Surxondaryoda "Inklyuziv ta'lim" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilinmoqda

Surxondaryoda "Inklyuziv ta'lim" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilinmoqda

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magi bilan Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan “Inklyuziv taʼlim” loyihasi doirasida Termiz shahridagi umumiy oʼrta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan afgʼon fuqarolarining farzandlari uchun oʼtilayotgan darslar va toʼgaraklar faoliyati Xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilib borilmoqda.

Xususan, ekspertlar shahrimizdagi 13- hamda 15-umumta'lim maktablarida bo'lib, afg'on bolalar ta'lim oladigan sinflar hamda to'garaklarda o'tilayotgan dars mashg'ulotlari bilan yaqindan tanishdilar va bolalarning qiziqishlari, kelajakdagi orzulari bilan o'rtoqlashishdi.

Avval xabar berganimizdek, kunning ikkinchi qismida pedagoglar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etiladi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda Termiz shahridagi maktablarda 215 nafar afg'on millatiga mansub o'quvchilar ta'lim-tarbiya olib kelishmoqda.

Report Page