Surxondaryo viloyatidagi dorixona mas’ullari uchun seminar-yig‘ilish tashkil etildi 

Surxondaryo viloyatidagi dorixona mas’ullari uchun seminar-yig‘ilish tashkil etildi 

Uzpharmcontrol

Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan dori vositalarini chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlari va mutaxassislari uchun seminar-yig‘ilish tashkil qilindi.

100 ga yaqin tadbirkorlik sub'yetklari vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, jumladan "Dori vositalari va farmtasevtika faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimlar kiritilganligi haqida ma’lumot berildi.

Shunigdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni lisenziyalash talablari va shartlari, ularga rioya qilish, ko‘rsatib o‘tilgan lisenziya talab va shartlari hamda ularni qo‘pol ravishda buzilishini oldini olish, qonunchilik tartibi buzulishi sabab, lisenziyasi bekor bo‘lgan dorixonalar manzillari “Manzillar reyestri”ga, dorixonlar mudirlari “Xodimlar reyestri”ga kiritilishi haqida alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-sonli farmoniga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” va “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi zarurligi tushuntirilib, bu masalada ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati
Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page