Suv ombori
Samarand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasiSuv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saqlash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.