ko'ra Gitler hokimiyatiga nisbatan pinhona hayrixoh bo‘lgan.

Javob: Xuan Domingo Peron


Mavzu: Multfilmlar

10.Judi Hoppsning politsiyachi bo'lish haqidagi orzusining amalga oshishi va bu yo'ldagi qiyinchiliklarni yengib o'tishi haqidagi ajoyib animatsiya mavzuimizni ochib beradi.

Javob: "Hayvonlar shahri" (Zveropolis)

20.78 yoshli Karl Fredriksen marhum xotiniga bergan va’dasini bajarish uchun uyiga minglab sharlarni bog‘lab, Janubiy Amerikaning yovvoyi tabiatiga uchib, ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.

Javob: "Tepaga" (Up, Вверх)

30.Elliotga ovchi tahdid qilishi aks etgan voqealar bilan boshlanuvchi multfilm voqealar rivojida kiyik yovvoyi tabiat haqida umuman bilmaydigan ayiqni uchratadi.

Javob: "Ov mavsumi" (Сезон охоты)

40.Poyabzalchilar oilasida yashaydigan yosh Migel o'zining musiqachi bo'lish  orzusini sir saqlashga majbur.Chunki uning oilasida musiqa lan’at sanaladi.

Ushbu syujet qaysi multfilmga ishora qilmoqda?

Javob: "Koko siri" (Тайна Коко)

50.Ushbu multfilmda insoniyat Yerni tark etadi va kosmosga uchadi. Kelajakda o'zini qanday voqealar kutayotganini bilmaydigan bosh qahramon esa

sayyorani axlatdan tozalaydigan yagona robotga aylanadi.

Javob: "Vall-I"


Mavzu: O'zbek ulamolari

10.1952-yil 15-aprelda Andijon viloyatida tug‘ilgan bu inson, mustaqil O'zbekistonning birinchi muftiysi hisoblanadi.

Javob: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

20.1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug‘ilgan bu ulamo 2021-yil 19-oktyabrdan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Javob: Nuriddin domla Xoliqnazarov

30.Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan, 2000—2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi sifatida ishlagan inson kim edi?

Javob: Usmonxon Alimov

40.1981-yil 12-yanvarda Andijon shahrida tavallud topgan bu inson, ukasi Husaynxon qori bilan hammualliflikda „Navoiydan chu topqaylar navoe“ kitobini yozishgan.

Javob: Hasanxon Yahyo Abdulmajid

50.1947-1948 yillarda Qohiradagi Al-Azhar dorilfununida tahsil olgan ulamo, SSSR, Iordaniya, Marokash, Livan davlatlari mukofotlarini olgan. 1982-yil vafot etgan. Qabri Toshkentdagi Hasti Imom mavze'ida.

Javob: Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon


FINAL!

Mavzu: Iqtiboslar

10."Меn shu yilning hisobidan 304 ta qush va hayvonlarni miltig‘im bilan otib o‘ldirdim."

Ushbu satrlar bir mashhur hikoya muallifining kundaligidan olingan. Kimning?

Javob: Ivan Sergeevich Turgenev ("Mumu" muallifi)

20."Oilaning va armiyaning qudrati uning a'zolarining bir-biriga bo'lgan sadoqati bilan belgilanadi"

Ushbu fikrlar qaysi personaj tilidan aytilgan?

Javob: Don Vito Korleone

30.Lion Feyxtvangerdan iqtibos:

"Odamzot 3 toifaga bo'linadi: ochlar, qorni to'qlar va Ularga." Ularni ayting.

Javob: Yeb to'ymaslarga

40."Men 3 ta Jahon chempionatini penaltilar seriyasi sababli boy berdim.

Qarshilingiz bo'lmasa, biroz asabiy bo'lib qolmoqchiman"

Javob: Roberto Badjo

50.1953-yilgi nutqida U:

"Umid qilamanki, bu mukofotni menga berib xato qilmadingiz. O‘zimni bunga u qadar munosib ko‘rmasam ham, boshqa  nomzod yo‘qligi bois, uni olishga majburman" degan edi.

