Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati


Hurmatli OAV xodimlari!

Avvalambor, Siz, aziz jurnalistlarni, matbuot, televideniye, radio va internet-jurnalistika sohasining fidoyi ijodkorlarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Bugun jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir boʻlayotgan har qanday jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor hamda haqqoniy maʼlumotlarni yetkazishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni tobora oshib bormoqda.

Xolislik va haqqoniylikni oʻz faoliyatining ustuvor vazifasi, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng va tahliliy yoritishning oʻzining professional burchi deb hisoblagan ommaviy axborot vositalari yurtimizda jamoatchilik nazorati va fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilyapti.

Qadrli jurnalistlar!

Siz azizlarni bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, murakkab kasbingizda ijodiy parvozlar tilayman. Mehnat faoliyatingiz orqali nafaqat yurtimizda, shu bilan birga, xalqaro miqyosda hurmat qozongan jurnalistlar boʻlib yetishishingizga tilakdoshman.


Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i


Report Page