Sust Ereaksiya Sabablari

Sust Ereaksiya Sabablari


Ayol bilan munosabat o‘rnatishda sust ereksiya halal berishini tushungan har bir erkak g‘amga botadi. Hammaning ham ko‘ngli cho‘kadi va:

🔸 Erkak taqdirga tan berib, intim aloqalarga chek qo‘yadi;

🔸 Yoki shifokor qabuliga borib, sababini aniqlaydi va avvalgi quvvatini qaytaradi.

❗️ Hа! Sust ereksiyani ko‘p hollarda davolasa bo‘ladi. Asosiysi — sababini topish.

🔵 Ereksiya bilan bog‘liq muammoning sabablari:

- Gormonal buzilishlar — qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar va testosteronning kam ishlab chiqarilishi. Bu vaziyat tahlil topshirish va urolog + endokrinologning birgalikda ko‘rik o‘tkazishini talab etadi.

- Prostata bezining kasalliklari — ko‘p uchraydigan sabab bo‘lib, u erkak kishining hayoliga kelmasligi ham mumkin. Aynan shuning uchun ham muntazam urolog ko‘rigidan o‘tish kerak.

- Dorilarning nojo‘ya ta'siri (qon bosimini tushiradigan, neyroleptik, tutqanoqqa qarshi, antidepressantlar va gormonal vositalar, shuningdek steroidlar).


- Nosog‘lom turmush tarzi, tamaki chekish, alkogol iste'mol qilish, ko‘p ovqat yeyish, kamharakat hayot tarzi.

- Yurak- qon tomir kasalliklari, qandli diabet, bosh va orqa miya kasalliklari.

🔵 Psixologik sabablarni alohida ta'kidlab o‘tish zarur, ular tufayli ham ko‘p hollarda ereksiya susayadi:

- Jismoniy va psixologik holdan toyish — ishga haddan ortiq berilgan va sportchilar orasida ko‘p uchraydigan sabab.

- Stress va qo‘rquv hissi — ko‘pincha muammo erkak kishining psixologiyasida yashirin bo‘ladi.

❗️ Ereksiyani qaytarish mumkin❗️

Buning uchun Urologic Complex shifokorlariga murojaat qilib, belgilangan ko‘riklardan o‘tish va sababini aniqlash kifoya. Agar muammo urologiya va andrologiya sohasida bo‘lsa — biz bajonidil yordam beramiz.

Chidashga o‘rin yo‘q, shunchaki telefon orqali konsultatsiyaga yoziling:

☎️ + 998 78 140 03 03

51 нед.


Bizni kuzatishda davom eting😊


📌 Mo'ljal: Xotira maydoni oldida


☎️Murojaat uchun:

+99862-228-58-53


Telegram | Instagram | Youtube





Report Page