Javob: Uinston Cherchill


Mavzu: Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

10.Adabiyotga qurol ko'tarib kelganlar orasida U o'zining oyboltasi bilan alohida ajralib turadi.

Javob: Faxriyor

20."Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan" nomli maqolaga bag'ishlangan karikaturalardan birida bu yozuvchi yam-yashil o'tloqda o'tirib olgancha, lolalarni terayotgani tasvirlangan.

Javob: Murod Muhammad Do'st

30.Adabiyotga biror hayvon bilan kirib kelganlar orasida, hamkasblaridan farqli ravishda bu yozuvchi maymun bilan kirib kelgan ekan.

Javob: Nazar Eshonqul

40.Avval taom, bad’az kalom, deganlaridek bu yozuvchi adabiyotga o'zining bir savat jaydari olmasi bilan kirib kelgan.

Javob: Erkin A'zam

50.Bu shoir haqida gap ketar ekan, u adabiyotga tuyalar karvonini yetaklab kirib kelgan deyiladi.

Javob: Usmon Azim

Barcha savollar uchun manba:

https://oyina.uz/uz/article/1748


Mavzu: Oq olimpiada

10.2022-yilgi qishki olimpiada o'yinlari maskoti sifatida Bin Dun Dun ismli panda tanlanadi.Olimliada qaysi davlatda bo'lib o'tganini ayting.

Javob: Xitoy

Manba: https://olamsport.com/uz/m/news/oq-olimpiada-start-oldi-pekin-2022-olimpiadasi-haqida-qiziqarli-faktlar

20.Ushbu davlat terma jamoasi 24 ta qishki olimpiya o'yinlarining barchasida qatnashgan va 8 marta medallar jamg'arish bo'yicha Oq olimpiadani birinchi o‘rinda yakunlagan.

Javob: Norvegiya

Manba: https://olamsport.com/uz/m/news/norvegiya-qishki-olimpiada-rekordini-ornatdi

30.2022-yilgi Pekin mezbonlik qilgan olimpiadaga qadar, olimpiada bahslariga mezbonlik qilgan yagona poytaxt shahar qaysi edi?

Javob: Oslo (1952-yil)

Manba: https://www.xabar.uz/uz/sport/qishki-olimpiada-ajoyibotlari-shamonidan-sochigacha

40.Ma'lumot o'rnida, Garmish-Partenkirxenda bo'lib o'tgan 1936-yilgi olimpiada o‘yinlarida birinchi marta «Olimpiya olovi» yoqilgan. Kutilmagan savol, ushbu olimpiadani kim ochib bergan edi?

Javob: Adolf Gitler

Manba: https://www.xabar.uz/uz/sport/qishki-olimpiada-ajoyibotlari-shamonidan-sochigacha

50.1994-yil Norvegiyaning Lillexammer shahridagi olimpiadada O‘zbekiston ilk bor mustaqil jamoa sifatida qatnashib, hozirgacha yagona bo‘lgan oltin medalni qo‘lga kiritgan.

O'sha medal egasi kimligini ayting.

Javob: Lina Cheryazova

Manba: https://kun.uz/uz/11715586


Mavzu: Xatolar

10.Metyu Makkonaxiga Di Kapriodan ancha oldin Bu rolni o‘ynash taklif qilingan, ammo u rolni rad etadi.Sababi, dastlab Kemeronning fojiaviy kema halokati haqidagi filmining muvaffaqiyatiga ko‘pchilik ishonmagandi.

Javob: Jek (Titanik)

20.Santa-Mariya Assunta sobori (Piza sobori) ansamblining bir qismi, arxitektorning xatosi tufayli mashhur bo'lgan.Gap qaysi inshoot haqida ketmoqda?

