Suvda qidiruv ishlari olib borilmoqda..
Namangan FVB Matbuot xizmati
2021 yilning 15 sentyabr kuni soat 15:30larda Pop tumani Uyg‘ur mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan A.D ismli fuqaro Pop tumani Mirzaorol mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi “Sirdaryo” daryosiga o‘zini ehtiyotsizligi oqibatida tushib daryoda cho‘kib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 16:00larda xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi hamda Pop tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruxi etib borib dastlabki suv osti va suv usti qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi.

Нozirda ham Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi va Pop tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruxidan 20 nafar hamda ko‘ngillilar tomonidan joyiga chiqqan xolda suv osti va suv ustida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni tez oqar kanal, daryo va ko‘l atroflarida nazoratsiz qoldirmang, farzandlaringiz hayotiga zomin bo‘lmang.
Namangan FVB Matbuot xizmati