Svet» va gaz bo‘yicha talon-toroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanadi

Svet» va gaz bo‘yicha talon-toroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanadi



O‘zenergoinspeksiyaning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati belgilanmoqda.


Prezident «Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Bosh prokuratura Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritadi:

elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash;

«O‘zenergoinspeksiya»ning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (mansabdor shaxslarga nisbatan) vakolatini belgilash;

«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma va taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.

Report Page