Javob: Piza minorasi

30.Rus imperatori Aleksandr II oradan 30 yil o'tgach, o'zi sotgan yerlardan oltinning boy konlari topilishini bilganda, balki o'zining eng mashhur xatosini qilmagan bo'larmidi!?

1867-yilda imperator qaysi hududni sotgandi?

Javob: Alyaska

40.Dispetcher Vladimir Sumskoyning xatosi shunda bo‘lganki, u o'zi bergan ko'rsatmalarga javobni qaysi samolyot komandiri aytganini so‘rab, tasdiqlatishni esdan chiqargan.Natijada 11-sanada fojiali voqea yuz beradi. Savol: qaysi yilda?

Javob: 1979-yil (Paxtakor 79)

50.Voqealardagi tasodifiylikni noto'g'ri tushunish bilan bog'liq holatni ifodalovchi termin. Terminning paydo bo'lishi 1913-yil 18-avgustda Monte-Karlodagi kazinolardan birida yuz bergan hodisa bilan bog'liq. O'shanda bir o'yin stolida sharcha ketma-ket 26 marta qora yo'lga tushgan.

Javob: "Qimorboz xatosi"


Mavzu: O'zbek klublari logosi

10.Bu klub logosi markazida Zahiriddin Muhammad Boburning haykali tasvirlangan.Haykal yuqori qismida esa jamoa laqabiga monand parvoz qilayotgan qushlar tasviri bor.

Javob: Andijon FC

20.Bu klub logosida 1912 va Xudoyorxon o'rdasi tasvirlanganini ko'rish mumkin. Jamoa hozirda Pro-ligada ishtirok etmoqda.

Javob: Qo'qon FC

30.Oq va ko'k rang uyg'unligi, logotipning o'rtasida lochin tasviri bor. Ushbu tasvir  Tojikistonning "Xo'jand" klubi bilan o'xshash bo'lgani uchun muxlislar orasida Bu klubga nisbatan e'tirozlar paydo bo'lgandi.

Javob: Navbahor FC

40.Asosiy homiysi Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo'lgan jamoa, o'zining "oltin izlovchilar" laqabiga monand qilib yangi logotip markaziga tilla to'p tasvirini tushirdi.

Javob: Qizilqum FC

50."Alpomish" dostonida «Qo'ltig'ida to'rt yarim gaz qanoti, asl tulpor ekan o'zbekning oti», deb ta'riflanadigan Boychibor ushbu o'zbek klubi logotipidan o'rin olgan.

Javob: Surxon FC


Mavzu: So'nggi so'zlar

10.Du davlat arbobi o‘limidan oldin alahlab, tushunarsiz so‘zlarni aytgan.

Ammo bu so'zlar orasida "Fransiya, armiya, armiya rahbari, Jozefina” kabi so'zlarni ilg'ab olish mushkul bo'lmagan.

Javob: Napoleon Bonapart

20.Rafiqasiga “Xayrli tun, mushukcham” so‘zlarini aytishi bilanoq yozuvchi boshiga o‘q uzadi.Quroli bilan esa xayrlashmaydi.

Javob: Ernest Xeminguey

30.“So‘nggi so‘zlarni hayotida yetarlicha gapira olmagan ahmoqlar aytadi”.

Ushbu so'zlar nemis faylasufi, sotsiolog, Fridrix Engelsning do‘sti va hammaslagi tilidan aytilgan.

Javob: Karl Geynrix Marks

40.2007-yil Modena shahrida vafot etgan insonning so'nggi so'zlari quyidagicha edi: “Men musiqa uchun yashalgan hayotni ajoyib, deb hisoblayman va aynan shuning uchun ham unga butun borlig‘imni bag‘ishlaganman”.

Javob: Luchano Pavarotti

50.Kinoaktyor shuningdek, qo‘shiqchi va shoumen ham bo‘lgan bu inson 1998-yilning 4-may kuni 82 yoshida Los-Anjelesda vafot etish oldidan "men o'zimni yo'qotyapman" degan ekan.

Javob: Frenk Sinatra

Report Page